Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Skuadra Adzurra»ning ulkan umidi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Italiya terma jamoasi futbol olamining yetakchi jamoalaridan biri ekanligini yaxshi bilamiz.

Biroq yirik muvaffaqiyatlarga erishish uchun ko‘pincha bu jamoaga nimadir yetishmay qolishi, ba’zan omad undan yuz o‘girishidan ham xabardormiz. Uzoqqa bormaylik, JCHlarining gultoji sifatida e’tirof etilgan Qatar-2022 turniri ham 4 karra tojdor bo‘lmish «Skuadra Adzurra»ning ishtirokisiz o‘tdi. Bosh murabbiy Roberto Manchini uchun jammoani raqobatbardosh o‘yinchilar bilan shakllantirish surunkali muammo bo‘lib qoldi. Vaziyat shunchalik og‘irki, mutasaddilar ayrim braziliyalik futbolchilarga Italiya fuqaroligini taklif qilmoqdalar. Buni qarangki, shunday pallada «Moviy gvardiya» yaqin kelajakda o‘ta noyob iqtidor sohibini o‘z safiga jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ha, mundialni tomoshabin maqomida kuzatishga majbur bo‘lgan amaldagi qita chempionidan bo‘lajak top-hujumchi ko‘magida JCH-2026 turnirida muvaffaqiyatli ishtirokni umid qilish mumkin.

GAP KIM HAQIDA,  O‘ZI?

Maqolamiz qahramonimiz nomi Franchesko Kamarda, yoshi 14da, ammo ko‘pchilikka tanilishga arziydigan o‘yinchi. U chinakam markaziy hujumchi pozisiyasida to‘p suradi, juda yosh bo‘lishiga qaramay, yuksak cho‘qqini zabt etishga ulgurdi. Ya’ni, 13 yoshli paytida Italiya chempionatining 15 yoshlilar toifasida «Milan» bilan chempionlikka erishdi. Milanliklar 2010 yildan beri chempionlikka erisha olmayotgan edilar. Ikki yil kattalar uchun arzimasdek ko‘rinsada, o‘smirlar uchun ulkan jarlik, lekin Kamardani kattaroq yoshdagilar jamoasiga shunchaki, sinov uchun o‘tkazishmagan, qahramonimiz akalari jamoasida muhim o‘yinchilarning biri, chempionlikni tuhfa etgan oltin golni ham aynan Franchesko urgandi.

Ayni pallada iqtidorli hujumchi 16 yoshlilar jamoasida to‘p surmoqda, 9 uchrashuvda 11ta gol urgan holda chempionat to‘purarlari orasida yetakchilik qilmoqda. Kamardani ba’zan yanada kattaroq yoshdagi jamoalarga ham chaqirib turadilar. Qizig‘i shundaki, ularda ham Franchesko sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. Masalan, «Milan»ning19 yoshlilar jamoasi tarkibida dublga erishib, jamoani 4:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Aslida, Kamardaning nisbatan katta yoshdagi raqiblariga qarshi o‘yinlardagi sermahsulligi ajablanarli hol emas. Chunki u o‘z tengdoshlari bilan kuch sinashganida ishonish qiyin bo‘lgan natijalarni qayd etgan:

2017|18 yillar mavsumida: 40ta uchrashuvda 247ta gol;

2018|19 yillar mavsumida: 31ta uchrashuvda 172ta gol;

2019|20 yillar mavsumida: 16ta uchrashuvda 64ta gol.

To‘g‘ri, o‘smirlar futbolida gollar ko‘p bo‘ladi, buni tushunish mumkin. Lekin 87ta o‘yinda 483 marta (o‘rtacha 5,5dan ko‘proq) darvozani zabt etgan 14 yoshli snayper tez-tez uchraydigan o‘yinchi emas.

Yosh iqtidor sohibining xal­qaro maydonlardagi ko‘rsatkichlari ham talab darajasida. 15 yoshlilar terma jamoa­si tarkibidagi 5ta uchrashuvda u 5ta gol va 2ta samarali uzatmani o‘z hisobiga rasmiylashtirgan edi, hozir 16 yoshlilar jamoasida adaptasiya davrini o‘tkazmoqda.

Francheskoning sermahsul faoliyatida uning barcha teng­doshlari havas qiladigan darajdagi jismoniy jihatlari ham muhim rol o‘ynaydi. 14 yoshli hujumchining bo‘yi 182 sm., vazni 60 kg. O‘yin uslubiga ko‘ra, Kamarda Erling Xoland va Karim Benzemani eslatadi. Darvoqe, Benzema uning «kumir»i.

DAHOMI YOKI  XOMSEMIZ IQTIDOR?

Bu savolga faqat vaqt aniq javob berishi mumkin. Futbol tarixida o‘smirlar va yoshlar darajasida hayratomuz o‘yinlarni namoyish etgan, lekin professional futbolga moslasha olmagan yigitlar juda ko‘p. Bunga o‘z vaqtida «sayyoramizning o‘ta kelajagi porloq futbolchisi» maqomiga sazovor bo‘lgan Hakim Mas­turni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. «Milan»ning marokashlik o‘yinchisi xuddi Kamarda kabi yoshlar toifalarida tengdoshlarini nazar-pisand qilmagan, to‘pni olib yurishi, dribling va fintlari bilan muxlislarni maftun etgan bo‘lsada, tez orada oniy chaqmoqdek so‘ndi. U hatto «rossonerlar»ning asosiy tarkibiga ko‘tarildi, ammo mustahkam o‘rnasha olmadi. Yevropadagi urinishlaridan samara chiqmagach, Marokashning 2-divizionidan boshpana topdi. Vaholanki, u endigina 24ga chiqqandi.

Xullas, bu yog‘iga Kamarda kamarini mahkamroq tortishi, sustkashlikka yo‘l qo‘ymasligi, «Milan» esa o‘z tarbiyalanuvchisini «A» seriyasi va YECHL talablariga javob bera oladigan darajaga olib chiqish uchun o‘z vaqtida, to‘g‘ri tarbiya berishi lozim. Aks holda, Italiyaning keyingi 15-20 yil ichidagi eng zo‘r hujumchisi sifatida e’tirof etgan qahramonimiz umidlarni puchga chiqarib, Hakim Mas­turdek g‘oyib bo‘ladi.

Manba: Sovsport.ru, Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:19, 24.01.2023. O'qildi: 1441 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик