Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kelajagi mavhum grandlar

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joriy mavsum starti o‘ta qiziqarli o‘tdi.

Deyarli barcha chempionatlarda jamoalarning turnir jadvalida o‘ta zich joylashganligi keyingi turlarning yanada keskin va murosasiz o‘tishiga umid uyg‘otadi. Shuningdek, «Jirona» va «Bayer» kabi yoqimli syurprizlar ham yo‘q emas. Biroq ulardan nomdorroq jamoalar ichida mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlaganlar ham bor. Hikoyamiz ana shu omadsizlar haqida.

«AYAKS»

Niderlandiyaning eng nomdor va sovrindor klubi hozir joriy mavsum omadsizlari orasida yetakchilik qilmoqda. Ortda qolgan 12 tur davomida jamoa oxirgi o‘ringa tushib chiqishga ham ulgurdi. YEL turnirida esa dastlabki 4 uchrashuvda 2ta durang va 2ta mag‘lubiyatni qayd etib, o‘z guruhida so‘nggi pog‘onada bormoqda. Klub muntazam ravishda murabbiylar va sport direktorlarini almashtirib tursada, bundan samara bo‘lmayapti. Hozir «Ayaks» 11 uchrashuvda 12 ochko jamg‘argan holda 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Qo‘shimchasiga, «AZ»ga qarshi kechiktirilgan o‘yini ham bor. Agar shu bahsni o‘z foydasiga hal qila olsa, 7-o‘ringa chiqib olishi mumkin.

«LION»

Mavsumning eng kutilmagan voqeligi. Doi­mo sovrindorlar safida yurishga odatlangan «Lion» so‘nggi paytlarda barqarorlikni boy bergan bo‘lsa, endi nochor holatga tushib qoldi. Jamoa hozir atigi 7 ochko bilan so‘ng­gi pog‘onada bormoqda, o‘zining dastlabki g‘alabasiga safarda «Renn» darvozasiga yo‘llagan yagona aniq zarbasi evaziga erishdi. Klub sohibi esa ancha xotirjam, jamoa ikkinchi divizionga tushib ketmasligini ta’kidlamoqda. Balki safarda qo‘lga kiritilgan g‘alaba ijobiy o‘zgarishning boshlanishidir. Lekin nima bo‘lganda ham, jamoa o‘ta og‘ir vaziyatda.

«UNION»

Poytaxt jamoasi hozir nemis futbolidagi eng shov-shuvli sensasiyani qayd etmoqda. «Union» yil sayin tobora barqaror o‘yin ko‘rsatib, 7, 5, va 4-pog‘onalarni band etgan va yakunda YECHL turniriga yo‘llanma olgandi. Ana shu tarixiy yuksalish evaziga jamoa taniqli o‘yinchilar bilan muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lib, Robin Gosens va Leonardo Bonuchchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Biroq joriy mavsumda jamoa barcha musobaqalarda muvaffaqiyatsiz to‘p surmoqda. Jamoa ichki chempionatda ham, YECHL guruh bosqichida ham oxirgi o‘rinda bormoqda. Shuningdek, Germaniya Kubogi turnirini ham barvaqt tark etdi. Aftidan, «xalq jamoasi»ning mo‘’jizasi poyoniga yetgan ko‘rinadi. Lekin mavsumning asosiy qismi hali oldinda, vaziyatni o‘nglash mumkin. Yoki «Gerta»dan ayrilgan Bundesliga endi butunlay poytaxt vakillarisiz qoladimi?

«SELTA»

Biron-bir muxlis bu jamoadan o‘ta yorqin parvozni kutmagan bo‘lishi mumkin. Lekin jamoa ne-ne umidlar bilan taklif etilgan Rafael Benitesdek malakali murabbiy rahbarligida autsayderlar guruhida yurishi ham hech kim hatto xayoliga keltirmagandi. To‘g‘ri, hozircha «keltlar»ni oldinda mash’um intiho kutmoqda, deya olmaymiz. Biroq jamoa mag‘lubiyatlar seriyasiga chek qo‘ya olmayapti, 13ta o‘yinda atigi 7 ochkoga ega bo‘ldi. Jamoa o‘z tarbiyalanuvchisi Gabriel Veygani saudiyaliklarga 40 mln. yevroga pullagan bo‘lsada, mablag‘dan unumli foydalana olmadi. Vaholanki, Rafa «Selta»da ishlash uchun ko‘plab takliflardan voz kechgandi.

«SAMPDORIYA»

Bu jamoa avvalgi mavsumda «A» seriyasida so‘nggi o‘rinni egallab, «V» seriyasiga tushib ketgandi. Uni elitaga qaytarish uchun rahbariyat Andrea Pirloni taklif etdi. Muammoli jamoani boshqarish tajribasi oz bo‘lgan murabbiyga ishonch bildirilgani noo‘rin qaror ekanligi natijalarda o‘z aksini topdi. Hozir 11 uchrashuvda 7 ochko to‘plagan jamoa quyi divizionda ham 18-o‘rinda bormoqda. Klub yangi sohib izmiga o‘tdi, murabbiyni almashtirdi, lekin o‘zgarish kuzatilmadi. «Sampdoriya» chuqur inqiroz holatida.

«BORDO»

O‘tgan mavsumni 3-pog‘onada yakunlagan «Bordo» Liga 2dagi o‘rnini saqlab qolish o‘rniga moliyaviy muammolar tufayli Liga 3ga tushib ketishga yaqinlashib qolgandi. Hozir jamoa 15-o‘rinda bormoqda, lekin autsayderlar guruhidan atigi 2 ochkoga oldinda. Klub maydon tashqarisidagi muammolarini hanuzgacha bartaraf eta olmayapti, o‘yindagi natijalari ham talab darajasida emas. Chunki muhim o‘yinchilaridan judo bo‘lgani elitaga qaytish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

«SHALKE»

2020|21 yillar mavsumida «Shalke» ilk bora Bundesligada so‘nggi o‘rinni egallab, ikkinchi ligaga tushib ketgandi. Keyingi mavsumda elitaga qaytgach, muammolar ortda qolgandek edi. Biroq o‘tgan mavsumni yana autsayder maqomida yakunladi. Ayni pallada jamoa elita yo‘llanmasi uchun to‘qnash uchrashuvida kuch sinashish imkoniyatini  beradigan 16-pog‘onani egallab turibdi. Qisqasi, boy tarixga ega bo‘lgan klubning hozirgi holatiga havas qilib bo‘lmaydi.

«BAZEL»

«Lion» va «Ayaks» kabi shov-shuvli sensasiyalarning navbatdagi sababchisi. Shveysariyaning eng baquvvat va sovrindor jamoalaridan biri joriy mavsumni o‘ta omadsiz o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda KL turnirida yarim finalgacha yetib borgan jamoa ichki chempionatning dastlabki 11 uchrashuvida bor-yo‘g‘i 5 ochko bilan elitaning eng noshud jamoasi bo‘lib turibdi. Dahshatli pasayish. Oktyabr oyidagi 4ta o‘yinni jamoa umumiy 0:10 hisobida raqiblariga boy berdi, birorta ham gol ura olmadi, chempionlik zav­qini esa allaqachon unutishga ulgurdi. Endi «Bazel» shonli tarixiga dog‘ tushirishga yaqin turibdi.

 MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:15, 29.11.2023. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик