Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Benzemaning terma jamoa safidan chiqishi tasodifiy emas. Eski konflikt yangilandimi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

Benzema ajoyib kayfiyatda pley-offga tayyorlanmoqda. Agar fransuz jamoasi JCHda g‘alaba qozonsa, mumkin bo‘lgan bonuslarga ega chiqadi. Karimning orzusi sari mashaqqatli yo‘l bosib o‘tganini esga olamiz.

«Oltin to‘p-2022» sohibi Karim Benzema terma jamoaga qo‘shilmayapti. Fransuz 2010 yilgi jahon chempionatida qatnashmadi, u saralash o‘yinlarida qatnashdi va hatto ikkita gol ham urgandi. Ammo turnir uchun arizaga kirmadi. U payti Gresiyada to‘p tepayotgan Jinyak va Sisse saviyasidagi futbolchilar mavjud edi.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Raymon Domenek o‘z qarorini futbolchining «Real»dagi og‘ir mavsumida charchagani bilan asosladi. «Qirollik klubi»dagi debyut mavsumida Benzema barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urgan.

2014 yilda Karim nihoyat Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga yo‘l oldi. Guruh bosqichi o‘yinlarida Benzema 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiya chorak finalga chiqdi va u yerda Germaniya tomonidan to‘xtatildi. Benzema Fransiya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu jahon chempionatidagi Karim Benzema edi.

Balki Karimning terma jamoa bilan do‘stligi shu bilan tugagandir.

2015 yilda Karim noxush vaziyatga tushib qoldi - g‘alati shantaj, sud jarayoni, ayblov! Natijada futbolchi jinoyatga sherik sifatida aybdor deb topildi. Banditlar bilan aloqalar va Valbuena bilan bog‘liq voqealar fonida ular Fransiya jamoasiga chaqirilmaydi. Shundan so‘ng futbolchi uchun barcha eshiklar yopilgandek tuyuldi.

Tabiiyki, fransiyalik hujumchi bosh murabbiy Didye Desham tomonidan terma jamoadan chetlatildi. JCH-2018 Benzemasiz o‘tdi. Fransiyaning jahon chempionatida g‘alaba qozonganini hisobga olsak, ko‘pchilik Benzemaning termadagi rolini esdan ham chiqarib yubordi.

2021 yilda butun Fransiya yengil nafas olgandek tuyuldi. Didye Desham to‘purarni terma jamoaga qaytardi.

«Men vaziyatni qattiq qabul qildim. Lekin terma jamoaga qaytishimga ishongandim. Buning uchun men ko‘p mehnat qildim va bugun mukofot oldim. Jamoaga foyda keltirish uchun yanada ko‘proq ishlashga tayyorman», - deya tan oldi Karim Benzema.
JCH-2022 saralash bahslarida fransiyalik futbolchi uchta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. Bir qarashda hammasi yaxshidek.

Ammo kuz kelishi bilan Benzemaning sog‘ligida muammolar paydo bo‘la boshladi. Jahon chempionati esa allaqachon yaqinlashib qolgan edi. Bir qator jarohatlar fransiyalik futbolchini «Real» zaxira o‘rindig‘iga joylashishga majbur qildi. Karim joriy mavsumda bor yo‘g‘i 7ta o‘yinda maydonga tushdi. U beshta gol urdi. Tanqidchilar Benzema jahon chempionatiga kuch tejash uchun La Ligada yugurmayapti deya mish-mish tarqatishdi.

Balki bu rostdir. 34 yoshli to‘purar uchun bu katta ehtimol bilan so‘nggi jahon chempionati bo‘ladi. Klub rahbariyati mana shu holatni inobatga olib, dam olayotgan Benzemaning qiliqlariga ko‘z yumdi.

Xullas, Karim Benzema jamoa bilan Qatarga keldi. Uning birinchi o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida edi, ammo terma jamoa murabbiylar shtabi: «Hammasi nazorat ostida. Benzema yaxshi holatda», degan bayonot bilan chiqishdi.

Lekin Qatardagi birinchi mashg‘ulotdayoq Karim oyog‘ida noqulayliklar sezdi va maydonni muddatidan oldin tark etdi. Birinchi ma’lumot muxlislarni biroz tinchlantirdi: «Benzemada hammasi yaxshi. Futbolchida terma jamoaning ikkinchi yoki uchinchi uchrashuvida maydonga tushish imkoniyati bor».

Oradan bir necha kun o‘tib esa Fransiya muxlislari Benzema tezda tuzalib keta olmasligi, shu bois u 2022 yilgi jahon chempionatida maydonga tushmasligi haqidagi bayonotdan hayratda qolishdi. Navbatdagi yangilik esa muxlislarni umuman xafa qildi - Benzema terma jamoa joylashgan bazani tark etdi.

Bu noxush xabardan so‘ng turli g‘iybatlar, jumladan, «Karim Benzema ketganidan so‘ng futbolchilar yengil nafas olishdi, jamoadagi muhit ancha qulay bo‘ldi», degan mish-mishlar ham tarqaldi.

Bir necha kundan keyin esa Tchuameni bu noxush ma’lumotni rad etdi: «Benzema yaxshi kayfiyatda. Bu mish-mishlarning barchasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», degan intervyu berdi. Ammo olovsiz tutun bo‘lmaydi. 29 noyabr Karim Benzema Reyunyon orolida ko‘zga tashlandi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda dam olishi haqida post qoldirdi.

Madridning «Real» klubi futbolchi 9 dekabr kuni klubning mashg‘ulot bazasiga yetib borishini va mashg‘ulotlarni boshlashini ma’lum qildi. Xulosa shuni ko‘rsatadiki, Benzema son mushaklari jiddiy shikastlanganiga qaramay terma jamoani tark etmasligini ma’lum qildi.

Samir Nasri Fransiya matbuotini Benzemaning og‘ir jarohati haqida omma oldida xabar bermaslik kerakligi bilan oldindan ogohlantirgan. «Didye Desham Karimga bosim o‘tkazmasligi kerak edi. Guruh bosqichidagi o‘yinlarda Benzemasiz ham bemalol yutish mumkin. Ammo pley-offda Karim katta yordam beradi. U jamoamiz uchun juda qimmatli futbolchi», - deydi Nasri.

Ma’lum bo‘lishicha, agar murabbiy bilan kelishmovchilik bo‘lmaganida, Benzema Qatarda jamoa bilan qolgan bo‘lardi. Uning yechinish xonasida bo‘lishi futbolchilarga katta plyus olib keladi. Negaki, Didye Desham unga o‘rinbosar topishi qiyin.

Ayni dam «Real Madrid» «Liverpul» va Urugvay terma jamoasining 23 yoshli markaziy hujumchisi Darvin Nunyesga qiziqish bildirmoqda. Bu Benzema uchun «Oltin to‘p» unga jamoada doimiy joy egallashi uchun yetarli bo‘lmasligining birinchi belgisidir.

Balki Karim futboldan charchab, butsasini mixga osishga hozirlik ko‘rayotgandir?

Kiritildi: 19:34, 03.12.2022. O'qildi: 5012 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик