Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 19.10.2025 00:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Osasuna
      • 19.10.2025 17:00
      • Elche
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 19.10.2025 19:15
      • Selta
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 19.10.2025 21:30
      • Levante
      • 0:3
      • Rayo Valyekano
      • 20.10.2025 00:00
      • Xetafe
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 21.10.2025 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Valensiya
  • «A» Seriya
      • 19.10.2025 15:30
      • Komo
      • 2:0
      • Yuventus
      • 19.10.2025 18:00
      • Jenoa
      • 0:0
      • Parma
      • 19.10.2025 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Bolonya
      • 19.10.2025 21:00
      • Atalanta
      • 0:0
      • Lasio
      • 19.10.2025 23:45
      • Milan
      • 2:1
      • Fiorentina
      • 20.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Udineze
  • Superliga
      • 19.10.2025 16:00
      • Paxtakor
      • 3:0
      • Qizilqum
      • 19.10.2025 18:15
      • Neftchi
      • 1:0
      • OKMK
  • APL
      • 19.10.2025 18:00
      • Tottenhem
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 19.10.2025 20:30
      • Liverpul
      • 1:2
      • Man. Yunayted
      • 21.10.2025 00:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Brentford
  • Bundesliga
      • 20.10.2025 13:22
      • Shtutgart
      • 1:1
      • Nyurnberg
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 8 19
2 Manchester Siti 8 16
3 Liverpul 8 15
4 Bornmut 8 15
5 Chelsi 8 14
6 Tottenhem 8 14
7 Sanderlend 8 14
8 Kristal Pelas 8 13
9 Man. Yunayted 8 13
10 Brayton 8 12
11 Aston Villa 8 12
12 Everton 8 11
13 Nyukasl 8 9
14 Fulhem 8 8
15 Lids 8 8
16 Brentford 7 7
17 Byornli 8 7
18 Nottingem Forest 8 5
19 Vest Xem 7 4
20 Vulverhempton 8 2

O'tgan o'yinlar.

8-тур Nottingem Forest 0-3 Chelsi
8-тур Brayton 2-1 Nyukasl
8-тур Byornli 2-0 Lids
8-тур Kristal Pelas 3-3 Bornmut
8-тур Manchester Siti 2-0 Everton
8-тур Sanderlend 2-0 Vulverhempton
8-тур Fulhem 0-1 Arsenal
8-тур Tottenhem 1-2 Aston Villa
8-тур Liverpul 1-2 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

21/10/25 Vest Xem - Brentford

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6928 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2684 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.10.2025

      12:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      16:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      18:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      20:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
      22:05 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      23:25 LIVE Чемпионат Испании. Сегунда. "Кадис" - "Бургос". Прямая трансляция.
      01:25 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Атлетико Минейро".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.10.2025

      12:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 4.
      13:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      15:25 "Команда мечты".
      15:55 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      17:30 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Женщины.
      19:40 "Небесная грация".
      20:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Циндао в Китае. День 1.
      22:10 "Непобедимый".
      22:40 "Страна спортивная".
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук. Женщины.
      01:15 "Команда мечты".
      01:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      03:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.10.2025

      12:00 Новости.
      12:05 Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. Финал. Аргентина - Марокко.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      18:20 LIVE Громко. Прямой эфир.
      19:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      20:50 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Динамо-Москва" - "Локомотив" (Ярославль). Прямая трансляция.
      23:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Кремонезе" - "Удинезе". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      04:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.10.2025

      06:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.
      07:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 15. Мюре - Каркасон.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      10:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Командные соревнования.
      11:30 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      13:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 15 в Рабате, Марокко.
      15:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      17:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Обзор.
      21:30 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 16. Монпелье - вершина Ванту.
      03:45 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      04:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Charchoq bilmas oqsoqol

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hayotining beshinchi o‘ntaligini maydalashga ulgurganiga qaramasdan, 41 yoshli afsonaviy Roke Santa Krus yosh jamoadoshlari va muxlislarga o‘ziga xos «master-klass» namoyish etishda davom etmoqda.

Shu yilning 13 avgustida u jarima maydonchasi yaqinida raqib himoyachisini aldab o‘tdi, keyin zarba yo‘llashga chog‘langandek harakati bilan yana ikki nafar raqibini ortda qoldirdi va to‘pni darvozaga yo‘lladi. Muxlislarni qo‘yavering, hatto sharhlovchi ham faxriyning fantastik goli ta’sirida bo‘kirib yuborganini sezmay qoldi.

Endi eng muhimi - mazkur supergolni Roke «Bavariya» yoki «Blekbern» safida emas, Paragvay oliy ligasi vakili «Libertad» tarkibida amalga oshirdi. Hujumchi shu tariqa o‘zining 41-tug‘ilgan kuniga munosib sovg‘a tayyorlagandi.

Santa Krusning amaldagi shartnomasi shu yil oxirida nihoyasiga yetadi. Biroq Roke yashil maydonni tark etishni xayoliga ham keltirmayapti. «Yil yakunida xayrlashuv uchrashuvi? Uzr, bu haqda hali o‘ylab ko‘rmadim», - dedi futbolchi yubileyga bag‘ishlangan bazmdan keyin.

2016 yilda vataniga qaytgan faxriy 1-2 mavsumdan keyin faoliyatini yakunlash niyatida edi. Lekin ishtaha tamaddi chog‘ida ochilganidek, har yili shartnomani yangilash u uchun odatiy hol bo‘lib qoldi. Qizig‘i shundaki, «Bavariya» va «Manchester Siti»ning sobiq yulduzi shu yoshda ham o‘rtacha ikki o‘yinda bitta gol urishni uddalamoqda.

U chindan ham ko‘p gol uradimi?

Sermahsul statistika - hujumchini yashil maydonga jalb etayotgan yana bir omil. 2018, 2019 va 2020 yillarda Santa Krus chempionatning o‘zida 56ta gol urdi. 2021 yilda muayyan sabablarga ko‘ra, ko‘rsatkich pasayib ketdi. Lekin bu yil faxriy hammasini o‘rniga qo‘ydi.

Endi Rokega tegishli statis­tik ma’lumotlar bilan tanishing:

• 2016 yilda Santa Krus dastlabki 3ta o‘yinda «Olimpiya»ga bittadan gol sovg‘a qildi;

• 2018 yilda yana 3 uchrashuvli gollar seriyasini takrorladi;

• 2018 yildagi «Deportivo Kapiata»ga qarshi bahsda pokerga erishdi;

• 2019 yilda 17 uchrashuvda 12ta gol urdi;

• 2019 yil mavsumini o‘ta muvaffaqiyatli yakunladi: ashaddiy raqibi - «Serro Portenyo» darvozasini 4 marta zabt etdi, bittadan xet-trik va dublga erishdi;

• 2019 yildagi 26ta gol - Santa Krus faoliyatidagi rekord ko‘rsatkich. Bunga qadar hujumchi «Blekbern»ga 19ta gol (2007|08) keltirgandi;

• Sermahsul seriya 2020 yilda ham davom etdi: Roke ikki marta qatorasiga 5tadan uchrashuvda (2 seriyada 7tadan gol) raqiblarini ranjitdi;

• Shu yilning iyulida Libertadores Kubogida «Atletiko Paranaense» darvozasiga gol urib, nufuzli turnir rekordini yangiladi - undan avval 40 yoshli hech qaysi futbolchiga bu turnirda gol urish nasib etmagandi;

• «Libertad»dagi oxirgi 7 bellashuvda Roke 5ta gol urdi. Ma’lumotni sizga yetkazgunimizga qadar yana gol urgan bo‘lsa, ajabmas.

Balki bu yuksak natijalar Paragvay chempionatining nisbatan zaifligi bilan bog‘liqdir? Bu masalada Parag­vay futboli bo‘yicha ekspert Ralf Annaga murojaat qildik:

«Paragvay chempionatining saviyasi - ulkan bahs-munozarali mavzu. O‘ylaymanki, futbolimiz pandemiyadan sezilarli jabr tortdi. Braziliya futboli mavqeidagi sezilarli o‘sish Libertadores Kubogi bellashuvlarida bizning jamoalarimiz avvalgidek munosib raqobat qila olmayotganliklarini ko‘rsatib berdi.

Lekin bu pasayish Roke Santa Krusning qudratiga soya sola olmaydi: uning jismoniy imkoniyatlari shunchalik yuqoriki, raqiblarinikidan aslo kam emas. U Yevropadan qaytgan Derlis Gonsales («Benfika», «Bazel», «Dinamo,K»larning sobiq a’zosi), Lorenso Melgarexo va Oskar Kardoso («Benfika», «Trabzonspor», «Olimpiakos») lar bilan bemalol bellasha oladi».

Darvoqe, Melgarexo va Kardoso - Rokening «Libertad»dagi jamoadoshlari.

Anna Paragvayni bejizga Braziliyaga taqqoslamadi: 2022 yilda Libertadores Kubogiga Braziliyaning 5ta klubi chiqdi, Paragvaydan esa faqat «Libertad» pley-off­ga chiqib, 1|8 finalda «Atletiko Paranaense»dan yengildi. Hatto qahramonimizning goli ham jamoani umumiy mag‘lubiyatdan (1:2, 1:1) qutqara olmadi.

Xullas, nufuzli musobaqaning qatorasiga 8-finali ham Paragvay klubining ishtirokisiz o‘tadigan bo‘ldi. Vaholanki, yaqin o‘tmishda vaziyat yomon emasdi: 2013 yilda «Olimpiya», 2014da «Nasyonal» hal qiluvchi bahsda maydonga tushishgandi.

Paragvaylik iqtidorlar borasida Yevropadagi skautlar Santa Krusga murajjat qiladilar:

«Evropadan juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Ayniqsa, Boberto Morales bo‘yicha. U hozir tizzasidagi jarohatini davolash bilan mashg‘ul. Lekin Yevropada to‘p surish imkoniyati yo‘qolgan emas» - deydi Roke.

Uyga futboldan zerikkan holda qaytgandi. Lekin so‘ngan ishtiyoqni uyg‘otdi. Endi yoshlarni bellashuvga chorlayapti

Paragvaylik afsona vataniga 6 yil avval, Meksikadagi ajabtovur sayohatdan keyin qaytgandi. 2015 yilda «Krus Asul» uni 2 mln. yevroga «Malaga»dan sotib olgan, yarim yildan keyin ispanlarga ijaraga bergandi. Yana 6 oydan keyin hujumchi ona yurtiga yo‘l oldi.

Roke Santa Krusning faoliyati chindan ham azob-uqubatlarga boy. Yevropadagi barcha klublarida uni turli shikastlanishlar ta’qib etdi: Angliyada 329 kun, Ispaniyada 209 kun davomida o‘z jamoalariga yordam bera olmadi.

Paragvayda ham qahramonimiz muntazam o‘ynay olmadi - «Olimpiya»ning 39 yoshli yetakchisi 2021 yilda 16 uchrashuvda jarohat tufayli maydonga tusha olmadi. Hatto kovid karantini davrida ham faxriy kuchli ishtiyoqi evaziga yuksak sport formasini yo‘qotmadi: uyida harkuni 2,5 soatdan mashq qilib, keyin ro‘zg‘or yumushlariga yordamlashardi. qo‘shimchasiga, Rokega yashil maydondagi muvaffaqiyatlar qo‘shimcha kuch va ilhom baxsh etardi. Uning ishtirokida «Olimpiya» 6 yilda 5 marta shohsupaga ko‘tarildi va Paragvay Kubogini qo‘lga kiritdi. Shunday natijaga u «Bavariya»da ham erishgan bo‘lsada, o‘z yurtida erishilgan yutuqlar davrini u faoliyatining eng yorqin sahifalari sifatida e’tirof etdi.

«Mana shu sovrinlar futbolga bo‘lgan ishtiyoqimni oshirib, yashil maydonga yetaklaydi. Mana shu lazzatni yo‘qotmaslik uchun bor kuchimni mashg‘ulotlar va o‘yinga sarflayman», - degandi hujumchi o‘tgan yili Kubokni qo‘lga kiritganida. 

Qizig‘i shundaki, 2016 yildan keyin Santa Krus har yili ta’tilga otlanayotganida kelajagi xususida aniq ma’lumot bermas, faqat bu masalani puxta o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytardi. Ta’tildan esa quyidagi xabar bilan qaytardi: «Faoliyatimni yuksak saviyada davom ettira olishimdan baxtiyorman, yana bir yil o‘ynashga tayyorman».

Darhaqiqat, paragvaylik afsona ko‘pchilik kasbdoshlari kabi klub tizimidan birorta lavozimni egallab olib, maoshini tinchgina kutib o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmaydi, halol ter to‘kishni va shunga yarasha haq olishni istaydi. Futbol uning hayoti desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va milliy terma jamoaning eng yaxshi to‘purari unvoniga sazovor bo‘lgan 40 yoshli faxriyning so‘zlariga e’tibor bering:

«Hamonki maydonda ekanman, klub ramzi maqomida e’tirof etishlarini istamayman. Farovonlikda hayot kechirish - men intilgan mezon emas. Jamoada ekanligimning asosiy sababi yoshlarga yordam berish emas. Aksincha, ulardan men uchun murakkabliklar yaratishlarini kutaman. Hech qaysi futbolchi faqat yoshroq bo‘lganligi uchungina o‘ynamasligi kerak. Menga «jamoada qancha o‘ynamoqchi bo‘lsang, bemalol o‘ynayver» deyishlarini yoqtirmayman. Mashg‘ulotlarga zo‘r berib, yangi marralarga intilmaganimda, raqobatchilik xislatini allaqachon boy bergan bo‘lardim».

Aftidan, shu ketishda Roke qachonlardir o‘z nabirasi bilan bitta jamoada to‘p surishni kutayotgandek.

Sodiq SOBIR

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:05, 22.11.2022. O'qildi: 1555 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 9
2 Борнмут Entoyn Semenyo 6
3 Бёрнли Djeydon Entoni 4
4 Брентфорд Igor Tiago 4
5 Сандерленд Vilzon Izidor 3
6 Вест Хэм Jerrod Bouen 3
7 Челси Moyses Kaysedo 3
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 3
9 Тоттенхэм Risharlison 3
10 Кристал Пэлас Ismaila Sarr 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.