Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 19.10.2025 00:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Osasuna
      • 19.10.2025 17:00
      • Elche
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 19.10.2025 19:15
      • Selta
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 19.10.2025 21:30
      • Levante
      • 0:3
      • Rayo Valyekano
      • 20.10.2025 00:00
      • Xetafe
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 21.10.2025 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Valensiya
  • «A» Seriya
      • 19.10.2025 15:30
      • Komo
      • 2:0
      • Yuventus
      • 19.10.2025 18:00
      • Jenoa
      • 0:0
      • Parma
      • 19.10.2025 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Bolonya
      • 19.10.2025 21:00
      • Atalanta
      • 0:0
      • Lasio
      • 19.10.2025 23:45
      • Milan
      • 2:1
      • Fiorentina
      • 20.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Udineze
  • Superliga
      • 19.10.2025 16:00
      • Paxtakor
      • 3:0
      • Qizilqum
      • 19.10.2025 18:15
      • Neftchi
      • 1:0
      • OKMK
  • APL
      • 19.10.2025 18:00
      • Tottenhem
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 19.10.2025 20:30
      • Liverpul
      • 1:2
      • Man. Yunayted
      • 21.10.2025 00:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Brentford
  • Bundesliga
      • 20.10.2025 13:22
      • Shtutgart
      • 1:1
      • Nyurnberg
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 8 19
2 Manchester Siti 8 16
3 Liverpul 8 15
4 Bornmut 8 15
5 Chelsi 8 14
6 Tottenhem 8 14
7 Sanderlend 8 14
8 Kristal Pelas 8 13
9 Man. Yunayted 8 13
10 Brayton 8 12
11 Aston Villa 8 12
12 Everton 8 11
13 Nyukasl 8 9
14 Fulhem 8 8
15 Lids 8 8
16 Brentford 7 7
17 Byornli 8 7
18 Nottingem Forest 8 5
19 Vest Xem 7 4
20 Vulverhempton 8 2

O'tgan o'yinlar.

8-тур Nottingem Forest 0-3 Chelsi
8-тур Brayton 2-1 Nyukasl
8-тур Byornli 2-0 Lids
8-тур Kristal Pelas 3-3 Bornmut
8-тур Manchester Siti 2-0 Everton
8-тур Sanderlend 2-0 Vulverhempton
8-тур Fulhem 0-1 Arsenal
8-тур Tottenhem 1-2 Aston Villa
8-тур Liverpul 1-2 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

21/10/25 Vest Xem - Brentford

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6915 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2684 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.10.2025

      12:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      16:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      18:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      20:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
      22:05 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      23:25 LIVE Чемпионат Испании. Сегунда. "Кадис" - "Бургос". Прямая трансляция.
      01:25 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Атлетико Минейро".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.10.2025

      12:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 4.
      13:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      15:25 "Команда мечты".
      15:55 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      17:30 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Женщины.
      19:40 "Небесная грация".
      20:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Циндао в Китае. День 1.
      22:10 "Непобедимый".
      22:40 "Страна спортивная".
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук. Женщины.
      01:15 "Команда мечты".
      01:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      03:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.10.2025

      12:00 Новости.
      12:05 Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. Финал. Аргентина - Марокко.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      18:20 LIVE Громко. Прямой эфир.
      19:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      20:50 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Динамо-Москва" - "Локомотив" (Ярославль). Прямая трансляция.
      23:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Кремонезе" - "Удинезе". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      04:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.10.2025

      06:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.
      07:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 15. Мюре - Каркасон.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      10:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Командные соревнования.
      11:30 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      13:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 15 в Рабате, Марокко.
      15:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      17:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Обзор.
      21:30 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 16. Монпелье - вершина Ванту.
      03:45 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      04:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Masharipovdan maktub: «Endi sizga Ronaldu haqida ayrim narsalarni aytib berishim mumkin...»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ikki oy oldin Jaloliddin Masharipov Krishtianu Ronalduning jahon chempionatidagi ishtirokini tomosha qilar, Qatardagi turnirdan keyin esa uning Saudiya Arabistoniga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni hayajon bilan kuzatardi. Endi esa u har kuni portugaliyalik yulduz bilan ko‘rishib, o‘yinlarda jamoadoshiga penaltilar ishlab bermoqda. Ronaldu Saudiya Arabistonida ham sevimli 7-raqam ostida to‘p surmoqda - o‘tgan oyda Masharipov bu raqamni o‘z ixtiyori bilan Krishtianuga topshirdi va endi har kungi mashg‘ulotlarda ularni o‘zaro gaplashayotganini ko‘rish mumkin. 38 yoshli yulduz O‘zbekistonga salom yo‘llashga ham ulgurdi. Krishtianu «Al-Nasr»dagi jamoa hayotini qanchalik o‘zgartirdi? Bosh murabbiy mavqei o‘zidan baland shogirdiga mulozamat qilyaptimi? Mashg‘ulotlarda futbolchilar superyulduzni ayashmoqdami? So‘z Jaloliddinga.

***

Salom! Men Jaloliddin Masharipovman, Krishtianu Ronaldu bilan bir klubda to‘p suraman.

2021 yilda «Paxtakor»dan «Al-Nasr»ga o‘tdim. O‘shanda oldimda Rossiya, BAA va bosh­qa mamlakat jamoalaridan takliflar bor edi, ammo men Saudiya Arabistoni chempionatini darajasi kuchli ekani uchun tanladim.

Saudiya Arabistoni mamlakat sifatida meni uncha hayratga solgani yo‘q, ammo bu yerdagi futbol atmosferasini bunchalik ekanini kutmagandim. Futbol bu yerda juda ham ommalashgan. O‘yingohlarda muxlislarning ko‘pligi va ular o‘z jamoalarini qanday qo‘llab-quvvatlashi hayratga soldi. Shu bois Saudiya Arabistonining Qatardagi jahon chempionatida shov-shuv ko‘targani ham bejizga emas.

Mahalliy chempionat - juda ham yaxshi saviyadagi turnir. Arab mamlakatlari, ayniqsa Saudiyada to‘p surish aslida oson emas. Yevropadan kuchli futbolchilarning kelishi liga darajasini oshirdi, legionerlarga oson bo‘layotgani yo‘q. Chunki xorijdan kelgan hamma o‘yinchilar ham bu yerda o‘z o‘yinlarini ko‘rsata olishmaydi, sababi har qanday jamoa o‘yin oxirigacha jang qilishga tayyor. Shunday ekan, Ronaldu transferi - mamlakat futbolining haqli yutug‘i.

Ko‘pchilikni Krishtianuning hayotda qanday inson ekani qiziqtiradi: u nima haqida gapirishi, qanday mashg‘ulot o‘tashi, qayerda yashaydi. Bu haqda sizga ba’zi bir gaplarni aytishim mumkin.

Ronaldu ilk kunlardanoq jamoa bilan yaxshi chiqishdi. Til borasida muammo yo‘q, u barcha bilan til topishdi. Mahalliylar bilan ingliz tilida - bu yerda ko‘pchilik inglizchada erkin so‘zlasha oladi. Legionerlar bilan esa ispanchada gaplashadi.

Unga tarjimon va tansoqchilar hamrohlik qiladi. U mashhur inson, shu bois ehtiyot choralarini ko‘rishga majbur. Krishtianu Ar-Riyoddagi eng zo‘r mehmonxonada yashamoqda. Tez orada hashamatli villalardan biriga ko‘chib o‘tadi. Klubda bu masalada tanlov futbolchilarda - kimdir mehmonxonada qolishni istaydi, kimdir esa o‘yingohdan uzoqda bo‘lmagan uylarni tanlaydi. Rahbariyat o‘yinchilar uchun barcha sharoitni muhayyo qilib qo‘ygan.

Uning maoshi bizni qiziqtirmaydi. Jamoamizda yuqori saviyali o‘yinchilar talaygina, ammo Ronaldu - futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri. Tabiiyki, unga ko‘p haq to‘lashadi va u bunga loyiqligini doim ko‘rsatgan. Jamoadagi boshqa o‘yinchilarga ham bu masalada yaxshi sharoitlar yaratilgan.

Ronaldu klubdagi ilk kunlaridanoq o‘yinchilarga murojaat qilib, avvalo jamoa bir oilaga aylanishi shartligi, bu yerga sovrinlar uchun kelganini bir necha marotaba ta’kidladi. U barcha bilan bir xil munosabatda bo‘ladi, shuning uchun ham unga bo‘lgan hurmat kundan-kunga oshmoqda. Krishtianu barchamiz uchun namuna bo‘la oladigan futbolchi.

Uning top-darajada ekanini avvaldan bilganmiz. Buning uchun aslida Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash ham shart emas. Uning sovrinlari va natijalari barchasini aytib turibdi. Krishtianu uchun futbolda isbotlaydigan hech narsa qolmagan. U «Al-Nasr»ga kelgunga qadar barchasini isbotlab bo‘lgan.

Shunga qaramay, Ronalduning katta obro‘-e’tiborga ega ekani unga qandaydir imtiyoz bermaydi. Shaxsan men Ronaldu mashg‘ulotlarda biz bilan hozirgidek yaqin bo‘lishi, sheriklarim unga qarshi jiddiy o‘ynay oladi, deb o‘ylamagandim. Hammamiz mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan ishlaymiz, ammo ba’zida boshqa sheriklarimiz qatori unga nisbatan ehtiyotkor o‘ynashga harakat qilamiz. Mashg‘ulotlarda qoidabuzarliklar, to‘pga qo‘pol tashlanish mumkin emas. Bu haqda hech kim bizdan so‘ramagan, shunchaki Ronalduni jarohatlardan ehtiyot qilishga intilamiz. Bu normal holat. Har bir jamoadoshimiz haqida qayg‘uramiz.

«Al-Tai»ga qarshi uchrashuvdan avval (Ronaldu kelganidan keyingi 1-o‘yin) kiyinish xonasida atmosfera odatdagidek edi, ammo yonimizda eng kuchli futbolchilardan biri turganini his qilib turdik. Unga qarab, jamoadagi har bir futbolchi o‘z ishiga yanada professional darajada yondashishni boshladi. Ronaldudek futbolchi turganda sardorlik bog‘ichini jamoamizdan boshqa kimdir olishi g‘alati bo‘lardi. Krishtianu sardor bo‘lishini barchamiz kutgandik. Sobiq sardorimiz ham bog‘ichni mamnuniyat bilan topshirdi. Bu borada hech qanday anglashilmovchilik yo‘q. Fikrimcha, bu eng to‘g‘ri qaror. Boshqacha ham bo‘lishi mumkin emasdi.

Shu o‘rinda men Krishtianuga topshirgan 7-raqam haqida so‘rashni istarsiz. Ronaldu «Al-Nasr»ga kelishi haqidagi xabarlar endi tarqala boshlaganidayoq mening jamoadan ketishim haqidagi yolg‘on xabarlar tarqala boshladi. Krishtianu kelishidan oldin mendan «7-raqamingizni unga berasizmi?», deya so‘ray boshlashdi. qanday qilib yo‘q deyishim mumkin? Axir u Krishtianu Ronaldu! Bunday o‘yinchilarni hurmat qilish shart! Krishtianu 7-raqamning yangi egasiga aylangach, ko‘pchilik «Al-Nasr»dan ketishimni taxmin qila boshladi. Ammo men shunchaki raqamimni topshirgandim, xolos. Ketish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi. Klub ham, murabbiy ham meni jamoada ko‘rishni istardi. qolaversa, amalda shartnomam ham bor edi. Raqamimni o‘zgartirganim sababi esa faqatgina Ronalduning kelgani uchun edi. Bu yigit - jahonning eng yaxshi ikki o‘yinchisidan biri. Shu bois bu masalada ortiqcha gap bo‘lishi mumkin emas edi.

O‘shanda jamoadoshimiz Vensan Abubakar aynan Ronaldu uchun klubdan ketgani haqida ko‘p yozishdi, xabarlar tarqaldi. Aslida esa bunday bo‘lmagan. Vensan qolishni xohlaganida ketmasdi. Krishtianu ham undan jamoada qolishni so‘ragan. U zaxira o‘rindig‘ida o‘tirmaslik uchun ketishni lozim topdi. Fikrimcha, Vensan buni mardonavorlik bilan qabul qildi. Chunki Krishtianu kelgach, Vensan uning soyasida qolishini sezdi. Shu bois yaxshiroq taklif tushgani bilan «Al-Nasr»dan ketdi. Hech qanday mojaro bo‘lgani yo‘q.

OAVlarda ba’zida oshirib yuborishadi. Masalan, Juninyo Ronaldu «Al-Nasr»ga kelsa, Rudi Garsiya unga nonushtasini ham tashishini aytdi... Ammo bosh murabbiy portugaliyalikga muloyimlik qilayotganini ko‘rayotganimiz yo‘q. Rudi Garsiya - ajoyib inson. Ronaldu va u - katta professionallar. Murabbiy barchaga bir xil munosabatda bo‘ladi. Istalgan o‘yinchi u bilan soatlab gaplashishi mumkin.

Krishtianuning Ar-Riyodga kelganidan keyin klubning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 15 baravarga oshdi. Shaxsan o‘zim u bilan videoni sahifamda joylaganimda juda ko‘pchilik menga obuna bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekistondan. Men Ronaldu bilan birga o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldim. Shunday ekan, buning ajablanarli joyi yo‘q deb o‘ylayman.

Ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyaning o‘sishi - Krishtianu bilan shartnoma imzolanganidan keyin klubdagi yagona o‘zgarish bo‘ldi. Saudiya Arabistoni chempionatini tomosha qilishni xohlovchilar soni ham tezda oshdi.

Matbuot Saudiya Arabistoniga kelishi mumkin bo‘lgan yangi yulduzlar haqida yozishdan to‘xtamayapti: Eden Azar, Keylor Navas, Serji Buskets, Marko Roys, Pepe, Serxio Ramos. Ularni bu yerda ko‘rish imkoniyati avvalgidan ancha oshdi. O‘ylaymanki, endi hech bir futbolchi Saudiya chempionatini kuchsiz liga deb hisoblamaydi. Ularga taklif tushsa, qabul qilinishi ehtimoli katta.

Ronalduning o‘tishidan keyin boshqa yulduzlarni chaqirish nisbatan osonlashadi. «Al-Nasr» endi istalgan yulduz bilan shartnoma imzolay oladi. Futbolchining o‘zi o‘tishni xohlasa bas, klub bu masalani hal qiladi. Krishtianuning transferidan keyin Saudiya Arabistoni chempionati obro‘si oshdi.

Messi? Uning o‘tishi haqida menda insaydlar yo‘q, ammo Saudiya Arabistoni bu o‘tishni osonlik bilan amalga oshira oladi. Bu yerda pulni sanab o‘tirishmaydi. Krishtianuni istashdi - u shu yerda. Hammasi Messining o‘ziga bog‘liq.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:07, 21.02.2023. O'qildi: 11738 marta. Fikrlar: 17 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 9
2 Борнмут Entoyn Semenyo 6
3 Бёрнли Djeydon Entoni 4
4 Брентфорд Igor Tiago 4
5 Сандерленд Vilzon Izidor 3
6 Вест Хэм Jerrod Bouen 3
7 Челси Moyses Kaysedo 3
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 3
9 Тоттенхэм Risharlison 3
10 Кристал Пэлас Ismaila Sarr 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.