Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ulug‘bek Baqoyev: "O‘yin bo‘yicha har taraflama ustunlik qildik"

Baho:
+ | -
OSIYO / OFK kubogi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, "So‘g‘diyona" kecha OFK Kubogi guruh bosqichi 3-turida Turkmanistonning "Oltin-Asr" klubiga qarshi bahs olib borib, g‘alaba qayd etdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "So‘g‘diyona" klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Jasur Hasanov qatnashdi.

- Ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz. Janob murabbiy, ushbu o‘yin va keyingi bosqichga yo‘l olganingiz haqida gapirsangiz...

- O‘yin bo‘yicha biz g‘alaba qozondik. Har taraflama bugun ustunlik qildik. Jamoa a’zolari, muxlislar va klub rahbariyatini g‘alaba bilan tabriklayman. E’tibor uchun rahmat deb qolaman. Oldinga qadam bosishda davom etamiz. Jizzaxlik muxlislar endi ushbu musobaqa o‘yinini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa juda quvonarli.

- Jasur, sizni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Guruh bosqichidagi uchta o‘yindan keyingi fikrlaringiz qanday?

- Turnirni g‘alaba bilan boshlab, g‘alaba bilan tugatdik. Shunisi bizni quvontirdi. Musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman.

- G‘alaba bilan tabriklayman. Janob murabbiy, keyingi bosqichlarda duch keladigan kuchli raqiblarga qarshi "So‘g‘diyona" qanday harakat qiladi?

- Ortda qolgan uch o‘yinni analiz qilsak, biz har bir uchrashuvda o‘sishga erishdik. Har bir o‘yinda rotasiya qildik. Raqiblarga kelsak, hozirda futbolda oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi. Har qaysi klub syurpriz taqdim qilishi mumkin. Raqibimiz kuchli klub bo‘lsa ham, biz ularga kurash taklif qilamiz.

- Jasur Hasanovga savol, yaqinda 39 yoshni qarshi olasiz. Shunga qaramay, gollar kiritish, assistlar qayd etishdan to‘xtamayapsiz. Buning siri nimada?

- Oldingi o‘yinda ham aytib o‘tdim. Ushbu muvaffaqiyatning kaliti shundaki, men har bir o‘yinga to‘g‘ri tayyorlanaman, to‘g‘ri ovqatlanaman va o‘z vaqtida dam olaman.

- Jasur Hasanovning musobaqa davomida ko‘rsatgan ajoyib o‘yiniga murabbiyning fikri qanday?

- Biz bu yigit bilan bir klubda o‘ynaganmiz. Birga terma jamoada harakat qilganmiz. Shunday paytlar bo‘lganki, u men urgan gollarga assistentlik qilgan. Jasur haqiqiy professional. Menga uning maydondagi va maydon tashqarisida o‘zini tutishi yoqadi. Shu bilan birga, u jamoada ajoyib muhit yarata oladi. Bu juda muhim narsa. Shu sabab ham bu yigit haligacha yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda.

- Murabbiyga savol. Sizning keyingi raqibingiz "Xo‘jand" jamoasi. Raqib haqidagi fikringiz qanday? Ushbu o‘yingacha tarkibingizda o‘zgarishlar bo‘ladimi yoki bunga hojat yo‘qmi?

- Qanday raqib bo‘lishidan qat’iy nazar, biz ularni hurmat qilamiz. "Xo‘jand" ham kuchli jamoa. Seleksiya masalasiga kelsak, biz albatta bu ishni amalga oshiramiz. Ikki-uch pozisiyani kuchaytirimiz lozim. Bu narsaga zaruriyat borligini bugun ko‘rdik. Hozir chempionatga e’tiborni qaratamiz va undan keyin OFK kubogidagi raqibga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Hisob 3:0 bo‘lishiga qaramasdan, murabbiyning qaysidir vaziyatlarda jahli chiqdi. Bu nima bilan bog‘liq edi?

- Bilasizmi, siz o‘yin ichida bo‘lsangiz bu narsa tabiiy kechadi. Men har bir o‘yinchim o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishini xohlayman. Shu tarafdan qaraganda, hissiyotlarni boshqarib bo‘lmaydi. Hisobning ahamiyati yo‘q. Men o‘zimni har doim shunday tutaman. Buning sababi nima ekanligini bilmayman.

- Ulug‘bek aka, g‘alaba bilan yana bir bor tabriklaymiz. Kelib chiqishingiz bo‘yicha tojik millati sizga begona emas. Tojikistonlik futbol muxlislariga aynan tojik tilida ikki og‘iz nimadir deya olasizmi?

- Rahmati kalon, tashakkur. Tojikistondagi muhit ajoyib. Insonlari mehmondo‘st. Men bu yerda o‘zimni uyimdagidek his qildim.

Manba: "Сўғдиёна" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 08:22, 01.07.2022. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик