Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronalduning shov-shuvli intervyusi futbol olamini ikkiga bo‘ldi. Kim Krishtianu tarafdori va kimlar unga qarshi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Krishtianu Ronaldu jahon chempionati oldidan bergan intervyusi bilan axborot maydonini "portlatib yubordi". Intervyuning to‘liq versiya bir necha kundan keyin chiqariladi, ammo oldindan ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik portugaliyalikning tanqidiga uchragan. Ammo afsonaviy futbolchi jim bo‘lishni to‘xtatdi va hozirgi "Manchester Yunayted"dan xavotirda ekanligini ochiq aytdi. Futbol olami hozir uning tarafdorlari va qoralovchilarga bo‘lingan.

Ronalduni kimlar qo‘llab-quvvatlamoqda?

Ronalduning intervyusiga birinchi reaksiyalardan biri uning singlisi Elma Aveyrodan bo‘ldi. U ijtimoiy tarmoqda: “Men siz bilan doim faxrlanaman, azizim. Siz mening hayotimdagi eng katta faxrimsiz”.

Yana bir singlisi Katya ham mashhur akasiga katta post bag‘ishladi: “Xarakteringiz va qadr-qimmatingiz sizni tark etmaganidan xursandman. Sizdan ko‘ra ko‘proq narsaga erishmagan odamlarga achinaman”.

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Grem Suness Krishtianuni himoya qildi. Shotland ten Xag pozisiyasi bo‘yicha Ronaldu bilan bir xil fikrda. “Albatta, men Ronaldu tomonidaman. Yig‘ilish bo‘ldi, ikki kishi gaplashib, vaziyatni tushungancha xonadan chiqib ketishdi, biri esa o‘z so‘zida turmadi. Krishtianu oldin bu haqda gapirmagan edi, lekin voqealarning o‘z versiyasini taqdim etishi kerakligini his qildi. Menimcha, ten Xag uni aldagan va uchrashganlarida berilgan va’dalarni bajarmagan. Bu Ronaldu uchun katta zarba. Hurmatsizlik”, — deya Suness so‘zlarini keltiradi talkSport.

Portugaliyalik nafaqat Erik ten Xagni, balki “Manchester Yunayted”da ishlagan Ralf Rangnikni ham tanqid qildi. "Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis Ronalduning germaniyalik mutaxassis haqidagi fikrini qo‘llab-quvvatladi.

Andrey Kanchelskis: “Rangnik hech qachon hech qayerda murabbiylik qilmagan. Nemis o‘zini taktik murabbiyman, deb hisoblaydi. Bunday murabbiylar faqat nazariya bilan shug‘ullanadi. Men Ronalduning Rangnik haqidagi fikriga qo‘shilaman, u to‘g‘ri gapirdi”.

Teleboshlovchi Pirs Morgan ham Ronalduni himoya qilib gapirdi:

“Ser Aleks Fergyuson faoliyatini yakunlaganidan beri “Manchester Yunayted” turg‘unlikka uchradi va o‘rtamiyona klubga aylandi. Buni hamma biladi. Ronaldu tanqid qilishda haqli”.

Kimlar Ronalduga qarshi?

Krishtianuni qo‘llab-quvvatlagandan ko‘ra ko‘proq odamlar tanqid qilishdi. Ronalduning asosiy tanqidchisi (ehtimol, futbolchi hozir Jeymi Karragerga shunday munosabatda bo‘lsa kerak) portugaliyalik va Erik ten Xag o‘rtasidagi ziddiyatda muxlislar murabbiy tomonini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. “Ronaldu murabbiyni hurmat qilmasligini aytdi. Ronaldu Erik ten Xag boshchiligidan ketishni istayotganini aytdi, zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortdi. "Yunayted" muxlislarining 99 foizi Erik ten Xag tomonida bo‘ladi va bu Kristianu vaziyatni qanchalik yomon boshqarganini isbotlaydi", - deb yozdi Karrager ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Va uning qo‘shimcha qilishicha, Krishtianuni 1% odamlar qo‘llab-quvvatlaydi - bular Roy Kin, Patris Evra va Rio Ferdinand.

"Liverpul" afsonasining fikri noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi, chunki Ferdinand futbolchini qo‘llab-quvvatlamadi va "MYU"dagi faoliyati shu bilan yakunlanganiga ishontirdi: "Men Ronalduning ahvolini aniq tushunaman. Uning jamoadagi faoliyati tugadi. "Yunayted" bilan bo‘lgan sarguzashtlar yakunlandi, men uni yana klubda o‘ynashini tasavvur qila olmayman". Ilgari uni qo‘llab-quvvatlagan Gari Nevill ham portugaliyalikka qarshi chiqdi.

Gari Nevill: "Ronalduning aytganlari mutlaqo sharmandalik. Men hali ham “Arsenal” emas, "Manchester Siti" APLda g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Har holda, Krishtianuning intervyusi "MYU" yaxshilik bo‘lib xizmat qilmaydi".

Ronaldu va "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Teddi Sheringem ham uning fikriga qo‘shilmaydi. Uning so‘zlariga, Krishtianuning Manchesterdagi kunlari yakun topdi.

"U murabbiy uni hurmat qismasligini va o‘zi ham murabbiyni hurmat qilmasligini aytdi. Kimdir buni aytganida, bularning barchasini o‘qiganida, har doim "Yunayted"ning ko‘plab baxtsiz muxlislari bo‘ladi. Ronalduning ketishi aniq. Orqaga yo‘l yo‘q. U mavsum boshlanishidan oldin ketishi kerak edi, lekin u ketmadi, ular shu sharoitda ishlashga harakat qilishdi. Ronalduning jismoniy holati yaxshi darajada emasligi aniq. Menimcha, u hozir ketishi kerak", dedi Sheringem Daily Mail'ga.

Aftidan, Qatardagi jahon chempionatidan keyin Krishtianu Ronalduni "Manchester Yunayted" libosida ko‘rmaymiz. Sky Sports xabariga ko‘ra, uning intervyusidan nafaqat murabbiy va rahbariyat, balki jamoadoshlari ham norozi.

Kiritildi: 15:46, 16.11.2022. O'qildi: 11723 marta. Fikrlar: 91 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.