Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zafar, shodiyona, tarixiy o‘zgarish...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Milan»ning 11 yil oldingi chempionlik tantanalarini yosh muxlislar uncha yaxshi bilishmaydi - bu tabiiy hol.

Ta’kidlashga arziydigan yagona farqli jihat - avvalgi bayram bu safargisi kabi jazirama issiq havoga to‘g‘ri kelmagandi. Mana, necha kunki, Milan, umuman, Italiya shimolida havo harorati 30 darajadan tushayotgani yo‘q. Shunday ekan, 22-23 may oqshomlari modalar shahrining «qizil-qora» tomoni «rossonerlar»ning uzoq kutilgan g‘alabalarini yalang‘och holda nishonlaganida ajablanadigan jihati yo‘q. Xullas, quyida «Milan»ning «A» seriyadagi 19-zafari tafsilotlariga birrov nazar solamiz.


200000 muxlis va «Inter»ga xitob!

Duomo markaziy maydoni qatorasiga 3 oqshom «mijja qoqmadi». 28 may oqshomi tashkil etilgan katta pop-konsert keyingi ikki kunlik bayramga ulanib ketdi. Bosh cherkov va uning atrofi mushakbozlik, petardalar ta’sirida qizil-qora rangga burkandi. «Tez yordam» mashinasi ta-biiy va «sun’iy» (ichkilikbozlik) harorat muhitida to‘plangan olomon orasidan o‘tolmagani ortidan dastlabki oqshomning o‘zida yuzlab kishi jabr tortdi. Dushanba kuni esa «Milan»ning chempionlik avtobusidagi sayrini shahar ko‘chalarida 200 mingga yaqin muxlis kuzatdi. Milanda taxminan 1,3 mln. kishi istiqomat qilishini hisobga olsak, bu o‘ta yuqori ko‘rsatkich. «Milan»ning azaliy raqibi - «Inter» tarafdorlari bayram shodiyonasidan imkon qadar uzoqroq bo‘lishga intilishgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Ayni pallada «rossonerlar» tiffozilari ashaddiy raqib sha’niga qo‘pol haqoratlar ham yog‘dirishdi. Shuningdek, chempion jamoa futbolchilari ham jim turmadilar: muxlislar tutqazgan bannerni avtobusdayoq ochib ko‘rishdi. Unda «Inter»ga atalgan xitob yozilgandi: «Italiya kubogini yaxshilab tuzlab qo‘y!» Mazkur kadrlar sanoqli soniyalar ichida OAV va ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Endi Italiya FF nomaqbul banner butun mamlakatga ko‘z-ko‘z qilingani uchun «Milan»ni jazolash niyatida. Aslida bu voqea ildizi 2007 yilga borib taqaladi. O‘shanda «Milan» CHLda, «Inter» esa «A» seriyada g‘olib chiqqan va Massimo Ambrozini «neradzurralar»ga ayni shu mazmunda luqma tashlagandi. Farqi bitta - kubok emas, skudettoni tuzlab qo‘yish tavsiya etilgandi. Shundan buyon Ambrozini naq 11 yil davomida «Milan»ning so‘nggi chempion sardori maqomida yurdi. 

Albatta, tarkibdagi yulduzlar bobida hozirgi «Milan»ni 2011 yilgisi bilan taqqoslash noo‘rin. O‘sha davr qudratli Silvio Berluskoni tasarrufida bo‘lgan jamoada Yevropa futbolining megayulduzlari to‘p surishgan. Hozirgi jamoa esa Zlatan Ibragimovichni hisobga olmaganda, yorqin yulduzlarsiz va kamtarin Stefano Pioli boshqaruvida barcha raqiblardan barqaror, g‘alabaga chanqoqroq ekanligini isbotladi. Har holda, kuzda hech kim «rossonerlar»ni yaqqol favoritlar qatoriga qo‘shmagandi. Shuni hisobga olsak, g‘alaba nashidasi ikki hissa kuchli bo‘lgani bejiz emas. Milan ko‘chalari va maydonlari «qizil-qora» tiffozilar bilan to‘lib-toshganligi sababi ham - shu.


Har yerda «Milan» futbolkasi, bayrog‘i, niqoblar...

Dushanba va seshanba kunlari ertalab aksariyat bolakaylar bog‘cha, maktab yoki liseyga «Milan» futbolkalarida otlanishgani - g‘alaba effekti. Ko‘plab xonadonlar  ayvonida qizil-qora tusli bayroq hilpiragani ham. «Milan» muxlisi sanalgan restoran va barlar sohiblari o‘z muassasalarini suyukli jamoalari belgilari bilan bezatishdi. Ulardan biri - Umberto «Milan» logotipi tushirilgan niqobni taqib olishdan tiyilmadi. Gap shundaki, Italiyada bar yoki restoran sohiblari pandemiya xurujidan himoyalanish maqsadida niqobda yurish qoidasiga hamon rioya qilmoqdalar. Odatda oddiy niqobdan foydalanadigan Umberto bayram kunlari muxlislardan chetda qolishni istamadi.

«Milan» futbolchilari va murabbiylari avvalgi yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi avtobusda Redjo-Emiliya («Sassuolo»ga qarshi o‘yindan keyin)dan Milanga qaytib, chempionlikni «San Siro»dagi klub ofisi yonida nishonlashdi. Diqqat qiling, «rossonerlar» joylashgan 2ta avtobus ofisdan Duomo maydonigacha bo‘lgan masofani naq 5 soatda bosib o‘tdi. Chunki ko‘cha odamlarga to‘lib ketgandi. Hattoki, Sempione shohko‘chasida avtotransportlar harakati deyarli to‘xtab qoldi, «Duomo» metro bekati butunlay yopib qo‘yildi, 4 asr davomida qad rostlagan muhtasham ibodatxona esa ehtiroslardan qaltirab, buyuk o‘tmishini unutib qo‘ygandek edi...


Yanvarda Italiya  superkubogi uchun derbi

«Milan» skudettosi bugun tarixga aylandi. Oldinda klubni yangi sohiblar bilan jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda. Italiya chempionining qaysi stadionda to‘p surishi ham hozircha noma’lum. Zero, shahar munisipaliteti tasarrufidagi buyuk «San Siro»ning taqdiri hanuzgacha hal bo‘lmadi. Shahar meri («Inter»ning ashaddiy muxlisi) tomonlarni avvalgidek hamkorlik va keng ko‘lamli ta’mirlash ishlariga mablag‘ ajratishga ko‘ndirmoqchi. Biroq yakuniy kelishuv yo‘q, «Milan»ning yangi sohiblar ixtiyoriga o‘tgani esa hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Deylik, shahar chetida jamoa uchun yangi stadion qurish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. O‘z o‘rnida, «Milan»ning chempionlik borasida «Inter» bilan tenglashib olganini eslatish joiz. Endi har ikki klub muzeyida 19tadan skudetto bor. To‘g‘ri, «rossonerlar» «Yuventus» dis­kvalifikasiyasi tufayli «Inter»­ga topshirilgan skudettoni «karton» sovrin o‘rnida ko‘rishadi. Darvoqe, mavsum - 2020/2021da «Inter» chempion bo‘lgan, «Milan» kumush medal bilan kifoyalangandi. Endi buning aksi. To‘g‘ri, Italiya superkubogi va kubogi «neradzurralar»ga nasib etdi. Demak, azaliy raqiblar yangi mavsumda ham loaqal 1ta nufuzli sovrin taqdirini o‘zaro jangda hal qilishadi: 2023 yilning yanvarida Saudiya Arabistonida Italiya superkubogi uchun o‘yin bor!


«MILAN» - AMERIKALIKLAR IZMIDA

«Milan» egasi sanalgan Elliott Management guruhi klub aksiyalarini AQSHning RedBird Capital Partners investisiya jamg‘armasiga sotish borasida kelishuvga erishdi. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shartnoma summasi 1,2 million yevroni tashkil qildi. Yangi xo‘jayinlar joriy yilning sentyabrigacha to‘lovni to‘liq amalga oshirishadi. RedBird Capital asoschisi Jerri Kardinal hozirdan katta va’dalar bermoqda: «Milan»dek shonli tarixga ega klubning bir bo‘lagiga aylanishdan faxrlanamiz. Jamoa­ning yangi davri ulkan g‘alabalarga burkanishidan umidvormiz. Ayni pallada «Milan» o‘ziga munosib joyga qaytganidan xursandmiz. Rejamiz oddiy: moliyaviy barqarorlikni ta’minlash asnosida klubni Yevropada ham o‘z o‘rniga qaytarish».

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:30, 15.06.2022. O'qildi: 1941 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик