Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«To‘polon»ni koreyslar boshlagandilar...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qatar mundiali ham bir qator shov-shuvli natijalar bilan tarixga muhrlanishi tayin.

 Ayniqsa, Marokash termasining ishtiroki hali ko‘p muhokama qilinadi, esga olinadi, albatta. Tabiiyki, JCH tarixiga nazar tashlasak, bu kabi sensasiyalar yetarlicha topiladi. «Katta to‘polon» turkumiga kiruvchi shov-shuvli yurishni esa Osiyo futboli vakili - KXDR milliy jamoasi boshlab bergandi. Demak, quyida avvalgi mundiallarga bezak qo‘shgan mo‘’jizaviy natijalar va ularning mualliflarini eslaymiz. Zero, bu kabi sensasion yurishlar har doim muxlislarga o‘zgacha zavq ulashishi tayin.

JCH-66 (Angliya)

Sensasiya muallifi: KXDR terma jamoasi 

Aslida Shimoliy koreyaliklar futbol vatanida tashkillashtirilgan nufuzli turnir yo‘llanmasiga vaziyat taqozosi va omad tufayli ega chiqishgandi. Binobarin, FIFA JAR milliy jamoasini mamlakatdagi aparteid siyosati tufayli mundialdan chetlashtirgan, Afrikaning boshqa vakillari esa butun qit’a­ga atigi 1ta yo‘llanma ajratilganiga norozilik o‘laroq, saralashda ishtirok etishdan bosh tortishgandi. Shu tariqa 1ta chipta uchun atigi 3ta da’vogar qoladi - Avstraliya, Janubiy Koreya va KXDR termalari. Biroq bu holatda Seul rasmiylari mamlakat jamoasining qo‘shnilar bilan o‘ynashiga qarshi chiqishadi. Oxir-oqibat, yo‘llanma taqdiriga KXDR va Avstraliya termalari o‘rtasidagi 2ta o‘yinda oydinlik kiritiladi. Yakunda «sokkeruzlar»ni umumiy - 9:2 hisobida dog‘da qoldirgan KXDR termasi final raundiga chiqadi va sobiq ittifoq, Chili hamda Italiya jamoalari joy olgan guruhga tushadi. Osiyo vakilining tashrifi tumanli o‘lkada ham bir qator siyosiy muammolarni keltirib chiqaradi. Deylik, ishtirokchi jamoalar sharafiga davlat madhiya­lari faqat ochilish uchrashuvi va finalda yangraydi, xolos. Qolaversa, KXDR termasi delegasiyasi a’zolariga mahalliy aholi bilan muloqotga kirishish qat’iyan taqiqlandi. Eng muhimi, kamtarin jamoa kuchli bosim va startda sobiq ittifoq termasidan qabul qilingan yirik mag‘lubiyat (0:3)ga qaramay, yakunda turnir kashfiyoti - qahramoniga aylanadi. Koreys­lar avvaliga Chili termasiga qarshi kechgan bahsning so‘nggi daqiqalarida muvozanatni tiklab (1:1), dastlabki ochkoni qo‘lga kiritishadi, keyin italyanlarni yagona gol evaziga yengishadi. Bu JCH-66ning asosiy sensasiyalaridan biri sifatida tilga olinadi. Zero, Italiya termasi Angliyaga bosh favoritlar qatorida yo‘l olgandi. To‘g‘ri, «skuadra adzurra»ga jamoa yetakchisi Jakomo Bulgarellining dastlabki daqiqalarda jarohatlangani qattiq pand beradi. Chunki o‘sha payt futbolchi almashtirish qoidasi hali joriy qilingan emasdi. Xullas, o‘yinning katta qismida ozchilik bo‘lib harakatlangan Italiya termasi yakunda mag‘lubiyatni tan oladi. Quvg‘indidan qahramonga aylangan koreyslar jamoasi esa guruh bosqichidan keyin yanada yorqinroq shov-shuvga juda yaqin keladi. Har holda, koreyaliklar Portugaliya termasiga qarshi kechgan dastlabki «pley-off» uchrashuvida birdaniga 3:0 hisobida oldinga chiqib olishadi. Lekin afsonaviy Eysebio sanoqli daqiqalar ichida «poker»ga erishib, koreyscha mo‘’jiza davom etishiga yo‘l qo‘ymaydi.

