Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«PSJ»ning yangi mavsumdagi tarkibi qanday ko‘rinish olishi mumkin?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«PSJ» jiddiy o‘zgarmoqda. Lionel Messi Parijdagi ikki og‘ir yillik shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilib, allaqachon klubni tark etgan. Ko‘rinishidan, Kilian Mbappe yangi mavsumda ham parijliklar safida o‘ynamaydi. Agar u yozda ketmasa, zaxiraga mixlanadi. Xo‘sh, yangi mavsumda «PSJ»ning asosiy tarkibi qanday bo‘ladi? 

«PSJ»ning asosiy tarkibi 4-3-3 bo‘ladi. Bu odatda yozda jamoani boshqargan Luis Enrike tomonidan qo‘llaniladigan sxema. O‘yinchilarning hozirgi tanlovi ispaniyalikka aynan shu tizimdan tayanch sifatida foydalanish imkonini beradi.

Janluiji Donnarumma katta ehtimol bilan «PSJ»ning asosiy darvozaboni bo‘lib qoladi. O‘tgan mavsumda italiyalik ba’zida xatolarga yo‘l qo‘ydi, lekin Luis Enrike birinchi raqamli kiperda nimanidir o‘zgartirishi dargumon, axir Donnarumma yuqori saviyali futbolchi. Keylor Navas «Nottingem Forest»da ijarada o‘ynaganidan so‘ng jamoaga qaytdi, ammo kosta-rikalik futbolchi Parijda qolishi dargumon.

O‘ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiyning joyi kafolatlangan. Marokashlikning agenti yaqinda futbolchi o‘z klubini o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini aytdi, garchi mish-mishlar uni «Real» va «Manchester Siti» bilan bog‘lagan bo‘lsa ham. Hakimiy dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilaridan biri bo‘lib qolmoqda va u hujumda jamoaga katta yordam beradi. Enrikening himoyaning chap qismidagi birinchi tanlovi Nuno Mendes bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, uning asosiy pozisiyasi himoyaning markazi bo‘lsada, chap qanotda ish qila oladigan Lyuka Ernandesni unutmaslik kerak. Ko‘ramiz, «PSJ» bosh murabbiyi fransiyalik futbolchidan qanday foydalanar ekan?

Agar himoya markazi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda «PSJ»da birdaniga uchta yuqori toifali o‘yinchi bor. Bular biz yuqorida aytib o‘tgan Lyuka Ernandes, Milan Shkrinyar va Markinyos. Aynan markaziy himoyachilarning asosiy to‘dasi nima bo‘ladi, buni aytish qiyin. Markinyos Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo ular so‘nggi kunlarda yo‘qolib qoldi. Umuman olganda, Parijda himoya markazida raqobat jiddiy. To‘g‘ri, aytganimizdek, Ernandesdan Luis Enrike chapda ham foydalanishi mumkin.

Bir necha hafta oldin «PSJ» yarim himoyachi Manuel Ugarte bilan shartnoma imzolagandi. Ushbu futbolchi uchun Liga 1 grandi Lissabonning «Sporting» klubiga 60 million yevro to‘lagan. Albatta urugvaylik jamoada asosiy futbolchi bo‘ladi. Shubhasiz, aynan Luis Enrike maydon markazini mustahkamlashni ishonib topshiradi, Ugarte bundan ham yuqoriroq martabada harakat qila oladi.

Manuel Ugarte Marko Verratti bilan yarim himoyada ajoyib tandem yaratishi mumkin. To‘g‘ri, italiyalik futbolchi o‘n bir mavsumdan so‘ng yaqin haftalarda «PSJ»ni tark etishi ehtimoli bor. Mish-mishlarga ko‘ra, Verratti allaqachon «Al-Hilol» bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan, biroq Saudiya klubi parijliklar bilan transfer summasi borasida kelishmagan.

Verratti ketishi bilan Fabian Ruis, albatta, bazadan doimiy joy oladi. To‘g‘ri, Fransiya chempioni o‘rta chiziqqa yana bir futbolchini qo‘shib olishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Luis Enrike klub rahbarlariga Verratti ketgan taqdirda jamoada yangi yarim himoyachi ko‘rish istagini bildirgan. «PSJ» Bernardu Silva bilan bog‘lanishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Uorren Zair-Emeri kabi futbolchini ham unutmaslik kerak. Parij akademiyasining 17 yoshli tarbiyalanuvchisi yangi mavsumda ochilishi mumkin.

Hujumda chapda Neymar asosiy figura bo‘lishi kerak. Messining ketishi va Mbappe bilan bog‘liq tushunarsiz vaziyat fonida braziliyalik aslida jamoaning asosiy yulduzi maqomini isbotlay oladi. Asosiysi, Neymarga endi jarohatlar xalaqit bermayapti. Marko Asensio «PSJ» hujumining o‘ng qanotida harakat qiladi. Liga 1 grandi «Real Madrid» bilan shartnomasi tugaganidan ko‘p o‘tmay, yozgi transfer oynasida Asensioni erkin agent sifatida xarid qildi. Neymar kabi Asensio ham jarohatlarga moyil. Agar sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar futbolchini bezovta qilmasa, yangi mavsumda u «PSJ»ga katta foyda keltirishi mumkin. Luis Enrike bu futbolchining Ispaniya terma jamoasidagi imkoniyatlarini yaxshi biladi.

«PSJ»ning asosiy muammosi - hujumning oldingi safida top-futbolchi yo‘qligi. Bu yerda parijliklar transfer bozorida ushbu pozisiyani yopish uchun harakat qilishlari muhim. Yoz davom etar ekan, mish-mishlar klubni Xarri Keyn, Viktor Osimxen, Randal Kolo-Muani, Gonsalu Ramush va Dushan Vlaxovich bilan bog‘ladi. Katta ehtimol bilan Fransiya chempionlari yaqin haftalarda shu futbolchilardan birini qo‘lga kiritishga harakat qilishsa kerak.

Kiritildi: 09:43, 01.08.2023. O'qildi: 4610 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.