Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 09.02.2026 18:45
      • Nasaf
      • 1:1
      • Ash-Shorta
      • 09.02.2026 18:45
      • Al-Vahda
      • 0:0
      • Al-Ahli (SA)
      • 09.02.2026 21:00
      • Duhayl
      • 1:1
      • Sharja
      • 09.02.2026 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • 0:0
      • Al-Hilol
      • 10.02.2026 21:00
      • Traktor
      • -:-
      • As-Sadd
      • 10.02.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Al-G‘arafa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Shaloq arava»li millioner!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda «Chelsi» klubi rasmiy saytida «ko‘klar» va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi N'Golo Kante jarohati sabab 4 oyga safdan chiqdi deb xabar berildi.

Shu tariqa Kante Qatarda 20 noyabr kuni start oladigan navbatdagi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. 31 yoshli futbolchi 14 avgust kuni «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda (2:2) jarohat olgan edi. Zamonamizning eng kuchli markaz yarim himoyachilaridan birining mundialdan mosuvo bo‘lishi «Chempionat» sayti jurnalistlarini barcha futbol ishqibozlarini uning tarjimai holidan xabardor qilishga undadi.

Ta’til davrida N'Golo Kante doimo ota-onasi tug‘ilib-o‘sgan qishloq tomon yo‘l olardi. Hozirda mashhur yulduz maqomiga ko‘tarilgan mitti bolakay xotirasida Fransiya mundiali chuqur taassurot qoldirdi. Chunki uni faqat futbolning o‘zi maftun etgan emasdi. Parij stadionlaridagi fan-hududlarda muxlislar ko‘plab chiqindilarni qoldirib ketishgandi. «PSJ»ning bo‘lg‘usi murabbiyi, Bartez va Tyuramlar muxlisi bo‘lgan 7 yoshli N'Goloning asosiy yumushi esa, plastik buyumlarni to‘plash edi. Bolakay shu yo‘sinda ota-onasiga yordam berar, oilada 3 nafar ukalari va opasi yashardi.

Kantening Naima ismli opasi yurak xuruji tufayli 2018 yilda olamdan o‘tdi. Bundan 20 yil avval u ham chiqindilarni to‘plash va navlarga ajratishda ukasiga ko‘maklashardi. Ota-onasi ko‘cha va qahvaxonalar supur-sidiri bilan band bo‘lishganida, N'Golo yegulik uchun pul topishga urinardi. Shu sababli futbol bilan faqat ko‘chada shug‘ullanardi. Chunki maktab to‘garagiga borishga vaqti yetarli emasdi.

Bir kuni maktab o‘qituvchilaridan biri Kantening ota-onasiga bolakayni futbol to‘garagiga berishni taklif etdi. N'Golo Ronaldo va Ronaldinyo o‘yinlari ishqibozi bo‘lsada, taqdir unga maydon markazini taqdim etdi. Oradan bir necha yil o‘tgach, Kanteni «Chelsi» va Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele bilan taqqoslay boshladilar. Biroq N'Golo o‘zini Lassana Diarra bilan qiyoslashlarini xush ko‘radi. «Real Madrid»ning sobiq a’zosi uslub jihatidan ko‘proq buzg‘unchi yarim himoyachini eslatadi.

Vaholanki, Kante bolaligida mitti gavdali bo‘lgani bois, futbol maktablari uni qabul qilishmagandi. O‘sha davrdagi fotosuratlar buni isbotlaydi. Hatto bolalar turnirida shohsupaga chiqqanida ham, N'Golo jamoadoshlari panasida qolib ketardi. Bu noxush holat uzoqqa cho‘zildi - «Uch ranglilar» safida jahon kubogiga sazovor bo‘lganida ham, u oldingi qatorlarda turishga uyalardi.

Alessandro Del Pyero voqeasini «Yuventus»ning azaliy muxlislari yaxshi bilishadi. «Padova» tarbiyalanuvchisi mohir futbolchi bo‘la olishiga amin bo‘lishiga qaramasdan, onasi uni hisobchilik kasbi bo‘yicha diplom olishga majbur etgandi. Alessandroning mazkur ixtisos bobida savodli ekanligiga ishonch yo‘q, ammo Kante bu sohani ham tirishqoqlik bilan o‘rgandi, ixtisosiga oid bilimlarni unutmagan. Lekin «Yuve» afsonasidan farqli ravishda, futbol borasida porloq kelajakka umid uyg‘ota olmagandi.

Anelka, Anri, Roten, Dia­bi, Matyuidi, Mbappe kabi ko‘plab noyob iqtidorlarni kashf etgan «Klerfonten» mutaxassislari mitti yarim himoyachidagi fazilatlarni ko‘ra olmadilar. Shu sababli N'Golo reytinglar yetakchisi bo‘lgan APLga quyi ligalarda ter to‘kish orqali ko‘tarilishga majbur bo‘ldi. Uning taraqqiyot yo‘li Riyod Maxrez faoliyatiga o‘xshaydi - jazoirlik iqtidor ham Fransiyaning quyi divizionlari orqali «Lester»ga, ke­yin Kante bilan hamkorlikda APL cho‘qqisiga ko‘tarilgandi.

Kantega o‘xshagan kamtar kishilarni sport seksiyalari yoki sinflarda xafa qilishlari yangilik emas. Lekin N'Golo hayotida bunaqa kamsitishlar bo‘lmadi, uning o‘zi ham hech qachon shikoyat qilgan emas. Aksincha, uni doimo tanish va notanish muxlislar davrasida uchratish mumkin. Ular Kanteni kamgap, samimiy va yoqimtoy suhbatdosh sifatida e’tirof etadilar. Bir gal sherigi «Kane»ni o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun restoranga taklif etgandi. Bunday iltifotga ilk bor duch kelgan futbolchi do‘stiga bir quti konfetni uyatchanlik bilan sovg‘a qildi. Hozirgi zamon uchun o‘ta ajoyib, kamtarona munosabat!

Yoki Kantening «Chelsi» muxlisi qizining to‘yiga tashrifini olaylik. Jarohati tufayli terma jamoa yig‘iniga bora olmagan futbolchi restoranda uchrashgan muxlisni tabriklash uchun borgandi. Ba’zan ayrimlar N'Goloning «Rad eta olmaslik» fazilatidan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinishayotgandek tuyuladi. Shu sababli uning yaqinlaridan u bilan muloqotda bo‘layotganlarga, masalan, «hayotni saqlab qolish» yoki «serdaromad biznesni rivojlantirish» uchun qarzga pul olish ilinjida yurganlarga e’tiborli bo‘lish talab etiladi. «Chelsi»dagilar bu masalada Kante atrofida o‘ralashib yurganlarni qat’iy nazoratga olishganlariga umid qilamiz. Shunday xoksor, oqko‘ngil va kamtarin insonni xafa qilish yoki aldab ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik shart.

Fransiyadagilar Kante professional maqomida ham mashg‘ulotlarga skuterda qatnaganini zavq bilan eslaydilar. Bu borada yetarlicha hazil-mutoyibalar ham bo‘lganiga shubha yo‘q. Oxir-oqibat, sho‘rlik N'Goloni avtomashina sotib olishga majbur etishdi. Kante professional ruhshunoslar ko‘magiga muhtoj. Unda begona hissiyotlarga munosabati bobida muammolar bor. Kelajak hayoti, masalan, munosib turmush o‘rtog‘ini topishi uchun bu juda zarur. Jahon chempionining ma’shuqa yoki rafiqasiz yurishi - o‘ta kamyob voqea.

Yigitchada g‘ayritabiiy uyatchanlik xastaligi mavjud. Har gal u notanishlar bilan muloqotda bo‘lganida, iltimoslarini rad eta olmaydi. Hatto «shalog‘i chiqqan» «Mini Cooper»ida arzimas YTHga uchraganida, u avval o‘zini aybladi, keyin tushkunlikka tushib qoldi va hech kimning birgalikda suratga tushish taklifini rad etmadi.

Bu holat «Chelsi» muxlisi masjidda Kanteni uchratib qolgani va uyiga taklif etgani, futbolchi esa rozilik berganiga o‘xshaydi. Uning koronavirusga munosabati ham yodimizda - shunchalik qo‘rqib ketdiki, o‘ziga kelib olishi uchun anchagina vaqt ketdi. Darvoqe, zikr etilgan YTHdan keyin mashinani skotch bilan «ta’mirlab» oldi. Shundan keyin klub Kantega maishiy masalalarda yordamchi yolladi.

Vaqt o‘tishi bilan Kante atrofdagilar e’tiboriga moslashib oldi, hozirda u qimmatbaho buyumlarga, shinam turar-joyga ega. Jamoadoshlarining hazillariga ham «Les­ter»dagiga nisbatan oddiyroq munosabatda bo‘lmoqda. Biroq undagi qo‘rquv va «mitti odam»ga xos muammolar ham yetarli. U taniqli futbolchi va jahon chempioni ham bo‘lmasligi, shunchaki, oddiy hisobchi bo‘lishi ham mumkin edi. U holda, N'Golodagi kamtarlik va bolalarcha yoqimtoylikni hech kim bilmagan bo‘lardi.

Biroq amalda orzular ro‘yobga chiqdi, kamtarlik esa insonni ulug‘laydi. Terma jamoalar uchrashuvlari tufayli yuzaga kelgan qisqa tanaffusda futbolchi Maliga yo‘l olib, ota-onasining qadrdon qishlog‘ini ziyorat qildi. Aftidan, u ona yurtida maktab va shifoxona bunyod etgan Sadio Manedan ibrat olgan ko‘rinadi. Kante toifasiga mansub kishilar o‘zining sahovatpeshaligini ovoza qilmaydilar, Malidagi hamqishloq bolakaylar u bilan istaganlaricha suratlarga tushdilar. Shu tariqa Kante ta’tilni qayerda o‘tkazgani barchaga ma’lum bo‘ldi.

Yaqinda N'Golo terma jamoa mashg‘ulotiga kechikib yetib keldi. Chunki u elektrichkada kelishga qaror qilgandi. Xalq orasida «yaxshi inson bo‘lish kasb emas» degan aqida yuradi. Biroq u eng bema’ni aqida. Insoniy fazilatni boy bermaslik - eng sermashaqqat mehnat. Ayniqsa, millionlab daromad oladigan kishilar uchun. Aytgancha, maydondagi fikrlash doirasi va qarorlar qabul qilishini inobatga olganda, Kante - yuksak intellekt sohibi. U Desham va jamoadoshlarining kinoyalarini kamtarlik bilan tinglaydi va jurnalistlar savollariga donolarcha javob beradi. Lekin tug‘ma uyatchan bo‘lgani bois, «yo‘q» iborasini deyarli ishlatmaydi. Faqat yashil maydondagi raqiblari bundan mustasno - uni aldab o‘tish juda qiyin. Shu sababli Tomas Tuxel fransiyalik shogirdini hurmat-ehtirom bilan tilga oladi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:45, 03.11.2022. O'qildi: 4091 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Вильярреал Alberto Moleyro 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Сельта Borxa Iglesias 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.