Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Turkmaniston – O‘zbekiston (prevyu)

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2026 yilgi jahon chempionatiga saralash guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida Turkmaniston va O‘zbekiston terma jamoalari to‘qnash kelishadi.

16-oktyabr kuni «Dalyan» stadionida o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston Xitoyni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Srechko Katanes shogirdlari Otabek Shukurov va Jamshid Iskanderovning zarbalari tufayli ustunlikka erishdi. Biroq ungacha birinchi bo‘limning so‘ngida Shixao Vey mezbonlarni oldinga olib chiqqan edi.

Bu «oq bo‘rilar»ning ketma-ket ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi va ular barcha musobaqalar bo‘yicha so‘nggi 12 uchrashuvning ikkitasidan tashqari barchasida mag‘lubiyatga uchramagan.

Raqib bilan oldingi beshta o‘yin umumiy hisobda 13:1 hisobida yakunlangan. Turkmaniston 12 sentyabr kuni «Polisiya ofiserlari klubi» stadionida Bahrayn bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi va mag‘lubiyatga uchramay katta iroda ko‘rsatdi.

Mergen Orazov shogirdlari 13-daqiqada Muhammad Marxunning zarbasini o‘tkazib yuborishdi, ammo Temur Choriyev orqali yarim soatlik muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

«Qoraqum» jangchilari ketma-ket to‘rtinchi marta mag‘lubiyatga uchrash xavfidan qutulib qoldi, 2022 yilning iyunidan beri jamoa yettita uchrashuvda g‘alaba qozona olmayapti.

Turkmaniston terma jamoasi

O‘tgan yozda Turkmaniston terma jamoasi Markaziy Osiyo assosiasiyasi (CAFA) chempionatida ishtirok etib, guruh bosqichi to‘sig‘idan o‘ta olgandi. Sentyabr oyida jamoa ikkita o‘rtoqlik o‘yinida qatnashib, muvaffaqiyatga erisha olmadi, Bahrayn terma jamoasi bilan durang o‘ynadi (1:1) va Indoneziya terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi

O‘zbekiston terma jamoasi ham Markaziy Osiyo assosiasiyasi chempionatida ishtirok etdi. Jamoamiz finalda Eron terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Oktyabr oyida jamoa ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, ularda Vyetnam (2:0) va Xitoy (2:1) terma jamoalari ustidan g‘alaba qozondi.

Statistika va raqamlar

Albatta, O‘zbekiston terma jamoasi o‘yin favoriti hisoblanadi;

Turkmaniston terma jamoasi yetti o‘yinda g‘alaba qozona olmadi, ikki bor durang o‘ynadi;

O‘zbekiston terma jamoasi uch o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi, so‘nggi ikkitasida g‘alaba qozondi;

Jamoalar bu yil CAFA turnirida to‘qnash kelishdi: O‘zbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi;

O‘zaro beshta o‘yinning barchasida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan;

O‘zaro o‘yinlar

Turkmaniston – O‘zbekiston (0:2) CAFA, 2023.

Turkmaniston – O‘zbekiston (0:4) Osiyo kubogi guruh bosqichi, 2019.

Turkmaniston – O‘zbekiston (0:1) Osiyo kubogi guruh bosqichi, 2004.

Turkmaniston – O‘zbekiston (2:5) Jahon chempionati saralash 2001.

O‘zbekiston – Turkmaniston (1:0) Jahon chempionati saralash 2001.

O‘ylaymanki, mehmonlar bo‘lajak o‘yinda muvaffaqiyatga erishishlari va to‘qnashuvlardagi o‘zaro seriyani uzaytirishlari kerak, chunki ular raqibdan saviya jihatidan ustunroq, ayniqsa, jamoamiz tarkibida Yevropa chempionatlarida to‘p tepadigan bir nechta futbolchilar bor. 

Yangiliklar

Termamiz yetakchisi Jamshid Iskanderov shu kunga qadar klub miqyosida to‘rtta gol urib, 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eldor Shomurodov iyun oyidan buyon klub va mamlakat miqyosida gol ura olmayotganiga qaramay, mehmonlar safida yetakchilik qilishi kutilmoqda.

Yigirma ikki yoshli Temur Choriyev Turkmaniston terma jamoasi safida debyut golini urgandan so‘ng, payshanba kungi o‘yinda ham o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.

56ta o‘yinda 14ta gol urgan hujumchi Arslonmirat Amanov bu o‘yinda mezbonlar uchun hal qiluvchi rol o‘ynashi kerak. U Superligamizda o‘zi anchadan beri tanib yurgan futbolchilarga qarshi qanday o‘yin o‘tkazishini kuzatish ham albatta, qiziq. 

Kiritildi: 22:42, 15.11.2023. O'qildi: 3788 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик