Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qishki transfer oynasidagi asosiy yulduz – «Brentford» forvardi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Quyida top-klublar nishoniga tushgan «Brentford» forvardi Ayvan Touni haqida so‘z yuritamiz.

Yozgi transfer oynasi yopilgan. Biroq, ayrim klublarning tarkibini kuchaytirishi zarurligi haqida suhbatlar davom etmoqda. «Chelsi» yangi hujumchiga muhtojligini yashirmayapti. Balki xuddi shunday muammo «Arsenal»da ham bordir, garchi «kanonirlar» buni reklama qilishmasa ham. Sifatli hujumchilarni olish juda qiyin, ammo klublar bazi futbolchilarni sotishga tayyor. Masalan, Ayvan Touni.

«Asalarilar» Premyer-ligaga ko‘tarilgach, «Brentford» forvardi mashhur bo‘ldi. Touni 27 yoshda va juda ko‘p gol ura oladi - endi uning uchun karyerasini ko‘tarish vaqti keldi. Ayniqsa, u butun faoliyatini Angliyada o‘tkazganini, lekin hech qachon top-klubda o‘ynamaganini hisobga olsak, bu to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Futbolchi hozirda pul tikish qoidalarini buzganligi tufayli diskvalifikasiyani o‘tamoqda, ammo bu uning potensial klublarini to‘xtata olmaydi. Qolaversa, futbolchi yanvar oyi o‘rtalarida – mavsumning qizg‘in vaqtida maydonga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Touni faoliyatining ko‘p qismini Premyer-ligadan tashqarida o‘tkazdi, biroq uni doimo Angliyada ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. 2015 yilda u o‘z faoliyatini boshlagan «Nortxempton» klubidan «Nyukasl»ga ko‘chib o‘tgan va shundan beri ijarada o‘ynagan. Forvard 2018 yilda asosiy tarkibda bor-yo‘g‘i 4 ta o‘yin o‘tkazgan klubi – «qarg‘alar» lagerini tark etgandi. O‘sha paytdagi va hozirgi «Nyukasl» turli darajadagi klublar edi, shuning uchun «qarg‘alar» istiqbolli futbolchini qo‘yib yuborishi o‘sha payt uchun ajablanarli holat emas edi. To‘g‘ri, u ko‘p gol ura olmadi, uchinchi divizionda «Barnsli», «Shrusberi», «Skantrop» va «Uigan» jamoalarida o‘ynadi.

Touni o‘z vaqtini keyinchalik «Piterboro»da o‘tkazdi, u yerga 2018 yilning yozida «Nyukasl»dan doimiy ravishda ko‘chib o‘tdi. O‘shandan beri u divizionlar turidan qat’i nazar, har mavsumda kamida 10 ta gol urdi. O‘sha paytda «Piterboro» uchinchi divizionda o‘ynagan. Birinchi mavsumda forvard 16 ta, ikkinchisida 24 ta gol urdi. Shundan so‘ng hujumchi Chempionshipdagi «Brentford»ga ko‘chib o‘tdi, bir yil o‘tib «Piterboro» ham yuqori ligaga ko‘tarildi. Klub hozir yana 1-ligada o‘ynamoqda.

«Piterboro» Tounini «Nyukasl»dan 390 ming yevroga sotib olgandi. Futbolchi 5,6 million evaziga «Brentford»ga ko‘chib o‘tdi. Transfer o‘zini to‘liq oqladi. Birinchi mavsumida Touni o‘z jamoasi va butun chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Hujumchi 33 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xuddi shu mavsumdan so‘ng «Brentford» Premyer-ligaga kirdi. Futbolchi ham elit yulduzlar orasida esankirab qolmadi. Premyer-ligaga kirgan birinchi mavsumda u 12 ta gol urgan bo‘lsa, ikkinchisida 20 ta gol urdi. Futbolchining barqarorligi va jadal rivojlanishini payqash qiyin emas.

«Asalarilar»ga bu mavsumda eng yaxshi to‘purar yetishmayapti. «Brentford» ko‘p gol urmaydi va tez-tez g‘alaba qozona olmaydi. Touni nafaqat vaziyatlarni to‘laqonli amalga oshirish nuqtayi nazaridan, balki jamoaning umumiy ko‘rsatkichlarida ham muhim figura hisoblanadi. Ayvan biroz Xarri Keynga o‘xshab ketadi. U nafaqat hujumning oldingi qismida foydali, balki ort zonadan o‘ynashda ham mukammal. Touni, shuningdek, qanot yarim himoyachilari uchun joy bo‘shatib, raqiblarni o‘ziga qarata oladi. O‘tgan mavsumda u 90 daqiqada o‘rtacha 2,26 ta qoida buzgan.

Lekin birinchi navbatda Touni gol urish mahorati bilan ajralib turadi. O‘tgan mavsumda u 90 daqiqada o‘rtacha 0,61 ta gol urgan. Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida u faqat Keyn va Erling Xolanddan ortda qoldi. Ayvan bir mavsumda o‘rtacha 25 ta asosiy uzatmani amalga oshirib, hujumlarni yakunlash va rivojlantirishga yordam berdi. Touni ikkala oyog‘i bilan ham darvozaga xavfli zarba bera oladi. U havoda ham yaxshi o‘ynaydi. Bundan tashqari, Ayvan allaqachon 11 ta penaltini amalga oshirgan, ikki marta jarima zarbasidan va 3 marta boshi bilan darvozani ishg‘ol qilgan.

Hujumchilarga bo‘lgan talab yuqoriligini hisobga olsak, Touniga qiziqish uning diskvalifikasiyasi fonida ham sovib qolmaydi. «Brentford» bosh murabbiyi Tomas Frank futbolchi yanvar oyidayoq klubni tark etishi mumkinligini tasdiqladi. Hammasi takliflarga bog‘liq bo‘ladi. «Asalarilar» futbolchini 80 million funtga baholamoqda. Frankning fikricha, klublar yarim himoyachilar va himoyachilar uchun katta summalar to‘layotganini hisobga olsak, narx adolatli. Sifatli forvardlar yuqori narxda baholanishi kerak.

Mish-mishlarga ko‘ra, «Arsenal» va «Chelsi» Tounini sotib olish uchun nomzodlar ro‘yxatida bor. «Ko‘klar»dan farqli o‘laroq, «kanonirlar» jamoaga yangi hujumchi kerakligini ochiq aytishmadi, biroq ko‘plab mutaxassislar buni ta’kidlab o‘tishdi. Pol Marson aytganidek, Eddi Nketia «kanonirlar» uchun Premyer-ligani yutishda yordam bera olmaydi va Gabriel Jezus unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti. Braziliyalik futbolchiga hujumda sherik kerak, biroq ekspertlarning fikricha, «Arsenal»da hozircha munosib saviyadagi futbolchilar yo‘q.

Britaniya OAVning xabar berishicha, «kanonirlar» yangi forvardni qo‘lga kiritish uchun o‘z futbolchilarini sotishlari kerak, aks holda ular moliyaviy feyr-pley qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. «Kanonirlar» yangi kelganlar uchun juda ko‘p pul sarflashdi, shuning uchun ular sof foyda olish uchun o‘z futbolchilarining bir qismini sotishlariga to‘g‘ri keladi. Bu, masalan, oz o‘yin vaqtiga ega bo‘layotgan Emil Smit Rou yoki o‘sha Nketia bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘p narsa bozordagi vaziyatga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar «Arsenal» yangi hujumchini sotib olishga qaror qilsa, «Chelsi»dek jiddiy raqibga duch kelishi mumkin.

«Ko‘klar» Touni bilan shartnoma imzolashda muammoga duch kelmaydi. Ularga hujumchi kerak va ularda pul bor. Yana bir narsa shundaki, «Chelsi» hozir Ayvan ko‘chib o‘tishi uchun eng jozibali joy emas. Albatta, bu top-klub, ammo chempionlikka intilayotgan «Arsenal»ning reytingi hozir ancha yuqori. Touni uzoq vaqtdan beri yangi marralarga qadam qo‘yishga tayyorligini bildirgan. Asosiysi, to‘g‘ri daqiqani kutish va to‘g‘ri tanlov qilishdir.

Kiritildi: 11:29, 08.10.2023. O'qildi: 2270 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Вильярреал Alberto Moleyro 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Сельта Borxa Iglesias 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.