Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"WhoScored" versiyasiga ko‘ra joriy mavsum Yevropaning eng yaxshi futbolchilari (top-10)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropa bo‘ylab eng yaxshi futbolchilarni tanlab olish oson ish emas. Shu sababdan biz faktlar va ko‘rsatkichlarga asoslanamiz. Shu orqali har qanday bahs va kelishmovchiliklarni oldi olinadi. 2022-23 yilgi mavsum hali yakuniga yetmadi. Shunga qaramay, hozirga qadar eng yaxshi natija qayd etayotganlar ajralib ulgurgan. Shulardan o‘ntasi, quyida e’tiboringizga havola etiladi.

10. Gabriel Jezus – "Arsenal"

Braziliya terma jamoasi a’zosi yozda "Arsenal"ga o‘tgan edi. Uning 45 millionlik ko‘chishi omadli bo‘ldi deyish mumkin. Bu orqali hujumchi Gvardiola davridagi soyadan chiqdi va nimalarga qodir ekanini ko‘rsata oldi. Ayni damda Jezus 9 ta gol va 5 ta assistga erishdi. Bu esa mavsumning 4 oyini jarohat sababli o‘tkazib yuborgan futbolchi uchun yomon natija emas.

9. Viktor Osimxen – "Napoli"

Italiyada eng yaxshi futbolchilardan biri, shubhasiz Osimxendir. Nigeriyalik hujumchi bu mavsumda 30 ta o‘yinda 25 ta gol urishga erishdi. Luchanno Spalettining yetakchi jamoasida eng yorqin yulduz Osimxen desak yangishmaymiz. "Napoli" bu mavsumda uning ta’siri bilan 1990 yildan beri ilk bor Italiya chempioni bo‘lishga yaqin turibdi. Ammo Osimxenning o‘rni bu jadvalda 9 o‘rinni egallab turibdi.

8. Karim Benzema – "Real"

2021-22 yilgi mavsumni yuqori darajada o‘tkazgan Benzema, "Oltin to‘p"ga loyiq ko‘rilgan edi. Ammo jarohatlar futbolchining joriy mavsumini ancha muammolar girdobiga soldi. 35 yosh bo‘lishiga qaramay, Benzema mavsum davomida 34 o‘yinda 32 ta golda ishtirok etdi. Bu hisob kengayishda davom etmoqda.

7. Xvicha Kvarasxeliya – "Napoli"

Osimxenni mavsum davomida aniq uzatmalar bilan bilan ta’minlab kelgan kim deb o‘ylaysiz? Albatta, yangishmadingiz. Xvicha bu mavsum davomidagi yorqin o‘yinlari sabab Maradonaga mengzaldi. Ayni damda u "Kvaradona" degan laqab olgan. Bu bekorga emas, albatta. Yozgi transferlar oynasida Osimxen va Kvarasxeliya jamoasiga katta pul keltirishi mumkin. Buning uchun gruziyalik yuksalishda davom etishi lozim.

6. Erling Xoland – "Manchester Siti"

O‘zga sayyoralik "maxluq" jadvalda yetakchilik qilmayapti. Biz ham hayronmiz. Ammo portal uni oltinchi pog‘onaga qo‘ygan. 51 million funtga xarid qilingan hujumchi, o‘zining debyut mavsumida APL doirasida 32 ta gol urishga erishdi. Yana uchta gol bilan Xoland APL rekordini yangilashi mumkin. Eng dahshatlisi esa, u endigina 22 yoshda.

5. Kevin De Bryuyne – "Manchester Siti"

Doimgidek De Bryuyne eng yaxshilar qatorida. Uning o‘yinidagi sermahsullik Xoland bilan ham bog‘langan. Aynan norvegiyalik hujumchi KDBning paslarini golga aylantirmoqda. Bu juftlik natijalar qayd etishda bir-biriga eng katta ko‘makchidir.

4. Neymar – "PSJ"

Neymar bor joyda, gol va kreativlik albatta bo‘ladi. Harxolda, Fransiya chempionatida holat shunday. Neymar balki futbolda o‘lib borayotgan san’atning so‘nggi vakillaridan biridir. 31 yosh hujumchi futbolda hamma narsa qildi. Uning o‘yinlar "PSJ"ga ko‘rk bag‘ishlab turibdi desak, yangishmagan bo‘lamiz.

3. Marten Terye – "Ren"

26 yoshli hujumchi oldingi chiziqning har qaysi nuqtasida harakat qila oladi. Terye 2021-22 yilni yaxshi o‘tkazgandi. Bu mavsum ham undan qolishmayapti. Fransuz hujumchisining jamoasi Yevrokuboklar uchun jiddiy kurashmoqda. Bunda Teryening ta’siri juda ham kattadir.

2. Kilian Mbappe – "PSJ"

Ko‘pchilik nazdida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Mbappe, "WhoScored"ni hali bunga ishontira olgani yo‘q. Mbappe bu mavsumda ushbu ro‘yxatdagi hammadan yaxshi aniq uzatmalarni ijro etdi. Assistga kelganida esa unday deya olmaymiz. Kilianning bahosi 7.73 ni tashkil etmoqda.

1. Lionel Messi – "PSJ"

Yana kimdir bu o‘rinni egallashi mumkin edimi? Messidan boshqa variant topa olmaymiz ham. "PSJ"dagi taqdiri so‘roq ostida qolgan paytlarda ham Messi o‘z ishini davom ettirmoqda. Aynan mana shu narsa Messi va Mbappe o‘rtasidagi farqdir. Parijda Messi gollar, assistlar, imkoniyat yaratishlar, zarbalarda eng ilg‘ori va eng yaxshi o‘yinchi nomiga loyiq ko‘rilmoqda. 35 yoshli hujumchi uchun bu dahshatli natijalardir. Uning reytingi esa 8.43.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 14:36, 18.04.2023. O'qildi: 2023 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.