Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ingliz futboli tarixidagi eng qimmat transferlar!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yozda «Manchester Siti» xorvatiyalik futbolchi Yoshko Gvardiol transferi uchun 90 million yevro to‘lagan. U futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi. Ammo bu transfer Angliya premyer-ligasi uchun umumiy pozisiyalar uchun rekord emas. Quyida Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferlarni taqdim etamiz.

1. Enso Fernandes

Qayerga: «Chelsi»
Qayerdan: «Benfika»
Qachon: 2023 yil
Narxi: 121 million yevro

Yarim himoyachi Enso Fernandes «Chelsi»ga rekord pul evaziga o‘tdi. Ushbu transfer klubga 121 million yevroga tushdi (taxminan 105 million funt). Bu Angliya futboli tarixidagi rekord xarid hisoblanadi.

2. Jek Grilish

Qayerdan: «Aston Villa»
Qayerga: «Manchester Siti»
Qachon: 2021 yil
Transfer summasi: 117,5 million yevro

Grilish 2021 yilning avgustida «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgandi. Transfer 117,5 million yevroni (100 million funt) tashkil etdi, bu nafaqat «shaharliklar», balki Britaniya futbol klublari (o‘sha paytda) uchun ham rekord ko‘rsatkich edi. Shartnoma muddati 6 yil edi.

3. Deklan Rays

Qayerdan: «Vest Xem Yunayted»
Qayerga: «Arsenal»
Qachon: 2023 yil
Transfer summasi: 116,60 million yevro

2023 yil iyul oyida «Vest Xem» yarim himoyachi Deklan Raysning «Arsenal» uchun rekord summaga tushishini e’lon qildi. U 117 million yevroni tashkil etdi, 5,8 million yevro miqdoridagi bonuslar ham taqdim etilgan.

4. Romelu Lukaku

Qayerdan: «Inter»
Qayerga: «Chelsi»
Qachon: 2021 yil
Transfer summasi: 113 million yevro

2021 yilda «Chelsi» deyarli «Manchester Siti»ning rekord xaridini takrorlashga muvaffaq bo‘ldi. «Aristokratlar» Romelu Lukaku transferi uchun 113 million yevro (97,5 million funt) to‘lashdi.

5. Pol Pogba

Qayerdan: «Yuventus»
Qayerga: «Manchester Yunayted»
Qachon: 2016 yil
Transfer summasi: 105 million yevro

2016 yilning avgustida «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Pol Pogba bilan besh yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Transfer 105 million yevroni (89 million funt) tashkil etdi, bu o‘sha paytda ingliz klublari orasida rekord xarid bo‘lgandi.

6. Entoni

Qayerdan: «Ayaks»
Qayerga: «Manchester Yunayted»
Qachon: 2022 yil
Transfer summasi: 95 million yevro

2022 yilning avgustida «Manchester Yunayted» Entoni transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Transfer summasi 95 million yevro (82 million funt) edi, lekin agar aniq bonuslarga erishilsa, 5 million yevroga (4,3 million funt) oshishi mumkin edi.

7. Yoshko Gvardiol

Qayerdan: «RB Leypsig»
Qayerga: «Manchester Siti»
Qachon: 2023 yil
Transfer summasi: 90 million yevro

2023 yilning 5 avgust kuni «Siti» Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi transferini e’lon qildi. Bitim 90 million yevroni tashkil qildi. Shu tariqa, Gvardiol bu ro‘yxatda Virjil van Deyk va Xarri Maguayrni ortda qoldirib, tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylandi.

8. Xarri Maguayr

Qayerdan: «Lester»
Qayerga: «Manchester Yunayted»
Qachon: 2019 yil
Transfer summasi: 87 million yevro

2019 yilning 5 avgustida ingliz futbolchisi «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylandi va klub bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan olti yillik shartnoma imzoladi. Uning transfer summasi 80 million funtni (87 million yevro) tashkil etib, uni tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylantirdi.

9. Romelu Lukaku

Qayerdan: «Everton»
Qayerga: «Manchester Yunayted»
Qachon: 2017 yil
Transfer summasi: 84,70 million yevro

2017 yilning iyulida «Manchester Yunayted» Romelu Lukakuni 84,70 million yevroga (75 million funt va yana 15 million funt bonus) evaziga transfer qilganini e’lon qildi. O‘shanda bu ingliz klublari tarixidagi rekord xarid edi.

10. Virjil van Deyk

Qayerdan: Sautgempton
Qayerga: «Liverpul»
Qachon: 2018 yil
Transfer summasi: 84,65 million yevro

2018 yilning 1 yanvarida niderlandiyalik futbolchi «Liverpul»ga o‘tdi va o‘sha paytda futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi. Kelishuv 75 million funtni tashkil etdi, shartnoma 5 yil muddatga imzolandi. Bu summaning 10 foizini «Seltik» ham olgan.

Kiritildi: 09:44, 06.08.2023. O'qildi: 2602 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.