Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba.

  • APL
      • 03.12.2025 00:30
      • Bornmut
      • 0:1
      • Everton
      • 03.12.2025 00:30
      • Fulhem
      • 4:5
      • Manchester Siti
      • 03.12.2025 01:15
      • Nyukasl
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 04.12.2025 00:30
      • Arsenal
      • 2:0
      • Brentford
      • 04.12.2025 00:30
      • Brayton
      • 3:4
      • Aston Villa
      • 04.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 0:1
      • Kristal Pelas
      • 04.12.2025 00:30
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Nottingem Forest
      • 04.12.2025 01:15
      • Lids
      • 3:1
      • Chelsi
      • 04.12.2025 01:15
      • Liverpul
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 05.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vest Xem
  • La-liga
      • 03.12.2025 01:00
      • Barselona
      • 3:1
      • Atletiko
      • 03.12.2025 23:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:3
      • Real Madrid
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 15 37
2 Real Madrid 15 36
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 15 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 15 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Valensiya 14 14
16 Malyorka 14 13
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Levante 14 9
20 Real Ovyedo 14 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Real Ovyedo - Malyorka
06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jeli – «Jirona»ning sensasion sohibi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Navbatdagi qahramonimiz o‘z vaqtida «Atletiko» bilan oltin dublga erishgan, «Alaves» safida UYEFA Kubogining finalida maydonga tushgan,...

…«Albasete» inqilobida ishtirok etgan, hozirda esa «Jirona»ning hayratomuz faoliyatini zavq bilan kuzatayotgan mutaxassis haqida.

Jirona yaqinidagi Salt shaharchasida ulg‘aygan Delfi Jeli ikki haftada bir marta otasi bilan «Barsa»ning uy uchrashuvlariga borar, jamoa yarim himoyachisi Bernd Shuster o‘yinlarini yoqtirib qolgandi. Maradonaning yaqin do‘sti bo‘lgan Shuster Diyego «Napoli»ga ketganidan keyin o‘z faoliyatidagi eng yorqin mavsumni o‘tkazgan va 19ta gol urgandi. «Barsa» esa 11 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikka erishgandi.

80-yillar oxirida Delfi Shusterga qiziqmay qo‘ydi. Birinchidan, Bernd «Barsa» rahbariyati bilan kelisha olmay qoldi va «Real»ga o‘tib ketdi. Aslida, u «Yuve»ga o‘tmoqchi edi, lekin Turinda nemis maktabi yo‘qligi bois, uch nafar farzandlari o‘qishdan chetda qolishlarini istamadi. Ikkinchidan, Jeli ancha ulg‘ayib, taniqli futbolchi bo‘lib ulgurgandi.

13 yoshidan beri «Jirona»da to‘p surgan Delfi 1988|89 yillar mavsumida 28ta gol urib, «Barsa» o‘rinbosarlari safiga o‘tdi. Yoxan Kroyff esa tez orada asosiy tarkib yig‘inlariga jalb etdi. Jeli o‘rtoqlik uchrashuvlarida jamoa to‘purariga aylandi.

To‘g‘ri, bu natijasi asosiy tarkibda Chiki Begiristayn yoki Xulio Salinas o‘rnini egallash uchun kamlik qildi va Delfi 1989|90 yillar mavsumini Gvardiolaning ikkinchi jamoasida davom ettirdi. Nihoyat, 1990 yil yanvarida uni «Ovyedo»ga qarshi bahsda maydonga tushirdi. Biroq Jeli 3ta qulay imkoniyatdan foydalana olmay, 71-daqiqada zaxiraga olindi. 0:0 hisobida yakunlangan ana shu o‘yin asosiy jamoada yagona bo‘lib qoldi. Klub Xristo Stoichkovni xarid qilgach, u Benito Floroning «Albasete»siga o‘tib ketdi.

«Albesete»ning Jelidan avvalgi holati: Primerada umuman o‘ynamagan, lekin Segundadagi yorqin o‘yinlari uchun murabbiyni «Real»ga taklif etishgandi

Floroni ispaniyalik Arrigo Sakki deyishardi. U salomatligi tufayli futbolchilikni barvaqt yakunlagan, lekin «Albasete»da murabbiylik maqomidagi yorqin o‘yinlari bilan grandlar e’tiborini tortgandi. 1990|91 yillar mavsumida u «Madrid»dan chorlov oldi. Keyin 2 yil ichida «Albesete»ni 3-ligadan elitaga olib chiqdi. Yarim asrlik tarixida ilk bor La Ligaga chiqqan jamoa 1992 yil fevralida yetakchi beshlikka ko‘tarildi, uning futbolchisi Delfi Jeli esa «qizil Furiya» safidan joy oldi. Shundan keyin Benito Floro Ispaniyaning eng malakali murabbiyi maqomida «Real»ga yo‘l oldi. Florodan keyin «Albesete» «Atletiko»dan yengilib (1:4), UYEFA Kubogi turniri yo‘llanmasidan chetda qolgan bo‘lsada, muxlislar uni ispan futbolidagi inqilobi uchun sevib qolishgandi. Lekin uning «Reali» 2-divizion vakili «Lerida»ga imkoniyatni boy bergach, 1994 yil bahorida uni Visente Del Boskega almashtirishdi.

Jeli «Albasete»da: ruhshunosni afsungar derdi, 4-o‘ringa ko‘tarildi, «Real»ga o‘tishiga sal qolgandi

1991 yil noyabrida Delfi birinchi marta «Barsa»ga qarshi o‘ynadi. O‘sha o‘yin 1:1 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga yetgan, sharhlovchi Rikardo Gutyerres Jeliga yuksak baho bergandi: «Qanotdan uyushtirgan reydlari bilan u raqib himoyasini konserva qutisidek majaqlab tashladi». O‘yindan keyin Kroyff uni terma jamoa murabbiyi Visente Miyeraga tavsiya etgandi: «Delfidan ajoyib qanot himoyachisi chiqadi. Chunki u avval hujum chizig‘ida to‘p surgan».

Kroyffning tavsiyasini inobatga olgan Miyera 1992 yil feralida Valensiyadagi MDH terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushirdi. 2 oydan keyin futbolchi «Deportivo»ga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobidagi g‘alabaga ulush qo‘shdi - uning samarali uzatmasini boliviyalik Marko Echeverri golga aylantirdi, «Albasete» 4-o‘ringa ko‘tarildi. Lekin so‘nggi turlardagi omadsizlik tufayli, mavsumni 7-o‘rinda yakunladi. Hatto taniqli ruhshunos ham jamoa ruhiyatini tiklay olmadi. Vaholanki, 1991 yil kuzida jamoa 15ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgandi.

Keyinchalik Benito Jelini «Real»ga olib ketmoqchi bo‘ldi. Biroq futbolchining «Barsa»ga tegishli ekanligi bunga imkon bermadi. 1993 yil yanvarida Delfi Ispaniya terma jamoasida so‘nggi, 4-uchrashuvini o‘tkazdi, 1994 yil mayida Kroyff jamoasi oxirgi chempionligini nishonladi, «Albasete» esa 13-o‘rindan joy oldi. «Barsa» rahbariyati uni «Atletiko»ga tavsiya etdi. Nihoyat, avgustda Delfi «matraschilar» safiga o‘tdi.

«Atletiko» Jeli bilan hamkorlikda: 2 yilda La Ligadagi 14-o‘rindan YECHL finaligacha

Agar Raul «Real»dagi debyut golini boshqa jamoa darvozasiga urganida, masxarabozlikni to‘liq ijro etmagan bo‘lardi - 1994 yil noyabrida u «Atletiko» yanchib tashladi. Ya’ni, Michelga penalti ishladi, Samoranoni assist bilan ta’minladi va Laudrupning uzatmasini golga aylantirdi.

Jeli Raulga qanotda duch kelgan va vinger sifatida o‘tkazib yuborilgan gollarda aybdor emasdi. To‘g‘ri, derbidagi mag‘lubiyat «Atletiko»ni 19-o‘ringa tushirib yubordi. Bungacha Xil 7 yilda 18ta murabbiyni almashtirgan bo‘lsada, jamoa 2ta Kubokni qo‘lga kiritgan va 1994 yilgacha yetakchi to‘rtlikda yurgandi.

1995 yil fevralida kelgan Alfio Basile «matraschilar»ni Segundaga tushib ketishdan saqlab qoldi. Lekin Xil bilan kelisha olmay, tez orada jamoani tark etdi. Uning o‘rnini «Real»dan iste’foga chiqarilgan va «Ovyedo» bilan 2 marta sobiq jamoasini jazolagan serbiyalik Radomir Antich egalladi.

«Menga «Valensiya»dan o‘ta manfaatli taklif tushgandi. Biroq men dunyodagi eng murakkab klub - «Atletiko»ni tanladim. Men shunchaki, har qanday jamoa bilan muvaffaqiyatga erisha olishimni isbotlashni istayman. Dastlabki yig‘inda turli jamoalardan kelgan 33 nafar futbolchini ko‘rdim. Ularning ko‘pchiligidan voz kechishga to‘g‘ri keldi. Ular o‘rnini arzon va tekinga keladigan o‘yinchilar bilan to‘ldiramiz. Men «Ovyedo»dan Prosinechki va Yokanovichni taklif etdim. Biroq ular «Atletiko»ga o‘tishni istamadilar - Prosinechki «Barselona»ga, Yokanovich «Tenerife»ga ketdi», - degandi Antich. Keyinroq murabbiy 80-yillarda «Partizan»da hamkorlik qilgan «Panionios» pleymeykeri Milinko Pantichni eslab qoldi va Madridga chorladi.

«Gresiyadagi sermahsul (17+20) mavsumdan keyin Fransiya va Belgiya klublaridan takliflar bo‘lgandi. Ayni o‘sha pallada Antich mendan o‘yinlarim yozuvi tushirilgan kassetani so‘radi. Avvaliga, o‘yinlarimni hech kim tasvirga tushirmaganini aytdim, keyin TVdagi tanishimdan yordam so‘radim. U 4 yillik o‘yinlarim lavhalarini tayyorlab berdi. Kassetani olgan Antich 2 kundan ke­yin qo‘ng‘iroq qildi: «Madridga yetib kel».

«Panionios» prezidenti Pantichni ko‘z yoshlari bilan kuzatgan bo‘lsa, «Atletiko» prezidenti 29 yoshli no‘noq o‘yinchi uchun 550 ming dollar so‘ragan Antichni kalaka qilgandi: «Sen ham boshqa murabbiylar kabi jamoaga yaqin do‘stlaringni chaqiryapsan». Murabbiy o‘sha onda javob qaytardi: «U uchun pul sarflashni istamayotgan bo‘lsangiz, o‘sha pulni o‘zim to‘layman».

Davomi bor…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:29, 31.12.2023. O'qildi: 1329 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 8
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Эспаньол Pere Milya 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.