Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:30
      • So‘g‘diyona
      • 2:2
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 2:0
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Andijon
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Bunyodkor 5 10
4 Paxtakor 4 9
5 Nasaf 4 7
6 Lokomotiv 5 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 Qo‘qon-1912 5 5
11 OKMK 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

5-тур So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
5-тур Bunyodkor 2-0 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«PSJ» yangi ustozi Galtye — kim va qanday murabbiy?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kristof Galtye haqida biroz o‘qidim. Ozgina o‘rgandim. Siz bilan bo‘lishay.

Messi, Neymar va albatta Mbappe singari futbolchilarni boshqaradigan Galtye o‘zi qanday murabbiy? Nega aynan u tanlandi?

Ikkinchi savolga javob berish osonroq. Kristof Galtye "Lill" bilan Fransiya chempioni bo‘lgan mavsumda yolg‘iz o‘zi emasdi. U o‘sha vaqtdagi klub sport direktori Luish Kampush bilan birga bunga erishgan. Eng qizig‘i, PSJni qatarlik sarmoyadorlar qo‘lga kiritgandan buyon klub Liga 1 chempionligini faqat ikki bor qo‘ldan chiqargan. Birini esladik, ikkinchisi 2017 yil "Monako" chempion bo‘lganida yuz bergan va (diqqat) o‘shanda ham monakoliklar sport direktori Kampush bo‘lgan. Qizig‘-a!

Luish Kampushni Fransiyada yana "transferlar sehrgari" deyishadi. Sababi tushunarli. U rahbarlik qilgan klublar transfer orqali jamg‘argan mablag‘i milliard yevro atrofida baholanadi. Xullas, shu odam Parijga birinchi keldi. Xelayfiy uni PSJga sport direktor qildi. Tabiiyki, Kampush o‘zining sinalgan sherigi Galtyeni ham Fransiya poytaxtiga olib keldi. Bor gap shu.

Endi birinchi savolga kelsak, unga javob berish qiyin. Galtyeni Simeonening "apgreyd" qilingan versiyasi deydiganlar bor. Bunga uning jamoalari ko‘rsatadigan chuqur himoyaviy o‘yin sabab. Uni Fergyusondan ilhomlangan ham deyishadi. Boisi shotland kabi 4-4-2'da oldinda bir-biriga vaziyat yaratuvchi hujumchilar bilan o‘ynaydi. Yana o‘zi ham Fergini yaxshi ko‘rishini yashirmaydi. Lekin qancha o‘rganmang, tushunishga harakat qilmang Galtye avvalgi ishlarini uzog‘i bor Viktor Osimxen, Nikolya Pepe yoki Yusuf Yaziji kabi futbolchilar bilan qilgan. Endi esa uning qo‘l ostida Messi, Mbappe va Neymar kabi yulduzlar bo‘ladi. Tamomila boshqa daraja. Shuning uchun prognozlash murakkab.

Yana bir nuqta borki, PSJ uni tanlab o‘z siyosatini o‘zgaritayotgan bo‘lishi mumkin. Klubda hali potensiali ishga tushmagan akademiyalar tizimi bor bo‘lib, Galtye bilan bu tomonga ham qarab ko‘rish mumkin. PSJ o‘z egalari uchun doimiy xarajatlar manbai hisoblanadi. Balki shuni o‘zgartirish vaqti kelgandir.

Orif Tolipov

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:46, 07.07.2022. O'qildi: 3109 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
4 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
5 Пахтакор Doston Hamdamov 2
6 Пахтакор Piotr Pajishek 2
7 Нефтчи Alisher Odilov 2
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
9 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
10 Насаф Sharof Muhitdinov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик