Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chavandoz o‘rniga gandbolchi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

37 yoshli Manuel Noyer noyabr oyida ikkinchi marta uylandi.

Aniqroq aytsak, «Bavariya» klubi va Germaniya milliy jamoasi darvozaboni yangi mahbubasi bilan munosabatlarini nihoyat rasmiylashtirdi. Umuman, joriy yilning kuz fasli Manuel uchun quvonch-­li voqealar taqdim etdi. Birinchidan, kiper uzoq tanaffusdan keyin yashil maydonga qaytdi. U o‘tgan yilning dekabr oyida, jahon chempionatidan so‘ng chang‘ida uchish chog‘i jiddiy jarohat (boldir suyagi singandi)ga yo‘liqqanidan buyon davolash kurslariga qatnayotgandi. Nihoyat, 28 oktyabr kuni Bundesliga o‘yinida qayta ko‘rinish bera boshladi. Ikkinchidan, Manuel 23 yoshli mahbubasi Anika Bissel bilan rasman nikohdan o‘tdi.

Germaniyalik darvozabonning ko‘plab shaxsiy muxlislari Anika tashqi ko‘rinishi bilan Manuelning oldingi rafiqasi Nina Vayssga juda o‘xshash ekanligini ta’kidlashmoqda. Aytish kerak, Vays xonim mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanuvchi badavlat xonadonning qizi va yetarlicha muvaffaqiyatga erishgan chavandoz hisoblanadi. Deylik, u ot sporti bo‘yicha Germaniya miqyosidagi bir qator yirik turnirlarda g‘olib chiqqan. Yana bir tomoni, Nina va Anika hamda 2009-2014 yillar oralig‘ida Manuelning sevgilisi sifatida tanilgan soch turmaklari ustasi Ketrin Gilx o‘rtasida sezilarli darajada farq bor. Umuman olganda, Noyerning birinchi rasmiy nikohi 3 yil davom etdi. Aytishlaricha, Nina sportdagi faoliyatini davom ettirishni xohlagan, biroq Manuel bunga qarshi chiqqan. Chunki u serfarzand oilani orzu qilardi. Qisqasi, bu masaladagi kelishmovchiliklar oxir-oqibat, oilaning parokanda bo‘lishiga olib keldi va juft­lik 2020 yilning boshida rasman ajrashdi.

Manuel Noyer shundan atigi bir necha oy o‘tgach, 19 yoshli gandbolchi Anika Bissel bilan uchrashdi. Yosh bo‘yicha o‘rtadagi 14 yillik farq ham yangi ishqiy munosabatlar rivojlanishiga to‘sqinlik qilgani yo‘q. Har holda, Anika «Bavariya» o‘yinlarini tez-tez stadionda kuzatishga odatlandi. U tribunada Manuelni faol qo‘llab-quvvatlashi bilan ham ajralib turdi. Anika jumladan, Noyer ortidan Qatar mezbonlik qilgan JCH-2022ga ham bordi va Germaniya milliy jamoasi o‘yinlarini bevosita Doxa stadionlarida kuzatdi.

Manuelning mundialdan keyin jarohat tufayli safdan chiqqani unga yangi mahbubusiga ko‘proq vaqt ajratish imkonini berdi. Ikkisi sentyabr oyiga kelib, «Bavariya»ning ko‘plab futbolchilari ishtirok etgan an’anaviy Myunxen pivo festivaliga birga tashrif buyurdi. Manuel va Anika aynan Oktober­festda o‘zaro oilaviy rishtalarni bog‘lashlarini e’lon qilishdi. Noyer shuning barobarida ota bo‘lish orzusi yaqin orada amalga oshishini ham tilga oldi. Shu tariqa yangi juftlik noyabr oyi boshida to‘y marosimini o‘tkazdi. Unda har ikkisining qarindoshlari qatnashishdi, xolos. Ya’ni to‘y tantanalari tor doirada tashkillashtirildi. Darvoqe, yangi oila allaqachon farzand kutmoqda. Chaqaloq erta bahorda tug‘iladi hisob-kitoblarga ko‘ra.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:43, 29.12.2023. O'qildi: 2187 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик