Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Axbor aka – unutilmas siymo

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbol va OAV / Press-relizlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hayotda shunday insonlar borki, ular vatanga sadoqat, xalqqa namuna va kasbga professional yondashuv o‘laroq, tarixga kirishadi, odamlar uchun unutilmas siymoga aylanishadi. Milliy futbolimiz sharhlovchilik maktabi asoschisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, «Shuhrat» medali sohibi, Respublika toifasidagi hakam, «Turon» xalqaro fanlar akademiyasi professori Axbor aka Imomxo‘jayev shunday jonkuyar va fidoiy inson edi. 

Ha, dunyoda mashhurlar ko‘p. Ular orasida insoniylikning barcha tamoyillariga qat’iy amal qilgan, hayot falsafasi bilan namuna ko‘rsatganlar haqida yozishning o‘ziga yarasha mushkul taraflari ham bor. Zero, barchasini bitta maqolada to‘liq ochib berishning iloji yo‘q. O‘zbek futbolida sharhlovchilik dorulfununiga asos solgan Axbor aka Imomxo‘jayev qariyb 90 yillik umri davomida o‘ziga xos hayot kitobini yaratib ketdi. Axbor doda mamlakatimizning qaysi hududiga bormasin, muxlislar ko‘ngli charaqlaganiyu, dildan muloqot avjiga chiqqani kechagidek yodimizda. Esimda, Axbor aka qashqadaryolik qadrdoni, tibbiyot ilmi bilimdonlaridan biri Sa’dulla Temirov bilan Jalajin qishlog‘iga, iste’dodli yosh olim Imomjon Rahmatov va muallima Bozorgul Qilichevaning nikoh kechasiga kirib kelgani tantana ruhini tamomila o‘zgartirib yuborgandi. Ayni yozning chillasi, g‘o‘zalar rivojidagi muammolarga yechim izlanayotgan payt «Hosilot» va «Hashorat» jamoalari o‘yini reportajining o‘zgacha ohangda yangrashi ham deh­qonlar kayfiyatini ming chandon ko‘tarib yuborgani-chi... «Shu nikoh oqshomi ishtirokchisi sifatida qo‘shimcha qilmoqchimanki, tantanada paxtakorlar qalbiga hamohang so‘zlar yangragandi, - deya eslaydi qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dosent Chori Aslanov. - O‘sha voqeaga ham yaqin yarim asr bo‘ldi. Hamma Axbor akani faqat futbol sharhlovchisi emas, xalq dardi, tashvishi bilan yashaydigan inson sifatida biladi. Shaxsan o‘zim Axbor akani ulkan qalb sohibi sifatida e’zozlayman. U yozgan kitob­larning o‘zi bir olam...».

Axbor aka har gal vohada mehmon bo‘lganida, futbolimiz yutuqlaridan quvonib, kamchiliklardan kuyunib gapirardi. Yana «Paxtakor»-79 fojiasini xuddi o‘z jigargo‘shasini yo‘qotgan insondek ko‘zda yosh bilan eslardi. Shuning­dek, «Sevinch» futbolchilarini o‘z qizlaridek ko‘rardi, ular bilan fojia joyi - Kurilovka qishlog‘ida bo‘lib qayt­ganini o‘zgacha bayon etardi. «Sevinch»ning g‘alabali odimiga gap yo‘q, qani endi yigitlarimiz ham bu jamoadan andoza olishsa...», - deya hazil-mutoyibani o‘rniga qo‘yardi Axbor eka.

O‘tgan asrning 80-yillari sobiq ittifoq ikkinchi ligasi ishtirokchisi - «Qarshi-stroy» o‘yinlariga hakamlik qilish uchun kelgan Axbor aka bilan mehmonxonada to‘lib-toshib suhbatlashganimizni tez-tez eslayman. U kishi shunchaki, hakam emas, futbolni ilmiy tahlil qiluvchi zukko bilimdon edi. Hakamlikdagi ba’zi xatolar, futbolimizda mavjud tanish-bilishchilik haqida kuyinib gapirardi: «Bilasizmi, shu qusurlar yo‘qolmas ekan, futbolda o‘sish bo‘lmaydi». Albatta, bunday achchiq haqiqatlar hammaga ham yoqmasdi. Chunonchi, nonni «tuya» qiladiganlar Axbor aka kabi adolatparvarlarni xushlashmasdilar. Xavotirli «shamol» qahramonimizni ham chetlab o‘tmagan. Efir orqali ro‘y-rost aytilgan so‘zlar kimlargadir o‘qdek tegadi. Oqibatda Axbor aka ma’lum muddatga davralar, tadbirlardan chetlashtiriladi. Hattoki, 80 yoshlik qutlug‘ yubileyni oila davrasida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Ming shukrki, haqiqat egiladi, lekin sinmaydi. Davlatimiz rahbarining xalq va haq yo‘lida olib borayotgan xayrli ishlari bunday adolatsizliklarga chek qo‘ydi. «Umrim, yo‘limizda doimo shamchiroq bo‘lib turgan davlatimizdan minnatdorman, - degandi Axbor Imomxo‘jayev suhbatlardan birida. - Qora kunlar boshimga tushganida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga ikki enlik xat yozdim. Unda yoshim bir joyga borib qolgani, bir oyog‘im yerda, ikkinchisi go‘rda ekanligi, aybim nimaligini tushunmayotganimni bayon etdim. Shunda Zafar o‘g‘lim e’tiroz bildirganida, «Haq, haqiqatni so‘rayapman», - deb javob berdim. Allohga shukr, tez orada davlatimiz rahbaridan «Sizning hech qanday aybingiz yo‘q, yo‘lingiz ochiq» qabilida javob xati keldi va yangi O‘zbekistonning yangilanish jarayoni shaffofligidan bag‘rim to‘ldi».

Yangi O‘zbekistonning nurli shabadasidan Imomxo‘jayevlar oilasi ham bahramand bo‘ldi. Ming oylik shodiyona bahona «Sevimli» telekanalining «Eslab-eslab» ko‘rsatuvi sonlaridan biri Axbor akaning ibratli hayoti va zalvorli mehnat faoliyatiga bag‘ishlandi. Ko‘rsatuvda boshlovchi Farhod Abdullayev, Sherali Jo‘rayev, Erkin Karimov, Ahrol Inoyatov kabi el ardog‘idagi insonlar ustoz murabbiyni e’tirof etishdi. Darhaqiqat, Axbor  Imomxo‘jayev bejiz, beiz yashamadi. Har gal O‘zbekiston terma jamoalari haqida so‘z ochilsa, u kishi milliy chempionat saviyasini ko‘tarish zarurligini jo‘shib so‘zlardi. Sharhlovchilik maktabi, uning yutuqlari haqida ham mamnuniyat bilan fikr bildirardi va nuqsonlarga ham befarq emasdi. Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarni bevosita kuzatib, suxandonlik bo‘yicha qimmatli maslahatlar bergani esimda. Oddiy bir misol: «Qadrdonim, golni birdan e’lon qilmang, chunki muxlislar shovqin-suronida so‘zingiz havoga uchadi. To‘p maydon markaziga qo‘yilgach, gol muallifini aytsangiz, stadiondagi muxlislar kayfiyatiga yana bir ko‘tarinkilik qo‘shasiz. Faqat bu gapimni og‘ir olmang...». Axbor aka oilasi bilan do‘stligimiz XX asrning 60-yillari oxirida boshlangan. Marhum Sa’dulla akamning tibbiyot ilmidagi ustozlaridan biri Abdulla aka Abduazimov va Axbor aka turmush o‘rtog‘i Faridaxon aya (oxiratlari obod bo‘lsin)ning padari buzrukvorlari Qarshi tumani Dasht qishlog‘idagi ota uyimizda mehmon bo‘lishgan. Ular otam bilan birga Qarshi, Shahrisabz va Buxoro bo‘ylab sayohatga ham chiqishgan. Axbor aka har gal viloyatda bo‘lganida, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish an’anaga aylanib qolgandi. Qarshi pedagogika bilim yurti va maktablarda o‘tkazilgan jonli muloqotlarni muxlislar hamon sog‘inib eslashadi. To‘ymi yoki ma’raka bo‘lsin, «Yaxshi kunga yetishish oson emas», «Bir-birimizga yelkadoshlik - burchimiz» qabilida taklifni bajonidil qabul qilardi. Shuning uchundir, xalq Axbor akaga hamisha «o‘zimizniki», deb qaragan.

Inson umri omonatligi rost. 30 may kuni oqshomda Axbor aka vafoti haqidagi xabarni eshitib, qalbim larzaga keldi. E-voh, shunday yaqin insonim, futbolimizning chin fidoiysining bandalikni bajo keltirgani dilimizni xira qildi. Uning nurli chehrasi, ezgu amallarini eslab, Alloh irodasi oldida ojizligimizni yana bir bor idrok etdik. Keyin yo‘lga otlandik. Erta tong bilan buyuk insonni yo‘qotgan Toshkentga yetib bordik. «Nasaf» rahbariyati g‘amxo‘rligi bilan klub bosh direktori Alisher Yusupov hamrohligida Imomxo‘jayevlar xonadonidamiz. Barcha g‘amgin kayfiyatda. Inson umri bir tutam ekanligi, ezgu ishlar besamar ketmasligi ham ayni haqiqat. Futbolimiz afsonalaridan biri Axbor Imomxo‘jayev shunday bitmas-tuganmas fazilatlar egasi ekanligi ko‘ngillarga taskin beradi. Ulug‘lik yo‘lida hayot sharbatini tatigan insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlari aslo unitilmaydi. 88 yillik umri davomida odamlar tashvishi bilan yashagan Axbor Imomxo‘jayev shaxsi mangulikka daxldordir. Illo, ustozning oxirati obod, yaratgan hayot maktabi boqiy bo‘lsin.

Husan TEMIROV

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 12:30, 21.07.2022. O'qildi: 2212 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик