Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona”ning shu kungacha amalga oshirgan eng yirik transferlari. Ulardan qanchasi behuda ketdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Barselona" deyarli barcha sovrinlarni nisbatan kichik xarajat evaziga qo‘lga kiritgan. So‘nggi yillarda jamoa inqirozi va transfer bozoriga sarflangan yuz millionlab pullar munosib daromad keltirmadi. Biz "Barselona"ning eng qimmat tarkibini futbolchilarning "Kamp Nou"ga kelgan vaqtidagi transfer qiymatidan kelib chiqib tuzib chiqdik. E’tiborlisi, ularning barchasi 2016 yildan keyin sotib olingan.

Darvozabon: Neto – 26 000 000 yevro
Transfer: 2019 yilning yozida “Valensiya”dan

Neto Mark-Andre ter Shtegen bilan raqobatlashishi kerak edi, ammo bu amalga oshmadi. "Barselona"da uch yil davomida braziliyalik 21 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol o‘tkazib yubordi va 2020/2021 yilgi mavsumda faqatgina Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Bir yildan so‘ng 33 yoshli darvozabonning shartnomasi tugaydi va "Barselona" uni tekinga yo‘qotishi mumkin.

O‘ng qanot himoyachisi: Nelson Semedo – 35 700 000 yevro
Transfer: 2017 yilning yozida “Benfika”dan

3 yil ichida Semedo "Barselona" safida 123 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi asosiy tarkibda o‘ynadi, jamoa himoyasi o‘ng qanotini yopdi va “ko‘k-anorranglilar”ga ikkita chempionlik, kubok va Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritishiga yordam berdi. "Barselona" portugaliyalikni klubiga 32 million yevroga sotib yubordi.

Markaziy himoyachi: Jyul Kunde – 50 000 000 yevro
Transfer: "Sevilya"dan 2022 yilning yozida

Fransiyalik futbolchining kelishi bilan "Barselona"da oltita markaziy himoyachi bor - Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Erik Garsiya, Jerar Pike va Samuel Yumtiti. Tajriba (23 yoshga qadar katta futbolda 200 dan ortiq o‘yin) va yangi futbolchining narxini hisobga olsak, Xavi uni rotasiya futbolchisi sifatida ko‘rishi dargumon. Aftidan, endi himoyachilardan birining “Barselona”da o‘yin vaqti deyarli qolmaydi. Jyul 2020/2021 yilgi mavsumda “Sevilya” bilan Yevropa Ligasi va Fransiya bilan Millatlar Ligasi g‘olibi hisoblanadi.

Markaziy himoyachi: Kleman Langle – 35 900 000 yevro
Transfer: 2018 yilning yozida "Sevilya"dan

2021/2022 yilgi mavsumda Langle jarohatlar tufayli asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi va nihoyat zaxirada qolib ketmaslik uchun "Tottenxem"ga yo‘l oldi. Angliyada himoyachi hali o‘ynamadi: "Barselona"dan oldin u "Sevilya" va "Nansi"da o‘ynagan. Londonda fransiyalik futbolchi Kristian Romero, Erik Dayer, Davinson Sanches va Yafet Tanganga bilan raqobatlashishi kerak. Yana zaxira o‘rindig‘ida qolish xavfi katta.
"Barselona" bilan Langle Ispaniya chempioni bo‘ldi va Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Chap qanot himoyachisi: Ektor Junior Firpo – 20 000 000 yevro
Transfer: 2019 yilning yozida “Betis”dan

Ikki yil davomida Firpo "Barselona" bazasida mustahkam o‘rin egallamadi. U 2020/2021 yilgi mavsumda klub bilan Qirol kubogini qo‘lga kiritdi, 41 o‘yin o‘tkazdi va kichik jarohatlar tufayli ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Angliyadagi debyut mavsumida Firpo ilk daqiqalardanoq maydonga tushdi, biroq bu yerda ham jarohatlar uni chetlab o‘tmadi. Son mushagining cho‘zilishi tufayli futbolchi ikki oyni o‘tkazib yubordi.

Markaziy yarim himoyachi: Paulinyo - 40 000 000 yevro
Transfer: "Guanchjou"dan 2017 yilning yozida

Paulinyo "Barselona" safida ellikta ham o‘yin o‘tkazmagan. 2017/2018 yilgi mavsumda yarim himoyachi to‘qqizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi, chempionlik va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubi ham futbolchidan yaxshigina pul ishlab oldi – avvaliga uni “Guanchjou”ga 5,5 million yevroga ijaraga berib, keyin 42 million yevroga sotishdi. 30 yoshli futbolchi uchun yaxshi biznes.

Markaziy yarim himoyachi: Miralem Pyanich – 60 000 000 yevro
Transfer: "Yuventus"dan 2020 yilning yozida

Pyanichning transferi muvaffaqiyasiz deb baholanmoqda. Yarim himoyachi 50 ta imkoniyatdan 13 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bosniyalik futbolchi 2020/2021 yilgi mavsumda 30 ta o‘yinda birorta ham gol ura olmadi. O‘tgan mavsumni Turkiyada o‘tkazgach, Pyanich “Barselona”da o‘z o‘rnini egallashga ikkinchi marta urinib ko‘radi. Lekin Xavi unga imkon beradimi? Axir bu pozisiyada Pedri, de Yong, Gavi, Kessie va Gonsales bor.

Markaziy yarim himoyachi: Frenki de Yong – 86 000 000 yevro
Transfer: 2019 yilning yozida "Ayaks"dan

De Yong "Barselona"ning yetakchilaridan biri. Murabbiy uning jamoadan ketishiga qarshi emas. "Manchester Yunayted" yarim himoyachi sotib olish uchun munosib mablag‘ ajratishi kerak, chunki 2019 yilda gollandiyalik "Barselona" bilan yetti yillik shartnoma imzolagan. Agar de Yong klubni tark etsa, Kessie uning to‘liq o‘rinbosariga aylanishi kerak bo‘ladi.

O‘ng qanot hujumchisi: Usmon Dembele - 140 000 000 yevro
Transfer: "Borussiya D"dan 2017 yilning yozida

140 million yevro to‘langan futbolchini tekinga yo‘qotish ahmoqlik. Shu bois "Barselona" Dembele bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirdi. 2021/2022 yilgi mavsum forvard uchun klubga qo‘shilganidan beri eng samarali bo‘ldi (“gol+pas” tizimida 1+13) va Usmon kelasi yili muvaffaqiyasizlikka uchragan taqdirda ham uni biron joyga sotish orqali pul ishlab olish mumkin. Bu 70 million yevrodan kam mablag‘ bo‘lishi aniq.“Barselona”da 5 yil davomida fransiyalik futbolchi jarohati tufayli deyarli 700 kunni o‘tkazib yubordi.

Markaz hujumchisi: Antuan Grizmann – 120 000 000 yevro
Transfer: 2019 yilning yozida “Atletiko Madrid”dan

Grizmann “Barsa” bilan Ispaniya chempioni bo‘lmadi. Hujumchi Madriddan "Barselona"ga o‘tganidan so‘ng, "Atletiko" 2013/2014 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Primerada g‘alaba qozondi. Kataloniyada ikki yil davomida forvardga faqat Ispaniya kubogi topshirildi va u poytaxtga qaytdi, lekin ijara asosida. 2020/2021 yilgi mavsumda u kamroq o‘ynadi va La Liganing 26 o‘yinida atigi 3 ta gol urdi. Shunga qaramay, “Atletiko” fransuzni yana bir mavsumga jamoada qoldirishga tayyor. “Barsa” esa bunga qarshi emas shekilli.

Chap qanot himoyachisi: Filippe Koutinyo - 135 000 000 yevro
Transfer: 2018 yil qishda "Liverpul"dan

Koutinyoning transferi "Barselona"ning yana bir muvaffaqiyatsiz sarmoyasidir. Kataloniyada yarim himoyachi hech qanday alohida narsa bilan esga olinmadi, faqat jarohat tufayli 45 o‘yinni o‘tkazib yubordi. "Bavariya"dagi bir yillik ijara braziliyalikning "Liverpul"da ko‘rsatgan formasiga qaytishiga yordam bermadi. Katta xarajatlarga qaramay, “Barselona” Koutinyodan xalos bo‘ldi: avvaliga uni “Aston Villa”ga ijaraga berishdi, keyin esa uning barcha huquqlarni sotishdi.

Kiritildi: 11:28, 04.08.2022. O'qildi: 5824 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.