Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • 2:1
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • 2:2
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • 0:0
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      •   Mash’al
      • 0:0
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      •   OKMK
      • 1:1
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 33 65
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 33 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 33 43
9 Osasuna 33 42
10 Atletik Bilbao 33 41
11 Rayo Valyekano 33 39
12 Valensiya 33 39
13 Elche 33 38
14 Espanyol 32 38
15 Jirona 33 38
16 Alaves 33 36
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 33 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 33 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qimmatbaho afsonalar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevropaning nomdor klublari yuqori reytingga ega bo‘lgan futbolchilarni xarid qilish uchun banklarni ship-shiydam qilishga ham tayyorlar.

Masalan, «PSJ»  2017 yilda Neymarni o‘z tarkibiga jalb etish uchun jahon rekordiga teng mablag‘ sarfladi. Quyidagi material o‘z faoliyati davomida eng ko‘p mablag‘li kelishuvlarga sababchi bo‘lgan futbolchilar o‘nligiga bag‘ishlangan.

10. Zlatan Ibragimovich - 169,1 mln. yevro

«Ayaks», «Yuventus», «Barselona», «Milan», «Inter», «PSJ», «MYU»... Ibraning yetakchi o‘nlikdan joy olishi bejiz emas. Shvesiyalik afsona nafaqat top-klublar, balki milliy terma jamoada ham doimo yorqin o‘yin ko‘rsatgan va transfer bozorida serxaridor futbolchilar safidan joy olgan.

9. Anxel Di Mariya - 179 mln. yevro

2007 yilda 8 mln. yevro evaziga «Rosario Sentraldan «Benfika»ga o‘tgan Di Mariya ham noyob iqtidorini namo­yish etib, 2010 yilda «Real»­ni 33 mln. yevro sarflashga majbur etgandi. 4 yildan keyin u bilan tarkibni kuchaytirishga ahd qilgan «MYU» transfer bobida Britaniya rekordini o‘rnatdi. Argentina mundialining g‘olibi «PSJ» va «Yuventus»dagi faoliyatdan keyin, shu yilning yozida «Benfika»ga qaytdi.

7-8. Kilian Mbappe - 180 mln. yevro

Noyob iqtidor sohibi dastlabki transferning qiymati bilan reytingda yetakchi kvartetdan joy oldi. 2016|17 yillar mavsumida «PSJ»ga ijaraga berilgan «Monako» hujumchisi hozirga qadar 260ta bellashuvda 212ta gol urish bilan o‘ziga sarflangan xarajatni to‘la oqladi.

7-8. Antuan Grizmann - 180 mln. yevro

2014 yilda 30 mln. yevro evaziga «Real Sosyedad»ni «Atletiko»ga almashtirgan fransiyalik futbolchi Diyego Simeone rahbarligida eng sermahsul (257 o‘yin, 133 gol) hujumchilardan biriga aylandi. 2019 yilda «Barsa» uni 120 mln. yevroga xarid qildi. Lekin keyinchalik moliyaviy muammolar tufayli 2021 yil avgustida 20 mln. yevroga «Atletiko»ga sotib yubordi.

6. Filippe Koutinyo - 180,3 mln. yevro

Milanning «Inter»idan atigi 13 mln.ga xarid qilingan braziliyalik futbolchini «Liverpul» 5 yildan keyin 122 mln.ga «Barselona»ga pullagandi. Biroq terma jamoa a’zosi «Kamp-Nou»da ishonchni oqlay olmadi va ijara asosida «Bavariya»ga o‘tib ketdi. 2019|20 yillar mavsumida u myunxenliklar safida «Barsa»ga 2ta gol urgach, klub hamkorlikni to‘xtatdi. Shundan keyin Koutinyo «Aston Villa»ga yo‘l oldi. Lekin Unai Emeri unga yetarli ishonch bildirmadi. Natijada braziliyalik pleymeyker sentyabr boshida Qatar poytaxti Doxaga ko‘chib o‘tdi - «Al-Duxayl» klubi bilan bir yillik ijara shart­nomasi tuzdi.

5. Alvaro Morata - 189 mln. yevro

Eng buyuk ko‘chmanchilardan biri maqomini olgan Morata nomdor grandlar tarkibida o‘z omadini sinab ko‘rdi. «Real» akademiyasida tahsil olgan hujumchini 2014 yilda «Yuventus» 20 «limon»ga xarid qilgandi. Oradan 2 yil o‘tgach, madridliklar uni kelishuv bandiga asosan qaytarib olishdi. Keyin Alvaro «Chelsi»da omadsizlik azobini totib ko‘rdi va 2020 yilda «Atletiko» uni 35 mln. evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. 2020|21 yillar mavsumini ijara asosida «Yuventus»da o‘tkazgan 30 yoshli hujumchi o‘tgan yil iyuniga qadar Turin klubida bo‘lib, keyin Ispaniyaga qaytdi.

4. Usmon Dembele - 220 mln. yevro

Yosh iqtidorlarni sinchkovlik bilan kuzatib yuradigan «Borussiya Dortmund» 2016 yilda Dembeleni «Renn»dan 13 mln. funtga sotib olgandi. Bir yildan keyin u bilan Neymar o‘rnini to‘ldirishga qaror qilgan «Barselona» 135,5 mln. funtdan voz kechdi. So‘nggi yillarda Usmon jarohatlar girdobida qolgan bo‘lsada, tez orada salomatligini tiklab oldi va yozda «PSJ»ga o‘tish evaziga 50 mln. yevro daromad keltirdi.

3. Krishtianu Ronaldu - 247 mln. yevro

Lissabonning «Sporting»idan 19 mln. yevro evaziga «MYU»ga o‘tgan Ronaldu dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilar safiga ko‘tarildi. Keyin «Real» uni Ispaniyaga taklif etdi. Vinger esa barcha turnirlardagi 438 uchrashuvda 450ta gol urish bilan 94 mln. yevro behuda ketmaganligini isbotladi. Keyin Ronaldu La Liganing 2 karra chempioni va YECHL­ning 4 karra g‘olibi sifatida 2018 yilda «Yuventus»ga yo‘l oldi va «Blankos»ga 117 mln. daromad keltirdi. Ke­yin u 17 mln. yevro bahosida yana «MYU»ga, o‘tgan yil dekabrida esa Saudiyaga ravona bo‘ldi.

2. Neymar - 310 mln. yevro

«Santos»dagi faoliyatidan keyin Neymar 2013 yilda 88 mln. yevroli kelishuvga asosan «Barselona» a’zosiga aylandi va qisqa vaqt ichida Lionel Messi hamda Luis Suares bilan o‘ta sermahsul uchlikni tashkil etdi. 2017 yil yozida hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan «PSJ»ni 220 millionli baho ham to‘xtata olmadi. Jahon rekordi maqomidagi xarid butun Yevropani shok holatiga tushirdi, «Barsa»ni esa qarz­ga botirdi. Joriy mavsumda «Al-Hilol» sharafini himoya qilayotgan hujumchi uchun Saudiya klubi 90 mln. yevro taklif etgandi.

1. Romelu Lukaku - 339,2 mln. yevro

2011 yilda «Anderlext»dan 15 mln. yevroga «Chelsi»ga o‘tgan hujumchi 2014 yilda «ko‘klar»ga 20 mln. foyda keltirgan holda «Everton» safidan o‘rin oldi. 2017 yilda esa 84,7 mln. yevro evaziga «MYU» Romeluni o‘z safiga qo‘shib oldi va bir yildan keyin «Inter»­ga 74 millionga sotib yubordi. 30 yoshli hujumchi milanliklar safida 95ta o‘yinda 64ta gol urib, unga tosh otayotgan tanqidchilar og‘zini yumdi. Shundan keyin «Chelsi» uni «Stemford Brij»ga qaytarish uchun 113 mln. sarfladi. Lekin Belgiya terma jamoasining hujumchisi avvalgi sermahsul o‘yinni ko‘rsata olmadi. Hozirda «Roma» safida ijara asosida o‘ynamoqda.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:29, 28.10.2023. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
7 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Барселона Robert Levandovski 12
10 Алавес Lukas Boye 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик