Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek legioni effekti

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Minskning «Energetik-BGU» klubi o‘z tarixida ilk marta Belarus chempio­nati sovrindoriga aylandi va yevrokuboklarga yo‘l ochdi.

Eng muhimi, «talabalar» Belarus futbolining eng qudratli jamoalari - «Shaxtyor» (Soligorsk) va BATE bilan chinakam raqobatga kirishib, Oliy liganing oxirgi turiga qadar chempionlikka chang solishdi. Asosan yoshlardan tarkib topgan ishtiyoqi baland jamoa orada hattoki 1-o‘ringa ham ko‘tarildi, oltin medal yutish uchun real imkoniyat hosil qildi. Faqat finish marrasiga yaqin kelganda, «talabalar»ga ozgina omad yetishmadi, charchoq biroz pand berdi. Lekin 2-o‘rin ham «Energetik-BGU» uchun munosib natija sifatida baholanmoqda, baribir. Yosh jamoa muvaffaqiyatida o‘zbek futboli vakillari katta rol bajarishgani diqqatga sazovor, albatta. Ayniqsa, Bobur Abduxoliqovning goleadorlik mahorati va Abduqodir Husanovning himoyadagi ishonchli o‘yini bot-bot e’tirof etilmoqda. Bejiz har ikkisi yakunda chempionatning ramziy terma jamoasiga kiritilmadi. Abduxoliqov esa naq 3ta nominasiya bo‘yicha bosh laureat bo‘ldi - Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi, hujumchisi va to‘purari! Belarus futbolini yoritishga ixtisoslashgan tribuna.com sayti ijodkorlari esa har ikki legionerlarimizni «BGU» yetakchilari qatoriga qo‘shib, ularning faoliyatiga alohida to‘xtaldi.

Abduqodir HUSANOV (18 yosh), himoyachi
Oliy liga-2022da: 27ta o‘yin, 3ta gol va 2ta samarali uzatma
Oldingi jamoasi: «Bunyodkor» U-18 (O‘zbekiston)

Birinchi tur arafasida 18 yoshini qarshilagan o‘zbekistonlik legioner chempio­nat yakuni bo‘yicha Oliy liganing «A» belgisi ostidagi ramziy terma jamoasidan joy oldi. Chunonchi, Husanov «talabalar» safidagi ilk o‘yinidanoq o‘zini ko‘rsata boshladi va darhol markaziy himoya­ning almashtirilmas vakiliga aylandi. Abduqodirning maydonga tushishiga goh-gohida faqat kartochkalar limiti xalaqit qildi, xolos. Alohida aytish kerak, markaziy himoyachi orqada tartibli harakatlanish barobarida hujumni qo‘llashda ham effektli o‘ynadi. Husanovning kuchli sifatlaridan biri - jarima zarbalari ijrosi. U buni may oyida «Neman»ga qarshi kechgan o‘yin (4:1)da isbotlagandi. «Energetik-BGU» O‘zbekiston U-17 termasi himoyachisini 2022 yilgi mavsum oldidan o‘z safiga jalb qilgandi. Iste’dodli yigitcha legionerga aylanishiga qadar «Bunyodkor» tizimidagi o‘smirlar jamoasida o‘yin amaliyoti olgan, xolos. Minsk klubi Husanov bilan rasman shartnoma tuzish uchun uning 18 yoshga to‘lishi kutdi. Xullas, Abduqodir fevral oyigacha «talabalar» safida shartnomasiz shug‘ullanib turdi. Muhimi, yigitning katta futbolda umuman tajribasi yo‘qligi «Energetik-BGU» murabbiylar shtabini mutlaqo bezovta qilmadi va minsk­liklar shartnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng uni darhol Belarus Oliy ligasi bahslarida boshlang‘ich tarkibga kirita boshlashdi. Husanov bunga javoban tezda ishonchni oq-lashga tushdi. Uzoq masofaga to‘pni aniq yetkazib berish, olisdan kuchli zarba yo‘llash va himoyada to‘g‘ri pozisiya tanlash - bular 18 yoshli futbolchining kuchli tomonlari hisoblanadi. Markaziy himoyada ishonchli to‘p surgan o‘zbekistonlik iqtidor ayni shu fazilatlari evaziga hujum harakatida ham ancha yuqori shaxsiy statistika qayd etdi - 3ta gol va 2ta samarali uzatma.

 
Bobur AbDUXOLIQOV (25 yosh), hujumchi
Oliy liga-2022da: 28ta o‘yin, 26ta gol, 6ta samarali uzatma
Oldingi jamoasi: «Rux» (Ukraina)

Belarus chempionati Oliy ligasining bosh qahramoni. O‘zbekistonlik hujumchi mavsum yakunida naq 3ta nominasiyada e’tirof etildiki, bu uning butun chempionat davomida «Energetik-BGU»ni o‘z ortidan ergashtirganidan dalolat. Har holda, Bobur gol urish bobida bir nafasda ichki chempionatning qator rekordlarini yangiladi. To‘p­urar hujumchi 23 yoshiga qadar o‘z yurtida «Nasaf» sharafini himoya qildi. U bu vaqtda qadrdon klubida yetakchilar qatoriga qo‘shilish va OCHLda gollari hisobini ochishga ulgurdi. Aniqrog‘i, Abduxoliqov qit’a klub futbolining eng nufuzli turniri doirasidagi 15ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 4 marta nishonga oldi. Bobur shuning barobarida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan U-23 toi­fasidagi Osiyo chempionatida g‘alaba nashidasini ham surdi. 2020 yilgi mavsum O‘zbekiston Superligasida 25ta o‘yinda qatnashib, 17ta gol urganidan ke­yin Ukrainaga yo‘l olib, «Rux» klubi bilan to‘laqonli shartnoma tuzdi. Biroq jamoada Boburga uncha ishonch bildirishmadi va u asosiy tarkibdagi debyutini nishonlamay turib, o‘rtadagi bitimni bekor qildi. Shundan so‘ng futbolchi o‘zbekistonliklar uchun qulay joyga aylangan «Energetik-BGU» ko‘rigiga keldi va barchasidan muvaffaqiyatli o‘tib, klubda qoldi. Muhimi, u bu safar tanlovda adashmadi. Har holda, Bobur o‘z gollari bilan «Energetik-BGU»ni yetakchilar qatoriga olib chiqdi. O‘zbek legioneri mavsum davomidayoq xorij ligalaridan takliflar oldi, lekin maqsadi Belarus futboli bilan chempionat sovrindori va bosh to‘purari maqomida xayrlashish ekanligini yashirmadi. Mana, u o‘z so‘zi ustidan chiqdi. Yana ortig‘i bilan. Ya’ni Oliy liga kumush medali va bosh to‘purar maqomi yoniga rekordlar hamda individual sovrinlar ham qo‘shib qo‘ydi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 08.12.2022. O'qildi: 2377 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик