Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Antichelsichi"lar: "Chelsi"dan ketib o‘z baxtini topgan futbolchilar haqida bilib oling

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Natan Ake

Ake "Chelsi" bilan besh yil davomida birga bo‘ldi. Ammo shu vaqt davomida faqat yettita APL o‘yinida ishtirok etgan xolos. Keyinchalik niderlandiyalik himoyachi "Riding", "Uotford" va "Bornmut"da ijarada yurdi. 2017 yilda "Chelsi" uni "Bornmut"ga 20 million funt evaziga sotib yuborgan. Uch yil davomida Ake "giloslar" safida jami 121 ta bahsda qatnashdi. 2020 yilda 26 yoshli futbolchi "Manchester Siti" safiga yo‘l olgan. U "shaharliklar" bilan birga APL chempionligini qo‘lga kiritdi.

Patrik Bemford

Bemford ham "Chelsi"ning tuganmas ijaralarida yurishga majbur bo‘lgan. Besh yilda olti marta ijaraga berilgan hujumchi, 2017 yilda "Midlsbro"ga sotib yuboriladi. 2018 yilda "Lids"ga o‘tgan Bemford, o‘z jamoasining asosiy vakiliga aylanadi. Uning jamoasi 2020 yilda APLga qaytib, u yerda qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Kevin De Bryuyne

Hozirga qadar bu hikoya haqida bilmagan muxlis qolmadi hisob. Ammo shunday bo‘lsada, qisqacha aytib o‘tmoqchimiz. Belgiyalik futbolchi 2012 yilda "Genk"dan xarid qilinadi. "Chelsi" yarim himoyachiga 7 marta imkon bergan xolos. 2014 yilda esa uni "Volfsburg"ga pullaydi. Bugun Gvardiola De Bryuyne bilan Angliya va Yevropani titratishda davom etmoqda.

Radamel Falkao

 APLda kolumbiyalik hujumchining hech omadi kelmaydi. U "Chelsi"da ham, "MYU"da ham o‘zini ko‘rsata olmagan edi. Falkao "Chelsi"da 12 ta o‘yin o‘tkazib, atigi 1 ta gol urgan. Ko‘p o‘tmay, u yana "Monako"ga qaytadi. Uning qaytishi esa katta voqelikka aylangan. Uch mavsum davomida Falkao jami 70 ta gol urib, monakoliklarni Fransiya chempioni qiladi.

Torgan Azar

Hozirda Belgiya terma jamoasining asosiy figurasi bo‘lgan futbolchi, "Chelsi"ga o‘z akasi, Eden Azar bilan keladi. Ammo ukaning omadi kulmaydi va ijaraga yuboriladi. U jami 5 yil davomida ijaralarda yurdi. Azarning eng yaxshi jamoalaridan biri "Myunxengladbax" bo‘ldi. Ayni damda esa qahramonimiz "Borussiya Dortmund" safida harakat qilmoqda.

Romelu Lukaku

"Chelsi" 2011 yilda 17 million funt evaziga "Anderlext"dan yosh qora tanli hujumchi sotib oladi. Uning ismi Lukaku edi. Atigi 10 ta bahsda maydonga tushirilgan futbolchi, ijaraga ketadi. Ammo u, kutilmaganda "Vest Brom" va "Everton"da porlay boshladi. 2014 yilda "Everton" Lukakuni sotib oladi. Ko‘p o‘tmay "MYU" belgiyalik uchun xaridorga aylandi. Lukaku mana shu davrda jami 96 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 2019 yil uning yo‘li Italiya tomonlarga tushdi. Lukaku "Inter" safida 64 gol urib, jamoani chempionlik shohsupasiga yetakladi. Ammo uning "Chelsi"ga qaytishi omadli kechmadi. 100 million funt havoga uchdi va Lukaku yana "Inter"ga qaytib keldi.

Skott Parker

"Chelsi" 2004 yilda "Charlton"dan yarim himoyachi xarid qilgan. Parker Londonga keladi. U Mourinyo tomonidan Lempard hamda Makeleleni zaxiradagi varianti sifatida ko‘riladi. Parker "Chelsi"dan ketadi. Keyinchalik, bu futbolchi "Tottenxem", "Vest Xem" hamda "Fulxem"da nom qozondi. Skott uchta London klubida jamo 400 dan ortiq bahsda ishtirok etdi.

Muhammad Saloh

De Bryuyne hikoyasidan ham ko‘ra mashhuroq voqea Salohga tegishli. Muhammad "Chelsi"dan ketib yaxshi ish qilgan. Bugun misrlik hujumchi o‘z nomiga ega bo‘lishida "Liverpul"dagi faoliyati katta ahamiyat kasb etdi. "Chelsi"dan ketish esa hammasining boshlang‘ich nuqtasi edi...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 16:27, 26.09.2022. O'qildi: 3147 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик