Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Baxtiyor Hamidullayev: "Xebayda to‘purar bo‘lish uchun imkoniyat ko‘proq"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliganing joriy yilgi mavsumi yakunlanishiga yana ikkita tur qoldi. Muxlislarni doimgidek to‘purarlik poygasidagi kurash ham juda qiziqtirayotgani bor gap.

Ayni paytda “Andijon” hujumchisi Rubin Xebay bilan “Paxtakor” sardori Dragan Cheran 12 ta gol bilan peshqadamlik qilib turishibdi. Ulardan keyin 10 ta gol bilan “Surxon” hujumchisi Silvanus Nimeli bor. Ko‘rinib turibdiki, to‘purarlar orasidagi kurash ham juda qiziqarli tus olgan. Oxirgi o‘yinlar ushbu hujumchilar uchun ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

“Andijon” jamoasida o‘z vaqtida to‘purar hujumchi sifatida Baxtiyor Hamidullayev porlab chiqqanini barcha yaxshi eslaydi. “Batigol” nomi bilan mashhur bo‘lgan sobiq futbolchi O‘zbekiston chempionati tarixida 200 ga yaqin gollar muallifiga aylangan. Ikki marta “Andijon” safida O‘zbekistonning eng yaxshi to‘purariga aylangan.

Hamidullayevning dastlabki to‘purarligi 1999 yilda yuz bergan bo‘lib, o‘shanda 24 ta gol bilan Umid Isoqov ikkisi O‘zbekiston chempionati to‘purariga aylangan. 2002 yilda esa Baxtiyor bir o‘zi eng yaxshi to‘purar maqomiga erishgan. O‘shanda u raqiblar darvozasiga 22 ta gol urgan. Bundan tashqari, Hamidullayev 2000 yilgi mavsumda 33, 2001 yilda esa 25 ta gol urgan.

Aytmoqchimizki, “Andijon” klubi tarixida Hamidullayev ikki marta eng yaxshi to‘purar maqomiga erishgan. Oxirgisi 2002 yilda kuzatilgan. Oradan 21 yil o‘tib, yana “Andijon” klubi futbolchisi O‘zbekiston chempionati to‘purari bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Tabiiyki, bu holat “Andijon” jamoasining afsonalaridan biri hisoblangan Baxtiyor Hamidullayevni ham bee’tibor qoldirayotgani yo‘q. Shu sababli “Batigol” Rubin Xebay haqida va uning to‘purar bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Rubin Xebay to‘g‘risida nima deyish mumkin? Bu yil “Andijon” jamoasiga qo‘shilganidan keyin to‘purarlar orasida yetakchilardan bo‘lib kelayotgani andijonlik muxlislarda ishonch va futbolga bo‘lgan mehr-muhabbatni boshqatdan uyg‘otgandek bo‘ldi. Ishqibozlar jamoaga yanada ko‘proq ishonishni boshladi. Oxirgi yillarda “Andijon” asosan Superligada qolish uchun o‘ynardi. Lekin bu yilgi ishtiroki oldingilariga nisbatan ancha yaxshi bo‘lyapti. Muxlislarning jamoaga nisbatan ishonchi ortishiga ham Xebayning hissasi katta deb o‘ylayman. Ushbu hujumchi o‘zining o‘yini va gollari bilan o‘sha muxlislarga ishonchni qaytardi.

Hozir Rubin Xebay Dragan Cheran bilan raqobat hosil qilib to‘purarlik uchun kurashyapti. Ulardan keyin Silvanus Nimeli turibdi. Menimcha, Xebayda imkoniyat ko‘proq. Negaki, “Andijon” jamoasining ikkita o‘yini ham autsayderlar bilan o‘tadi. O‘sha uchrashuvlarda gollar sonini oshirib olsa bo‘ladi. To‘purar bo‘lish uchun imkoniyat Cheran yoki Nimelidan ko‘ra Xebayda ko‘proq, deb o‘ylayman.

Rubinning sovuqqonligi yoqyapti. Jamoadoshlari jarima maydoni atrofida ko‘proq unga o‘ynashi ham manzur bo‘lyapti. Xebay o‘z imkoniyatidan yaxshi foydalanyapti.

Adashmasam, mavsum boshlarida u bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgandi. Nazarimda, o‘sha paytlarda ko‘pchilikda Xebayga nisbatan to‘purarlik uchun da’vogarlardan biri bo‘ladi, degan fikr bo‘lmagan bo‘lsa kerak.

Albatta, u bilan ayrim jabhalarda farqimiz bo‘lsa kerak. Nimagaki, Xebay orqaroqdan to‘pni egallab hujumga o‘tishga harakat qilyapti. Chap va o‘ng qanotdan hujumlar uyushtirilganida ham jarima maydoni atrofida hozir bo‘lib, qaytgan to‘pni gol bilan yakunlashga harakat qilyapti. Men bunaqa paytlarda ko‘pincha darvozani yaqinida bo‘lardim”, - deydi Hamidullayev.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 09:35, 19.11.2023. O'qildi: 1700 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.