Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mavsum-2023 yakunlari: «Navbahor»ning Cuperligadagi barcha o‘yinlari natijalari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda mavsumlar oralig‘idagi tanaffus payti yuzaga keldi.

Shu bois, an’anaga muvofiq, siz aziz muxlislarni “Navbahor”ning mavsum-2023ga  oid statistik raqamlari bilan tanishtirishni lozim deb topdik.

Superliganing ortda qolgan mavsumida “Navbahor” 26 ta o‘yinda 14 ta g‘alaba,  5 ta durang va 7 ta mag‘lubiyatni qayd etdi.

Raqiblar darvozasiga 44 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazib yubordi va bu Superligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

“Navbahor” mavsum – 2023 da jami 47 ochko to‘plab, o‘z tarixida 10-marta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Navbahor Qizilqum o‘yini rasmlari 1 2023 yilgi   Ta’kidlash joizki, “Navbahor” yakunlangan mavsumda o‘z darvozasidan eng kam to‘p o‘tkazib yuborgan va eng yaxshi himoyaga ega  3 ta jamoadan (“Nasaf”, 16 va “Neftchi”, 18 bilan birgalikda) biri bo‘ldi.

O‘z o‘rnida Samvel Babayan shogirdlarining o‘tkazilgan 26 ta o‘yindan 13 tasida, ya’ni, teng yarmida  o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishmaganini ham aytish lozim.

Albatta, bunday ijobiy natijani qayd etishda “Navbahor”ning tajribali darvozaboni hamda sardori O‘tkir Yusupov bilan birga himoyachilarning ham munosib hissalari bor.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, “Navbahor” yakunlangan mavsumda o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan 13 ta bellashuvdan 9 tasida g‘alaba qozonib, 2 ta o‘yinda durangga erishib, 2 ta bahsda chempion hamda vise-chempionga imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, “lochinlar” 26 ta o‘yindan 7 tasida yirik hisobda g‘alaba qozonishgani,  ulardan 6 tasida esa darvozalari daxlsizligini saqlab qolishganini ham aytish lozim.   

Vakillarimiz  26 ta bahsda raqiblar darvozasiga 44 ta gol urishdi. Bu esa har bir o‘yinga 1,69 tadan gol to‘g‘ri keladi, degani.

Quyida “Navbahor”ning Soca Cola Superliga – 2023 dagi barcha uchrashuvlari natijalari va o‘sha o‘yinlardagi gollar mualliflari e’tiboringizga havola etilmoqda.

Superliga. 1-tur. 4 mart (shanba)  
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0 (1:0)
Gollar: Jamshid Boltaboyev (19), Igor Golban (73), Shohruz Norxonov (75).

Superliga. 2-tur. 11 mart (shanba)
“Navbahor” – “Metallurg” – 3:0 (2:0)
Gollar: Jamshid Boltaboyev (38), Jasurbek Yaxshiboyev (42), Jamshid Iskanderov (90+2).

Superliga. 3-tur. 17 mart (juma)
“Paxtakor”  - “Navbahor” – 2:1 (1:1)
Gollar: Farrux Sayfiyev (2), Dragan Cheran (68) - Temurxo‘ja Abduxoliqov (23-pen.).

Superliga. 4-tur.1 aprel (shanba)
“Navbahor” - “So‘g‘diyona” – 3:0 (2:0)  
Gollar: Milosh Milovich (13), Oston O‘runov (25), Shahboz Jo‘rabekov (51).

Superliga. 5-tur. 9 aprel (yakshanba)
OKMK – “Navbahor” – 2:1 (0:0)
Gollar: Shahboz Jo‘rabekov (64-avt.), Ruben Sanches (75) – Jamshid Iskanderov (57-pen.).

Superliga. 6-tur. 14 aprel (shanba)
“Navbahor” – “Andijon” - 1:0 (0:0)
Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (65).

Superliga. 7-tur. 23 aprel (yakshanba)
“Turon” – “Navbahor” - 0:2 (0:0)
Gollar: Yovan Jokich (47), Oston O‘runov (63).

Superliga. 8-tur.1 iyul (shanba)
“Navbahor” – “Buxoro” - 1:0 (0:0)
Gol: Milosh Milovich (81).

Superliga. 9-tur. 7 may (yakshanba)
“Nasaf” – “Navbahor” – 0:0

Superliga. 10-tur. 14 may (yakshanba)
“Navbahor – “Surxon” - 1:0 (1:0)
Gol: Jasur Yaxshiboyev (42-pen.).

Superliga. 11-tur. 22 may (dushanba)
“Bunyodkor” – “Navbahor” – 1:5 (0:5)
Gollar: Jasurbek Hakimov (76) – Jamshid Boltaboyev (14), Igor Golban (20), Abrorbek Ismoilov (22), Oston O‘runov (28,37).

Superliga. 12-tur. 28 may (yakshanba)
“Navbahor” – “Olimpik” - 2:1 (1:0)
Gollar: Jamshid Iskanderov (43), Oston O‘runov (50) - Ruslanbek Jiyanov (90+3).

Superliga. 13-tur.25 iyun (yakshanba)
“Neftchi” – “Navbahor” - 0:0.

Cuperliga. 14-tur.  30 iyul (yakshanba)
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2 (1:1)
Gollar: Islom Kenjaboyev (14-pen.) - Jamshid Boltaboyev (3), Jasurbek Yaxshiboyev (60).

Cuperliga. 15-tur. 4 avgust (juma)
“Metallurg” – “Navbahor” -1:1 (0:1)
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev (90+6) -  Ibrohim Yo‘ldoshev (22).

Superliga. 16-tur. 10 avgust (payshanba)
“Navbahor” – “Paxtakor” – 1:2 (0:2)
Gollar: Toma Tabatadze (68) - Dragan Cheran (30), Muhammadqodir Hamraliyev (44).

Superliga. 17-tur. 26 avgust (shanba)
“So‘g‘diyona” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: Samandarjon Mavlonqulov (16), Lupcho Doriyev (81) – Oston O‘runov (67).

Superliga. 18-tur. 30 avgust (chorshanba)
“Navbahor” – OKMK - 0:0

Superliga. 19-tur. 23 sentyabr (shanba)
“Andijon” – “Navbahor” – 2:1 (0:1)
Gollar: Ilhomjon Alijonov (54), Suhrob Berdiyev (90+4) – Abrorbek Ismoilov (2).

Superliga. 20-tur. 28 sentyabr (payshanba)
“Navbahor” – “Turon” – 5:0 (2:0)
Gollar: Filip Ivanovich (23), Jasurbek Yaxshiboyev (45+3), Oston O‘runov (51-pen., 66-pen.), Asadbek Sobirjonov (90+3).

Superliga. 21-tur. 8 oktyabr (yakshanba)
“Buxoro” – “Navbahor” – 0:3 (0:1)
Gollar: Jamshid Iskanderov (33), Asadbek Sobirjonov (88), Temurxo‘ja Abduxoliqov (90+3).

Superliga. 22-tur. 30 oktyabr (dushanba)
“Navbahor” – “Nasaf” – 0:1 (0:0)
Gol: Mateus Lima Kruz (74).

Superliga. 23-tur. 27 oktyabr (juma)
“Surxon” – “Navbahor” - 1:2 (0:1)
Gollar: Sunnatilloh Hamidjonov (57) - Doniyor Abdumannopov (2), Oston O‘runov (82).

Superliga. 24-tur. 11 noyabr (shanba)
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 3:0 (1:0)
Gollar: Toma Tabatadze (10), Yovan Jokich (72, 84).  

Superliga. 25-tur. 24 noyabr (juma)
“Olimpik” – “Navbahor” - 2:1 (1:0)
Gollar: Ibrohim Ibragimov (44), Sherzod Esanov (87) – Toma Tabatadze (89).

Cuperliga. 26-tur. 1 dekabr (juma)
“Navbahor” – “Neftchi” – 1:1 (0:1)
Gollar: Milosh Milovich (68) – Mirzohid G‘ofurov (39).

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:43, 12.12.2023. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.