JCH-86 (Meksika)

Sensasiya muallifi: Marokash terma jamoasi 

Meksika mundiali Afrikaning 2ta jamoasi ishtirok etgan ikkinchi JCHdir. O‘shanda Jazoir milliy jamoasi imkoniyati ancha yuqori baholangan bo‘lsa, marokashliklarni hech kim nazarga olgan emasdi. Boz ustiga, Joze Fariya boshqaruvidagi jamoa chinakam «o‘lim guruhi»ga tushgandi. Ya’ni marokashliklarning kvartetda musobaqa favoritlari - Angliya, Polsha va Portugaliya (avvalgi mundialning bronza medali sohibi) termalariga qarshi o‘ynashlariga to‘g‘ri keladi. Asosiysi, Afrika vakili mundialga puxta tayyorgarlik ko‘radi: Meksikaga startdan 40 kun avval yo‘l olib, mahalliy iqlimga moslashadi, klublar bilan nazorat uchrashuvlarida kuch sinashishga ulguradi. Umuman, Fariya o‘yinlarda avvalo, himoya va intizomga umid bog‘laydi - oldingi chiziqda harakat qovushmagach, e’tiborni raqibni to‘xtatishga qaratadi. Marokash termasi shu tariqa 1-turda «A» seriya yulduzi Zbignev Bonek yetakchiligidagi Polsha milliy jamoa­sini maydondan «quruq» chiqib ketishga majbur qiladi - 0:0. Keyin Angliya milliy jamoa­si ham shunday «sovg‘a»ga qarshi hech qanday chora topolmaydi. To‘g‘ri, raqib 42-daqiqadan e’tiboran maydonda ozchilik bo‘lib qolgandi. «Qora qit’a» vakili hal qiluvchi turga kelib, chinakam sensasiya qayd etadi - to‘satdan «raketa»ga aylangan «avtobus» qandaydir yarim soat ichida Portugaliya termasi darvozasini 2 marta ishg‘ol qiladi. Keyinchalik yevropalik yulduzlar ming urinishsada, faqat yirik hisobli mag‘lubiyatdan qochish uddasidan chiqishadi, xolos (1:3). JCH tarixida «pley-off»ga chiqqan Afrikaning birinchi vakili shundan so‘ng chorak finalni orzu qila boshlaydi. Aytish o‘rinli, dahshatli bundesmashina ham 1|8 final o‘yinining 90-daqiqasiga qadar «avtobus»ni o‘z o‘rnidan jildira olmaydi. Faqat oxirgi lahzada Lotar Matteusning jarima nuqtasidan urgan goli Afrikacha mo‘’jizaga nuqta qo‘yadi. Turnirdan so‘ng Marokashda terma jamoaga naq 100000 muxlis peshvoz chiqadi, darvozabon Badu Zaki esa Afrikaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etiladi.

JCH-90 (Italiya)

Sensasiya muallifi: Kamerun

Marokash termasi muvaffaqiyatidan keyin ham Afrika vakillari haqli e’tirofdan benasib qolishadi. Adolatsizlikdan ranjigan kamerunlik hujumchi Fransua Omam-Bi­yik Italiya mundiali ochilish o‘yinidan keyin barchasini ro‘y-rost aytgandi: «Evropalik reportyorlarning maymun yeyish-emasligimiz, tabibga borish-bormasligimiz xususidagi bema’ni savollariga toqat qilolmaymiz. Mana, bugun boshqalar kabi haqiqiy futbolchilar ekanligimizni isbotladik». Aynan shu afsonaviy hujumchi 61-daqiqada gol urib, kamerunliklarga amaldagi chempion - Argentina termasi ustidan g‘alaba tortiq etgandi. 2-3-turlarda esa 38 yoshli Roje Milla katta sahnaga chiqadi. 3 yil avval milliy jamoa bilan xayrlashgan va faqat mamlakat prezidenti iltimosiga binoan, mundialga yo‘l olgan faxriy avvaliga Ruminiya (2:0), keyin Kolumbiya (2:1) termalarini «dubl» bilan «siylaydi». Kamerun jamoasining chorak finalga chiqishiga esa Gari Linekerning 83-daqiqada penaltidan urgan goli to‘siq bo‘ladi. Afrikaliklar qo‘shimcha bo‘limlarda yana gol qo‘yib yuborishadi, lekin bundan ortiqcha ranjishmaydi. Emmanuel Mboaning aytishicha, muvaffaqiyat jamoani ruhan charchatib qo‘ygandi, qolaversa, mamlakat futbol federasiyasi ogohlantirgandi: yarim finalga chiqsak, mehmonxonaga to‘lash uchun ham pulimiz qolmaydi. Aytish o‘rinli, ushbu mo‘’jiza ijodkori - Kamerun prezidenti iltimosi va sobiq ittifoq hukumati ruxsati bilan Afrika jamoasida ishlagan Valeriy Nepomnyashiy.

Sodiq RAHMON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 17.12.2022. O'qildi: 3100 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.