Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Galtye — shayxlar uchun ideal tanlov

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kristof Galtye - «PSJ»ning yangi ustozi. 55 yoshli fransiyalik mutaxassis Chempionlar Ligasidagi omadsiz ishtirok tufayli ishdan bo‘shatilgan Maurisio Pochettinoning o‘rniga tayinlandi.

Le Parisien ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi Galtyeni «Nissa»dan 5 mln. yevro evaziga sotib oldi. Agar Pochettino iste’fo kompensasiyasi masalasida chegirma qilib berganida, mazkur «transfer» summasi ikki marta ortiqroq bo‘lishi mumkin edi. Biroq argentinalik amaldagi kelishuvni nisbatan kamtarona shartlar asosida bekor qilishni istamadi, natijada «PSJ» unga 15 mln. yevro to‘laydigan bo‘ldi (ushbu summaning 3 millioni Maurisioning yordamchilariga tegadi).

Endi Yevropaning badavlat klubidagi Kilian Mbappe, Lionel Messi, Neymar va boshqa yulduzlarni kim boshqaradi? Aftidan, bu shayxlar uchun ideal tanlovdek. Ha, Galtye jahon futbolidagi eng mashhur shaxs emas. Har holda, uni piarchi top-murabbiylar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. Ammo ushbu mutaxassisni muvaffaqiyatli deyish mumkin. Quyida «PSJ»ning yangi ustoziga taalluqli 10ta faktga e’tibor qaratamiz.

** Galtye Marselda tug‘ilgan, ya’ni «PSJ» boshqaruviga asosiy nomzodlardan biri - Zayniddin Zidanning hamshahri. Zizudan farqli ravishda Kristof «Marsel» safida to‘p surishga ulgurgan: faoliyatining dastlabki va so‘nggi ikki mavsumida. Ammo markaziy himoya vakili mashhurlik bobida Zidanga tenglasholmadi, hattoki, Fransiya milliy jamoasi darajasiga tortmadi, lekin yoshlar termasi bilan Yevro-1988da zafar quchdi.

** Mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlashidan avval Galtye 10 yil turli mamlakatlardagi turfa jamoalarda yordamchilik qildi: «Marsel», «Aris» (Gresiya), «Bastiya», «Al-Ayn» (BAA), «Portsmut» (Angliya), «Sosho», «Lion» va «Sent-Etyen» shular jumlasidan. Kristof murabbiy sifatida Liga 1dagi ilk «oltin»ini «Lion»da Alen Perrenning assistenti maqomida qo‘lga kiritgan.

** «PSJ» - Galtyening bosh murabbiylik faoliyatidagi to‘rtinchi klub. Qizig‘i, 2009 yili «Sent-Etyen»ni ham, 2017 yili «Lill»ni ham mavsum o‘rtasidagi qabul qilgan, o‘shanda mazkur jamoalar 18-o‘rin, ya’ni jon saqlash hududida borishayotgandi. Har ikki safar Kristof asosiy vazifani uddalab, klublarni elitada olib qolgan. Keyingi 7 yil davomida «Sent-Etyen» Galtye bilan muntazam o‘nlikka kirib, hatto top-4 a’zosiga ham aylangan.

** Fransuz bosh murabbiy sifatida ilk sovrinini mavsum-2012|2013da qo‘lga kiritgan. «Sent-Etyen» Liga kubogi finalida «Renn» ustidan zafar quchgan (1:0). Galtyening qo‘l ostida rang-barang tarkib shakllangandi. O‘sha final uchrashuvini yodga olsak, Pyer-Emerik Obameyang (hozir «Barselona»da), Kurt Zuma (o‘sha mushukni ranjitgani bilan tanilgan «Vest Xem» himoyachisi) va Yoan Mollo jamoa sharafini himoya qilishgan. G‘alaba goli esa «Shaxtyor»dagi faoliyati orqali nom qozongan Brandao hisobiga yozilgan. Garchi Mollo va boshqa o‘ziga xos shaxslar bilan murosaga kelish oson bo‘lmasada, murabbiy buni uddalagan. Bir safar Kristof matbuot anjumanida shunday degandi: «Endi Yoanga umid qilmayman. Nega? Chunki o‘yindan bir kun oldin uning oyog‘i og‘rib qolaveryapti. Demak, vaziyatga oldindan baho berishim kerak».

** Mavsum-2020|2021da Galtye boshchiligidagi «Lill» Yevropa futbolidagi asosiy sensasiyaga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Liga 1 «oltini» uchun kurashda «doglar» Mbappe va Neymari bor «PSJ»ni ortda qoldirishdi. Bu voqea so‘nggi besh yilda parijliklarni ilk marta chempionlik unvonidan mahrum etgandi. Kristof «Lill» sport direktori Luish Kampush bilan birga ajoyib jamoani shakllantirgan. Aynan Kampush «PSJ»ga o‘tgach, eski tanishini yoniga chorladi.

** Galtye faqat «Nissa»da bir mavsumgina ushlanib qoldi. Uning qo‘l ostida jamoa Liga 1da 9-o‘rindan 5-pog‘onaga ko‘tarildi, vaholanki, finishga ikki tur qolganiga «burgutlar»ni Chempionlar Ligasi hududidan atigi 2 ochko ajratib turgandi. Bundan tashqari, «Nissa» Fransiya kubogi finaliga chiqdi, lekin «Nant»ga imkoniyat boy berildi (0:1).

** So‘nggi yillarda Galtye «PSJ» uchun haqiqiy boshog‘riqqa aylangandi. Liga 1ning o‘tgan ikki mavsumida uning «Lill» va «Nissa» klublari parijliklarga qarshi kechgan to‘rtta o‘yinning birortasida yutqazmadi (ikki g‘alaba, ikki durang). Qo‘shimchasiga, 2022 yilning yanvarida «Nissa» «PSJ»ni Fransiya kubogi 1|8 finalidan chiqarib yubordi: «Park de Prens»dagi g‘alaba penaltilar seriyasi orqali qo‘lga kiritildi.

** Evrokuboklarda Galtye hozircha u qadar samarador emas. Uning boshchiligidagi «Lill» Chempionlar Ligasi-2019|2020da «Chelsi», «Ayaks» va «Valensiya» bilan bir guruhdan joy olib, 5 mag‘lubiyat va bir durang qayd etdi. Yevropa Ligasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichi - «Sent-Etyen» (ikki marta) va «Lill» (bir marta) bilan 1|16 finalga chiqqan. Kristofning jamoa­lari «Bazel», «Manchester Yunayted» va «Ayaks»ga yutqazgan.

** L~Equipe xabariga ko‘ra, Galtye «Nissa»da oyiga 330 ming yevro ishlab topgan. Bu Pochettino «PSJ»da olgan maoshdan (1,1 mln. yevro) ancha kam. Biroq Kristof shu ko‘rsatkich bilan ham Liga 1dagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatida «Marsel»dagi Xorxe Sampaoli bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turgan. Gap-so‘zlarga ko‘ra, Galtye «PSJ»da ham argentinalik hamkasbidan kamroq maosh oladi.

** 2020 yilning fevralida Galtye «PSJ»ning hozirgi vise-sardori Presnel Kimpembening akasini tanqid qilgan, bunga futbolchining qarindoshi o‘shanda parijliklarni boshqargan Tomas Tuxelni qo‘pol ravishda haqorat qilgani sabab bo‘lgandi. Kristofning intervyusidan iqtibos keltiramiz: «Tuxelni qo‘llab-quvvatlayman. Kimpembening akasi uni ommaviy tarzda haqorat qilishga jazm etdi. Murabbiy sifatida bu mojaroni o‘ta jiddiy deb hisoblayman. Kimdir telefoni emas, miyasidan ko‘proq foydalansa, maqsadga muvofiq bo‘lardi». Endi Kimpebme Galtye qo‘l ostida faoliyat yuritadi.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 28.07.2022. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик