Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolga oshnolik baxti

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Bugungi suhbatdoshimiz - Shamil Yarulin qariyb 20 yildan buyon futbol bilan hamnafas.

U haligacha Qashqadaryo viloyatida sportning eng ommaviy turini rivojlanishida tashkiliy ishlarga bosh-qosh bo‘lib kelmoqda. Deylik, Shamil aka «Sevinch» va «Nasaf» jamoalaridagi samarali faoliyatidan so‘ng hozirda «Sho‘rtan» bosh menejeri lavozimida ishlamoqda. Quyida hukmingizga maxsus muxbirimiz Husan Temirovning tajribali tashkilotchi va ishbilarmon rahbar Shamil Yarulin bilan uyushtirgan suhbati havola etilmoqda.

- Shamil Samigulovich, suhbatni uzoqdan boshlasak: bolalik yillari, futboldagi ilk qadamlar...

- 1956 yilning 7 iyun kuni Tatariston poytaxti Qozonda tug‘ilganman. 5 yoshda oilamiz bilan Qarshiga ko‘chib kelganmiz. Keyinchalik Qarshi politexnikumi va Yakub Kolos nomli Minsk Davlat universitetida iqtisod-huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldim. Mehnat faoliyatim «Sho‘rtangazkimyo» majmuasi bilan bog‘liq. 2006 yildan esa futbol ichidaman: faoliyatimni «Sevinch»da iqtisodiy ishlar bo‘yicha mutaxassis sifatida boshladim. 2008 yili jamoa boshqaruvini qo‘lga oldim. Katta ishtiyoq bilan ish boshladik va «Sevinch» qisqa fursatda nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro miqyosda ham qator g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlashim joiz, «Sevinch» Yevropa kubogini yutgan Markaziy Osiyodagi yagona jamoadir. Biz Bolgariyada tashkillashtirilgan musobaqada g‘alaba nashidasini surgandik. Bundan tashqari, jamoa Barselonada o‘tgan Yevropa kubogida kumush medal sohibiga aylandi. 2009-2011 yillar esa o‘zimizda Qarshi-Cup xalqaro turnirini o‘tkazdik.

- Keyin «Nasaf»da ish boshladingiz...

- Ha, 2012 yili «Nasaf» boshqaruviga o‘tdim. O‘sha vaqt jamoa og‘ir ahvolda qolgandi - maosh, soliq va boshqa to‘lovlardan qarzdorlik... Muhimi, hukumat tomonidan futbolni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgandi. Xususan, «Nasaf» va «Sevinch»ga bosh homiy sifatida «Sho‘rtangazkimyo» majmuasi biriktirildi. Aynan uning yordami bilan qiyin vaziyatdan chiqib ketdik va tarixiy natijalar sari qadam tashladik. 

- «Nasaf» va «Sevinch»ning yutuqlariga nimalarni qo‘shimcha qila olasiz? 

- Ortda qolgan davrda «Mehnatchi» stadionida yoshlar majmuasi barpo etildi. Bu majmua ishi O‘FA seminarida mutaxassislar tomonidan ham yuqori baholandi. Bunday majmuani barpo qilinishiga hissa qo‘shganimdan g‘ururlanaman va albatta, homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Aslida yoshlar majmuasi ijobiy natija berishi xususida ko‘pchilikda katta shubha bor edi. Endi shu bahona «Nasaf» yoshlari yaxshi qarorgohga ega bo‘ldilar va samara ham tezda ko‘zga tashlandi. «Sevinch» futbol maktabi ham o‘zgacha shaklda barpo etilgan. Xal­qaro muvaffaqqiyatlardan so‘ng ko‘plab yosh qizlar maktabga kelishdi va hozir jamoaga qo‘shilishdi. Qisqasi, maktabimiz mamlakatimizdagi klublarga professional futbolchi-qizlarni tarbiyalab bermoqda. Bundan tash­qari, o‘sha payt O‘zbekiston termasi asosini ham «Sevinch» vakillari tashkil etishgandi. Qalban shunday jamoaga tegishli ekanligimdan xursandman. Mana, endi «Sho‘rtan»da ham katta ishlarni amalga oshiryapmiz. Asosiysi, qarzdorlik bartaraf etildi, akademiya ishga tushirildi. Ha, yutuqlarni ko‘rsatishga hali erta, lekin ayni harakat yaqin orada samara bera boshlaydi - bunga ishonchim komil.

- Faoliyatingiz voqealarga boy, albatta. Eng esda qolganlarini bayon etsangiz...

- 2016 yili ham o‘zim, ham «Nasaf» uchun katta o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Zero, klubimizga davlatimizning o‘sha vaqtdagi rahbari Islom Karimov tashrif buyurdi. Buni sira kutmagandik. U kishiga o‘zi tasdiqlab bergan klub logotipi va fotosuratlarni ko‘rsatganimdan so‘ng yangilanishga ishtiyoqimizni ko‘rib, «Markaziy» stadioni rekons­t­ruksiyasi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi. O‘zaro suhbat davomida g‘oyalarim bilan ham qiziqdi. Shunda stadiondan yugurish yo‘lakchasini olib tashlab, o‘rindiqlarni pastroqqa tushirish kerakligini aytdim. Bu taklif Islom Abdug‘aniyevichga yoqdi. O‘z o‘rnida klubimiz tomonidan hurmat yuzasidan esdalik uchun logotipga Humo tasviri tushirilgan klub futbolkasini taqdim etdim. E’tiborlisi, uni klub muzeyida saqlash uchun o‘zimizda qoldirdi. Ertasiga esa Shavkat Miromonovich ham tashrif buyurdi! Biz viloyat hokimi va bosh homiy huzurida uchrashdik. O‘shanda davlat rahbari kayfiyatini ko‘targanimiz uchun tashakkur eshitgandim. Xususan, Islom Abdug‘aniyevich uning chizmalarini saqlaganimiz va qadrlayotganimizdan mamnun ekanini bildirishdi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Markaziy» stadionida tarixiy rekonstruksiya ishlari boshlandi. Qarangki, menga har ikki Prezidentimiz bilan ko‘rishish, suhbatlashish baxti nasib etdi. O‘sha uchrashuvda Shavkat Miromonovich viloyat hokimi hamda homiylarga mehnatimni to‘g‘ri baholash, barchasini inobatga olib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Chinakam baxtli insonman. «Nasaf»dek klubga mehnatim singganidan xursandman. Aytingchi, qaysi klub o‘z logotipi shaxsan mamlakat rahbari chizmasi asosida tayyorlangani bilan maqtana oladi? Bilishimcha, bizda boshqa biror klubga bunday himmat ko‘rsatilgan emas. Shunday ekan, «Nasaf»ning oldingi logotipi o‘z tarixi bilan qadrli. 

- «Sho‘rtan»da ish boshlash g‘oyasi qanday yuzaga keldi?

- To‘g‘risi, G‘uzorda ishlashni sira o‘ylamagandim. Lekin jamoaning og‘ir holatga tushib qolganiga befarq qaray olmadim. Mana, katta qiyinchiliklar bilan muammolarni yengib, qarzdorlikni yopdik. Ayniqsa, ko‘p yillardan buyon osilib kelgan xorijlik mutaxassislar oldidagi qarzni uzish masalasi ancha qiynadi. Barchasini izga solish uchun ma’naviy va moddiy tomondan ko‘p kuch, sabr va xayrli yakunga ishonch talab etildi. O‘ylaymanki, bu jamoada ham omadim chopdi. Chunonchi, ayni payt «Sho‘rtan» tizimida haqiqiy mutaxassislar to‘planishgan. Jumladan, murabbiylar shtabida ham. Agar faoliyatim boshida shunday jonkuyar mutaxassislar bilan uchrashganimda, barchasi yanada a’lo bo‘larmidi...? Fursatdan foydalanib, ularga professional yondashuv va chidam uchun alohida tashakkur izhor qilaman. Klubning moliyaviy holatiga to‘xtalsam, avvalgi rahbarlar mehnati «samarasi»ni ko‘ryapmiz. Shuning barobarida ildam qadam qo‘yish harakatidamiz. Umid qilamanki, barchasini yengib o‘tib, klubni ravon yo‘lga chiqara olamiz.

- Fidoiylik qadr-qimmat topishi aniq...

- Ochig‘i, yutuqlarim yoki qandaydir medallar haqida gapirishni istamayman, bu maqtanchoqlikka kiradi. Bunga xushim yo‘q. Lekin ibrat bo‘lishi uchun aytaman: 2014 yilgi mavsum yakunida O‘FA va PFL tomonidan o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ilk bor Superliganing eng yaxshi menejeri nominasiyasiga nomzodim qo‘yildi va unda g‘olib chiqdim. 2020 yil ham xuddi shu yo‘nalishda eng yaxshi maqomiga loyiq ko‘rildim.

- Yakunda oilangiz haqida ham ma’lumot bersangiz.

- Oila - shaxsiy hayot. Bu haqda gapirish ortiqcha, menimcha. Zero, oilani  ishga aralashtirish to‘g‘ri emas. Bordiyu, oilam haqida gapira boshlasam, savol ortidan savol kelib chiqaveradi. Axir xalqimizda ajoyib gap bor: «Uydagi gap ko‘chaga chiqmasin».

- Xo‘sh, oldingizda turgan reja-vazifalar qanday? 

- Bosh maqsad - «Sho‘rtan»da infratuzilmani takomillashtirish, barchasi jahon andazalari darajasida ishlashini ta’minlash. Bu bilan o‘zbek futboli taraqqiyotiga ozmi-ko‘p hissa qo‘shsam, bas. Albatta, mehnatim samarasini ko‘rsam, o‘zimni yanada baxtiyor his etaman.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:16, 01.07.2022. O'qildi: 1773 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик