Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Siti»ning ispaniyalik singlisi

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Shu paytgacha Madridning ikki va Kataloniyaning bir jamoasi Ispaniya chempionatidagi yetakchi uchlik sifatida e’tirof etilardi.

Joriy mavsumning ortda qolgan sakkiz turida La Ligada juz’iy o‘zgarish kuzatilmoqda: sov­rindor trioda poytaxtning bitta, Kataloniyaning ikki klubi bormoqda. «Real»ning yuqori o‘rinda borayotgani ajablanarli emas, moliyaviy muammolarga duch kelgan «Barselona»ning izma-iz quvib borayotgani ham. Lekin «Jirona»ning dastlabki uch turdan keyingi peshqadamligi!...

Albatta, startdagi muvaffaqiyat olis mavsumdagi umumiy g‘alabaga kafolat bo‘la olmaydi. Biroq bu kamtarin jamoa har qanday vaziyatda ham e’tiborga loyiq. Gap faqat natijada emas, jamoa yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda, yangi iqtidorlarni kashf etmoqda va City Football Group bayrog‘ini ispan zaminida mag‘rur hilpiratmoqda. «Jirona» «Manchester Siti» yetakchiligidagi konglomeratga a’zo bo‘lganidan keyin futbol jamoatchiligi e’tiboriga tushdi. Pablo Machin rahbarligida jamoa ilk bor La Ligada to‘p surgan va 10-o‘rinni egallagandi. O‘shanda u sermazmun o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsada, Machinga xos pragmatizm muhim rol o‘ynadi: 3 nafar markaziy himoyachi, faol qanotlar va keskin qarshi hujumlar. 

O‘sha «Jirona»ning muhim o‘yinchilaridan Kristian Stuani, Portu va Xuanpe hozir ham tarkibdalar. Faqat avvalgidek maqomda emaslar, Xuanpe ilojsiz vaziyatlardagina himoya markazini egallaydi, Portu va Stuani esa asta-sekin zaxira o‘yinchilariga aylanishmoqda. CFG tizimiga o‘tish bilan «Jirona» o‘zini doimiy kadrlar qo‘nimsizligiga duchor qildi. To‘g‘ri, o‘yinchilarning tez-tez almashib turishi avval ham yo‘q emasdi, lekin yangi homiylar ko‘magida kataloniyaliklar yuksak saviyali o‘yinchilarga ega bo‘la boshladilar. Bunday sharoitda natijalarda pasayishlar bo‘lishi aniq. 

Machin davridagi muvaffaqiyatdan keyin «Jirona» bir necha yil Segundada to‘p surgani bejiz emas. Biroq o‘tgan mavsum arafasida cho‘qqiga qaytdi va 2 yildirki, ajo­yib o‘yini, risoladagidek natija va bozordagi faoliyati bilan muxlislarini xushnud etmoqda. Qaysi raqibga qarshi maydonga tushishidan qat’iy nazar, jamoa birinchi raqam ostida o‘ynaydi. Kataloniyaning kichik klubi yaratuvchanlikni xush ko‘radi, to‘pga ko‘proq egalik qilishga intiladi, pressing qo‘llaydi. O‘tgan mavsumdagi safar uchrashuvlarida bo‘lajak chempion - «Barselona» va YECHLning yana bir ishtirokchisi - «Real Sosyedad» bilan teng­ma-teng o‘ynadi. Keyin «Manchester Siti»ning singlisi maqomida «Real»ni 4:2 hisobida taslim etdi. O‘sha o‘yinda hujumchi Valentin Kastelyanos pokerga erishdi. O‘tgan yil yozida «Lasio» bu hujumchini 15 mln. yevroga xarid qildi. To‘g‘ri, «Jirona»dan emas, balki «Nyu-York Siti»dan (Kastelyanos «Jirona»ga ijaraga berilgandi) . Lekin AQSH klubi ham CFG a’zosi. Qisqasi, «Jirona» Dominik Toretto prinsipi asosida ish yuritdi: avval xesh, keyin darvesh. 

Joriy mavsumda jamoa 8-turgacha faqat bitta jiddiy raqib bilan kuch sinashdi - start bellashuvini safarda «Real Sosyedad» bilan o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan bo‘lsada, tanaffusdan keyin muvozanatni tikladi. Jamoaning mavsumdagi ilk golini Kastelyanos o‘rnini to‘ldirgan Artyom Dovbik amalga oshirdi. 

Keyingi 6 uchrashuvda «Jirona» umumiy 16:6 hisobidagi g‘alabalar seriyasini rasmiylashtirdi. To‘g‘ri, raqiblarning darajasiga ham e’tibor berish lozim: «Las-Palmas» va «Granada» Segundadan chiqqan debyutantlar, «Xetafe» va «Malyorka» elitada arang ilinib qolgandi, hozirgi «Vilyarreal» top-jamoa emas, «Sevilya esa yana mavsumni omadsiz boshladi. Lekin «Jirona» ham grand emasligini unutmaylik. Ya’ni, Anxel Mishel shogirdlariga munosib baho bermaslik adolatsizlik bo‘ladi. 

Mavsum startida muvaffaqiyat taqdirini qanot o‘yinchilari hal qilishmoqda. O‘ngda Viktor Sigankov, chapda - braziliyalik Savio. Viktor «Jirona»ga yanvar oyida kelib, nimalarga qodir ekanligini o‘tgan mavsumda namoyish etgandi. Savio esa debyutanat, ikki oy avval jamoa safidan joy oldi. 2022 yilning yozida 18 yoshli futbolchini «Trua» 6,5 mln. yevroga xarid qilgandi. Liga1ning o‘rtamiyona jamoasi shuncha pulni qayerdan oldi? Bu ham «CFG»ning bir qismi. Ha, ular hamma joyda hoziru-nozirlar! 

Savio o‘tgan mavsumni umuman, notanish PSVda ijara asosida o‘tkazib, deyarli maydonga tushmadi. Endi u Ispaniyada, qaysidir ma’noda, o‘z chempionatida. Savio bo‘shliqda o‘ta samarali harakatlanadi, chapaqay bo‘lgani uchun asosan o‘z qanotida to‘p suradi. Lekin vaziyatdan kelib chiqqan holda markazda ham imkoniyatdan unumli foydalana oladi. «Granada»ga qarshi start bellashuvida u La Ligadagi dastlabki golini aynan markaziy hududdan amalga oshirdi. 

Qo‘shimchasiga, «Jirona» o‘ta faol qanot himoyachilariga ega. Chap qanotda Savioga «Real» tarbiyalanuvchisi Migel Gutyerres, o‘ng qanotda esa Sigankovga «Barselona» vakili Arnau Martineslar yordam beradilar. Endi yangi markaziy himoyachilar ham jamoaning hujumkor kombinasiyalarida faol ishtirok etishmoqda. Masalan, Deyli Blind - Erik Garsiya juftligi   o‘z debyutini «Granada»ga qarshi bahsda nishonladi. O‘yinda ular ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yishgan bo‘lsada, to‘p bilan muomalada ajoyib to‘p surishdi. Ayniqsa, Blind. 

Qanot o‘yinchilari yoki Dovbik ishonchli to‘p sura olmasa, tajribali Portu va Stuani yordamga tayyor. Portu «Las-Palmas» ustidan g‘alabani ta’minladi, Stuani esa «Xetafe» darvozasini 2 marta ishg‘ol etdi. Shuningdek, «Barselona»dan ijaraga olingan nav­qiron Pablo Torre ham kerakli pallada ko‘makka shay. Bundan tashqari, jamoa 6 mln. yevro evaziga kolumbiyalik 18 yoshli Jon Solisni xarid qildi. Umuman, «Jirona» tez orada yangi yulduzchalarni namoyish etishi mumkin. 

O‘tgan mavsumda «Jirona» yevrokuboklar hududiga juda yaqin kelgandi. Biroq oxirgi turda bu imkoniyatni boy berdi. Joriy mavsum xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, 7 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya 8-turda nihoyasiga yetdi - safarda «Jirona»ni yirik (3:0) hisobda mahv etish orqali «Real» avvalgi mavsumdagi mag‘lubiyat (2:4) alamini oldi. Lekin nima bo‘lganda ham, kamtarin jamoa hozircha yetakchi uchlikda.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 12.10.2023. O'qildi: 2306 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик