Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pro ligada o‘zgarishlar bo‘lishi masalasi muhokamaga qo‘yildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Yangiliklar
A A A

2020 yildan boshlab Pro ligada qator islohotlar boshlandi. 4 yillik rejaga ko‘ra, 2024 yildan boshlab Pro ligada faqatgina professional futbol klublari ishtirok etishi lozim. Bu talabga javob bermayotgan futbol klubi uchun maksimum Birinchi liga taklif etiladi.

Yakuniga yetgan mavsum tahlillariga ko‘ra, Pro liga ishtirokchilaridan «Yangiyer» hamda «Zomin» klublarida oldinga siljish bo‘lmadi. Ular yil davomida majburiyatlarni lozim darajada bajara olmaganligini ko‘rish mumkin. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Pro liga hamda Birinchi liga jamoalari o‘rtasidagi o‘tish o‘yinini o‘tkazmaslik bo‘yicha qaror qabul qildi. Qo‘shimchasiga, mazkur ikki klubni rasman ogohlantirdi.

Roppa-rosa 10 kun avval O‘zPFL Pro liganing 2023 yilgi mavsumida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 6 ta klub bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bular: «Yangiyer», «Zomin», «G‘ijduvon», «Aral», «Yunired» hamda “Andijon SGS. «Navbahor-farm» vakillari hech bir sababsiz mazkur yig‘ilishda ishtirok etmadi. Uchrashuvda O‘zPFL «Yangiyer», «Zomin» hamda «G‘ijduvon» klublari 2022 yilda qanday ishlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgani va ular qay tartibda bajarilgani masalasiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, birinchilikning qolgan uch klubiga Pro liga talablari to‘liq tushuntirib o‘tildi.

«Yunired» hamda «Andijon SGS» jamoalari 2022 yilgi mavsum avvalida shartli ravishda Birinchi liga musobaqasiga qo‘shilgandi. Ular yil davomida lisenziyalashning dastlabki talablarini muvaffaqiyatli bajarishga erishdi. Ayni vaqtda har ikki jamoa futbol maktabi bilan hamkorlik qiladi. «Yunired» Samarqanddagi qator maktabgacha ta’lim muassasasi hamda xususiy maktablarga ega. 2023 yilda klub investorlari tomonidan yangi universitet faoliyat boshlaydi. O‘quv dargohlari tarbiyalanuvchilari «Yunired» futbol maktabiga qabul qilinish imkoniyatiga ega. «Andijon SGS» esa O‘zPFL bilan hamkorlik doirasida viloyat futbol mahorati maktabi bilan aloqalarini tikladi hamda Birinchi ligada munosib ishtirok etdi.

O‘zPFL noyabr va dekabr oylarida Andijon hamda Samarqand viloyati hokimlari bilan uchrashuv o‘tkazib, yuqoridagi ikki futbol klubining Pro ligadagi ishtiroki masalasini muhokama qildi. Boisi, ular lisenziyalashning qator talablarini bajargani bilan, stadion masalasida qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Taklif etilgan rejaga ko‘ra, har ikki klub o‘z viloyatining asosiy jamoalari bilan bitta stadiondan foydalanishi masalasini har ikki viloyat rahbarlari qo‘llab-quvvatladi. Italiyaning «Inter» hamda «Milan» klublari singari Samarqandning «Dinamo» hamda «Yunired» va Andijonning «Andijon» hamda «Andijon SGS» klublari uy uchrashuvlari uchun bitta stadiondan foydalanadi. Bunda viloyatning ikki jamoasi o‘rtasida yillar davomida sog‘lom raqobat yuzaga kelishi muhim masala hisoblanadi. Mazkur xususiy klublar hozircha kichik loyiha bo‘lsada, vaqt o‘tib o‘z viloyati bosh jamoalariga raqobat tug‘dirish orqali, ularning ham o‘sishiga sabab bo‘lsa ajab emas.

Ayni vaqtda yuqorida nomlari keltirilgan barcha jamoalarning 2023 yilgi mavsumda lisenziyalash talablarini qay tartibda bajara olishlari masalasi o‘rganilmoqda. Ular talab etilayotgan masalalar yuzasidan o‘z loyihasi hamda yillik harajatlar smetasini O‘zPFL bilan hamkorlikda shakllantirishga kirishgan. Ayni vaqtda «Aral», «Yunired», «Andijon SGS» kabi jamoalarda oldinga siljish bor. «Navbahor-farm», «Yangiyer», «Zomin» kabi klublarda esa buning aksi. «G‘ijduvon» nisbatan olib qaraganda 2022 yil davomida Pro ligada katta kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Ammo 2023 yil haqida gap ketganida klub oldiga qator talablar qo‘yilishi aniq.

Yuqoridagi masalalar O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi a’zolari bilan muhokama qilindi. Hozircha «Lokomotiv», «Qo‘qon-1912», «Dinamo», «Xorazm», «Mash’al», «Sho‘rtan» kabi klublarning Pro ligada ishtirok etishi borasida muammo mavjud emas. Mazkur 6 klub safiga kimlar qo‘shilishi yoki umuman qo‘shilmasligi masalasi kelayotgan hafta so‘ngiga qadar aniq bo‘lib ulguradi. Talab barcha uchun qat’iy. O‘zPFL Pro ligani hatto 6 klub bilan ham o‘tkazishga tayyor. Va albatta 8, 10 yoki 12 talik formatlar ham kun tartibiga kiritilishi mumkin. Barchasi klublarning o‘ziga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi mavsumning iyun oyidan boshlab Pro liganing stadionida projektori mavjud bo‘lmagan klublari uy uchrashuvlarini o‘tkazishdan mahrum qilinishi rejalashtirilgan. Bunday talab 2021 yilning iyun oyidan boshlab Superligaga tadbiq etilgan bo‘lib, o‘sha davrdan keyin projektori mavjud bo‘lmagan stadionlarda chempionat o‘yinlari o‘tkazilmadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:24, 18.12.2022. O'qildi: 1593 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик