Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 24 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Real Ovyedo 23 19
20 Levante 22 18

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempion murabbiylar paradi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mana, Xosep Gvardiola turnirning 3 karra chempion-murabbiylari qatoriga qo‘shildi. 10 iyun kuni Istanbulda uning «Manchester Siti»si «Inter»ni yagona gol evaziga dog‘da qoldirdi. Shu tariqa ispaniyalik mutaxassis bunga qadar Yevropa klub futbolidagi asosiy turnir kubogini kamida 3 marta qo‘lga kiritgan 3 nafar yetuk murabbiy safiga kirdi.

Karlo Anchelotti o‘tgan mavsum Yevropa Chempionlar kubogi/CHempionlar Ligasida 4 marta g‘alaba nashidasini surgan birinchi murabbiyga aylangan edi. Endi esa dahshatnamo «Manchester Siti»ning Istanbuldagi g‘alabasidan keyin Xosep Gvardiola 3 karra g‘oliblar elit guruhiga qo‘shildi. Ispaniyalik mutaxassis shuning barobarida turli jamoa­lar bilan «shalpangquloq» kubok sohibiga aylangan atigi 6-murabbiy bo‘ldi.

Endi asosiy yevrokubok turniri tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylarga birma-bir e’tibor qaratamiz.

Karlo Anchelotti (Italiya) - «Milan» (2003, 2007), «Real» (2014, 2022)

Futbolchilik davri madaniyatli yarim himoya generali sifati bilan «Milan» safida turnirning ikki karra g‘olibiga aylangan Anchelotti murabbiylikda bu natijasini keskin yaxshiladi. Don Karlo avvaliga 2003 yil («Yuventus»ga qarshi) va 2007 yil («Liver­pul»ga qarshi)gi finallarda «rossonerlar» g‘alaba qozonishlarini ta’minladi. U bu orada 2005 yili «Istanbul mo‘’jizasi»da tayyor chempionlikdan mosuvo qoldi ham. 2014 yilga kelib, murabbiy «Madrid» boshqaruvida 3-g‘alabasini nishonladi - «Atletiko»ga qarshi dramatik finalning qo‘shimcha bo‘limlari ko‘pchilik yodida bo‘lsa kerak. 2022 yili esa Karlo bobo CHL tarixida 5ta finalni ko‘rgan va 4 marta chempionlikka erishgan birinchi murabbiy bo‘ldi.

Bob Peysli (Angliya) - «Liverpul» (1977, 1978, 1981)

Bob Peysli 1974 yili «Liverpul» bosh­qaruvida afsonaviy Bill Shenkli o‘rnini egalladi va klubni rivojlantirish yo‘lida bor bilimini ishga solishini aytdi kamtarlik bilan. Bob 9 yildan so‘ng iste’foga chiqdi, «qizillar» esa bu orada Angliya chempionatida 6 marta, Liga kubogida 3 marta, UYEFA kubogida 1 marta zafar quchishdi. Asosiysi, Chempionlar kubogining 3 mavsumi aynan «Liverpul»ga ataldi. Peysli jamoasi turnirdagi o‘ziga xos «xet-trik» uchun atigi 5 mavsum sarfladi - 1977 yili «Borussiya» M., 1978 yili «Bryugge» va 1981 yili «Real» dog‘da qoldirildi hal qiluvchi bahsda.

Zayniddin Zidan (Fransiya) - «Real» (2016, 2017, 2018)

Ehtimolki, o‘z davrining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan buyuk Zizu oltin tusli butsasini mixga ilishiga qadar CHLda atigi bir marta g‘alaba nashidasini surdi. Lekin qanday holatda? 2002 yilgi final, «Bayer» darvozasiga tomon berilgan ulug‘vor zarba... Bunaqasi xotiralardan o‘chmaydi uzoq vaqt. 2014 yili «Madrid»da Karlo Anchelotti assistenti sifatida ish boshlagan Zidan bosh murabbiy maqomidagi dastlabki 3 mavsumidayoq benazir rekord o‘rnatdi. Ya’ni tarixda bitta klub bilan qatorasiga 3 marta chempionlikka erishgan birinchi shaxsga aylandi.

Xosep Gvardiola (Ispaniya) - «Barselona» (2009, 2011), «Manchester Siti» (2023)

Zamonaviy futbolning eng yaxshi murabbiylaridan biri CHL belgisi ostidagi «xet-trik» sari uzoq yo‘l bosdi. To‘g‘ri, u dastlabki 2ta yutug‘ini «Barselona»ning betakror modeli bilan atigi 3 mavsum oralig‘ida nishonladi - 2009 va 2011 yillar. Demak, 3-«shalpangquloq»ni 12 yil kutishiga to‘g‘ri keldi. Pep bu orada «Bavariya»da omadsiz urinishlarga duch keldi, qolaversa, «Siti»da ham CHLga bog‘liq ishlari ancha vaqt samara bermadi. Muhimi, u endi 3 karra chempionlar qatorida!

Yevropa CHK/CHLning ikki karra G‘olib murabbiylari

Xose Vilyalonga (Ispaniya) - «Real» (1956, 1957)

Luis Karnilya (Argentina) - «Real» (1958, 1959)

Bela Guttmann (Vengriya) - «Benfika» (1961, 1962)

Elenio Errera (Argentina) - «Inter» (1964, 1965)

Migel Munyos (Ispaniya) - «Real» (1960, 1966)

Nereo Rokko (Italiya) - «Milan» (1963, 1969)

Shtefan Kovach (Ruminiya) - «Ayaks» (1972, 1973)

Detmar Kramer (Germaniya) - «Bavariya» (1975, 1976)

Brayan Klaf (Angliya) - («Nottingem Forest» (1979, 1980)

Ernst Xappel (Avstriya) - «Feyenoord» (1970), «Gamburg» (1983)

Arrigo Sakki (Italiya) - «Milan» (1989, 1990)

Ottmar Xitsfeld (Germaniya) - «Borussiya» D. (1997), «Bavariya» (2001)

Visente del Boske (Ispaniya) - «Real» (2000, 2002)

Aleks Fergyuson (Shotlandiya) - «MYU» (1999, 2008)

Joze Mourinyu (Portugaliya) - «Portu» (2004), «Inter» (2010)

Yupp Xaynkes (Germaniya) - «Real» (1998), «Bavariya» (2013)

 

Bir necha klub boshqaruvida Yevropa CHK/CHL G‘olibiga aylangan murabbiylar

Karlo Anchelotti - «Milan» (2003, 2007), «Real» (2014, 2022)

Xosep Gvardiola - «Barselona» (2009, 2011), «Manchester Siti» (2023)

Ernst Xappel - «Feyenoord» (1970), «Gamburg» (1983)

Yupp Xaynkes - «Real» (1998) , «Bavariya» (2013)

Joze Mourinyo  - «Portu» (2004), «Inter» (2010)

 

Yevropa CHK/CHLda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida G‘olib chiQQanlar

Karlo Anchelotti

Futbolchi sifatida - «Milan» (1989, 1990)

Murabbiy sifatida - «Milan» (2003, 2007), «Real» (2014, 2022)

Migel Munyos

Futbolchi sifatida - «Real» (1956, 1957, 1958)

Murabbiy sifatida - «Real» (1960, 1966)

Yoxan Kroyff 

Futbolchi sifatida - «Ayaks» (1971, 1972, 1973)

Murabbiy sifatida - «Barselona» (1992)

Frank Raykaard

Futbolchi sifatida - «Ayaks» (1995), «Milan» (1989, 1990)

Murabbiy sifatida - «Barselona» (2006)

Zayniddin Zidan

Futbolchi sifatida - «Real» (2002)

Murabbiy sifatida - «Real» (2016, 2017, 2018)

Xosep Gvardiola

Futbolchi sifatida - «Barselona» (1992)

Murabbiy sifatida - «Barselona» (2009, 2011), «Manchester Siti» (2023)

Jovanni Trapattoni

Futbolchi sifatida - «Milan» (1963, 1969)

Murabbiy sifatida - «Yuventus» (1985)

 

Yevropa CHK/CHLda G‘olib chiQQan rekordchi murabbiylar

Ketma-ket g‘alaba - Zayniddin Zidan (3 marta)

Eng yoshi katta chempion - Raymon Getals (71 yosh)

Eng yosh chempion - Xose Vilyalonga (36 yosh)

Ikki chempionlik orasida eng katta tanaffus - Yupp Xaynkes (15 yil)

 

Chempion murabbiylar mamlakatlar kesimi bo‘yicha

Italiya - 7 nafar murabbiy, 12ta chempionlik

Germaniya - 7 nafar murabbiy, 10ta chempionlik

Ispaniya - 6 nafar murabbiy, 10ta chempionlik

Angliya - 4 nafar murabbiy, 7ta chempionlik

Niderlandiya - 5 nafar murabbiy, 5ta chempionlik

Argentina - 2 nafar murabbiy, 4ta chempionlik

Shotlandiya - 3 nafar murabbiy, 4ta chempionlik

Fransiya - 1 nafar murabbiy, 3ta chempionlik

Portugaliya - 2 nafar murabbiy, 3ta chempionlik

Ruminiya - 2 nafar murabbiy, 3ta chempionlik

Avstriya - 1 nafar murabbiy, 2ta chempionlik

Vengriya - 1 murabbiy, 2ta chempionlik

Belgiya - 1 nafar murabbiy, 1ta chempionlik

Yugoslaviya  - 1 nafar murabbiy, 1ta chempionlik

Manba: uefa.com, A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:27, 30.06.2023. O'qildi: 1716 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.