Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ibrohim Yo‘ldoshev: “SHunday obro‘li jamoa sharafini himoya qilish men uchun faxr”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda mavsumlar oralig‘idagi tanaffus payti. Boshqa jamoalar qatori “Navbahor” futbolchilari ham hordiq chiqarishmoqda.

Fursatdan foydalanib, “lochinlar”ning 24 yoshli mahoratli himoyachisi Ibrohim Yo‘ldoshev bilan klub matbuot xizmati suhbat uyushtirdi.

Mahoratli futbolchi yakunlangan mavsumda jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urib, 3 ta golga  assistentlik qildi.

- Mavsumlar orasidagi ta’tilni qanday o‘tkazyapsiz, ayni paytda nimalar bilan bandsiz?

- O‘zingizga ma’lum, mashg‘ulotlar, o‘yinlar, safarlar tufayli futbolchining bo‘sh vaqti kam bo‘ladi. Shu bois, ta’til davomida fursatdan foydalangan holda, oila a’zolariga ko‘proq vaqt ajratyapman.

Shuningdek, mavsum davomida orttirilgan jarohatlarni davolash bilan mashg‘ulman.  

- O‘tgan yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Superligadan tushib ketgan jamoa tarkibidan OCHLda o‘ynaydigan va o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan klub safiga kelib qo‘shildingiz. Aytingchi, qisqa vaqtda ikki xil darajadagi jamoada o‘ynash,“Navbahor”ga moslashish sizga qiyinchiliklar tug‘dirmadimi?

- Yashirmayman, boshida ancha qiyinchiliklarga duch keldim. Ammo klub rahbariyati, shu jumladan, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Otabek aka Samatov, jamoamiz  bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan hamda jamoadoshlarimning ishonchlari, qo‘llab-quvvatlashlari bois, ushbu qiyinchiliklarni yengishga muvaffaq bo‘ldim va Xudoga shukr, jamoaning o‘yiniga tezda moslashib ketdim.

- Sizningcha, “Navbahor” yakunlangan mavsumda Superliga chempionligi yoki O‘zbekiston kubogini qo‘lga kirita olmaganining sababi nimada?

- Avvalo hammasi Allohdan. Menimcha, bunga tig‘iz taqvim hamda jarohatlarning ko‘pligi ham sabab bo‘ldi.  

- “Navbahor”dagi ichki muhit borasida ham to‘xtalib o‘tsangiz...

- O‘zimni jamoada baxtli his qilardim. Demak, bundan kelib chiqadiki, barchasi a’lo darajada.  

- Yakunlangan mavsumda siz uchun “Navbahor”ning o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalardagi eng yorqin va eng alamli o‘yinlari qaysi bahslar bo‘ldi?

- “Navbahor” libosini kiygan holda, maydonga tushgan har bir o‘yinim eng yorqinlari  bo‘ldi. Chunki shunday obro‘li jamoa sharafini himoya qilish men uchun faxr.

Biroq, afsuski, har bir yo‘qotilgan ochko bizni maqsadlarimizdan uzoqlashtirdi. Shu bois, ochko yo‘qotgan bellashuvlarimiz eng alamlisi bo‘ldi.

- Tan olish kerak, “Navbahor” Superliga uchrashuvlaridan ko‘ra, Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)da yaxshiroq, yorqinroq o‘yin namoyish etdi. Vaholanki, OCHL qit’amizning nufuzli musobaqasi hisoblanadi. Buni nima bilan izohlaysiz?

- Albatta, Superliga hamda OCHLning darajasida katta farq bor. Shu bois, ushbu darajaga mos harakat qilish bu professionallik hisoblanadi. “Navbahor”da biz – futbolchilar o‘z ishimizni professional darajada bajarishga harakat qilgan holda, OCHL bahslarida ham munosib o‘ynashga intildik.

- “Navbahor” muxlislari juda talabchan bo‘lishlariga qaramay, bir yil ichidayoq ularning yoqimtoyiga aylandingiz. Bu boradagi taassurotlar qanday?

- Albatta, taassurotlar judayam yoqimli. Ishqibozlarning ishonchlarini oqlash uchun yangi mavsumda ham qo‘ldan kelganicha harakat qilaman, inshoolloh.

- Demak, yangi mavsumni ham “Navbahor” tarkibida o‘tkazasiz, shundaymi?

- Xudo xohlasa, shunday. Klub bilan yana bir yillik  shartnomam bor. 

- Siz bilan yangi yil – 2024 yil arafasida suhbatlashyapmiz. Shu bois, muxlislarga yangi yil tilaklarini bildirsangiz...

- Yangi yil barchamizga omadli va quvonchli kelsin. Baxtimizga ishqibozlar ham sog‘ bo‘lishsin hamda jamoamizni yangi mavsumda ham qo‘llab-quvvatlashdan charchashmasin.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:35, 27.12.2023. O'qildi: 2653 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик