Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 08.02.2026 00:45
      • Fiorentina
      • 2:2
      • Torino
      • 08.02.2026 16:30
      • Bolonya
      • 0:1
      • Parma
      • 08.02.2026 19:00
      • Lechche
      • 2:1
      • Udineze
      • 08.02.2026 22:00
      • Sassuolo
      • 0:5
      • Inter
      • 09.02.2026 00:45
      • Yuventus
      • 2:2
      • Lasio
      • 09.02.2026 22:30
      • Atalanta
      • -:-
      • Cremonese
      • 10.02.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 08.02.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Elche
      • 08.02.2026 18:00
      • Alaves
      • 0:2
      • Xetafe
      • 08.02.2026 20:15
      • Sevilya
      • 1:1
      • Jirona
      • 08.02.2026 20:15
      • Atletik Bilbao
      • 4:2
      • Levante
      • 08.02.2026 22:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Betis
      • 09.02.2026 01:00
      • Valensiya
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 10.02.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 08.02.2026 19:00
      • Brayton
      • 0:1
      • Kristal Pelas
      • 08.02.2026 21:30
      • Liverpul
      • 1:2
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 23 38
6 Espanyol 22 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 1-2 Osasuna
23-тур Barselona 3-0 Malyorka
23-тур Real Sosyedad 3-1 Elche
23-тур Alaves 0-2 Xetafe
23-тур Sevilya 1-1 Jirona
23-тур Atletik Bilbao 4-2 Levante
23-тур Atletiko 0-1 Betis
23-тур Valensiya 0-2 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Karlo Anchelotti: «Hozir 5-g‘alaba haqida o‘ylayapman...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» rahbariyati 29 dekabr kuni klub muxlislarini ancha tinchlantirdi:

«Bosh murabbiy Karlo Anchelottining shartnomasi muddati uzaytirildi. U 2026 yilgacha biz bilan birga!» Don Karloning o‘zi esa Real-Madrid TV mehmoni bo‘lib, muhim yangilikdan keyingi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. Italiyalik mutaxassis shuning barobarida ortda qolgan yilni qisqacha sarhisob qildi.

- Janob Anchelotti, avvalo, taassurotlaringizni bayon etsangiz...

- Shunday futbolchilar va muxlislar qurshovida «Madrid»dagi ishimni davom ettirishimdan xursandman, albatta. Mana, shartnoma muddatini uzaytirdik. Binobarin, ortda qolgan yillar jamoa uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Rahbariyat kiyinish xonasida yaxshi muhit shakllanganini ko‘rmoqda. Eng muhimi shu, aks holda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. O‘z o‘rnida yuksak ishonch uchun klub, shuningdek, professionallik xislatlarini namoyish etayotgan futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman.

- Xo‘sh, «Real» siz uchun nimani anglatadi?

- «Madrid» - oilam. Bu yerda chinakam oilaviy muhit mavjud, prezidentdan tortib, barcha xodimlargacha, hamma yaxlit jon kabidir. Har birimiz bor imkoniyatlarimizni ishga solyapmiz, chunki ideal muhit ichidamiz.

- Florentino Peres haqida nima deya olasiz?

- Oilamiz otasi! Peres futbolda hali hech kimga nasib etmagan ishlarni uddaladi. Asosiysi, u hamon g‘ayratga to‘la. Umuman, Peres «Real»ning eng katta muxlisi hisoblanadi, axir bolaligidan klub bilan birga nafas olgan. Qisqasi, u oxirgi 20 yilda klub uchun o‘tgan asrning 50-yillardagi Santyago Bernabeu kabi muhim shaxsga  aylandi.

- Qiziq, kelajak uchun nimalarni o‘ylab qo‘ygansiz?

- Klubimiz hayot yo‘li ravshan. O‘tmish allaqachon yozilgan, bugungi tarix ham bitilmoqda. Kelajak uchun esa birinchi navbatda, yosh va iste’dodli yigitlar javobgardirlar. Ishontirib aytamanki, «Real» kelajagi o‘tmish va bugungi kun kabi yorqin bo‘ladi.

- Endi faoliyatingizdagi eng unutilmas onlar bilan o‘rtoqlashsangiz.

- O, miyamga muhrlangan voqeliklar juda ko‘p: Beylning Valensiyadagi kubok finalida amalga oshirgan yurishi, Ramosning 2014 yilgi goli, Desimokuartega yo‘l, yarim final va «PSJ» bilan bahsda remontada... Hammasi esimda. Jumladan, o‘tgan yili La Liga, superkubok va «Qirol kubogi»da qayd etilgan g‘alabalar ham barcha unvonlar kabi muhim, ularni unutish mumkin emas.

- Ochig‘ini ayting, CHLdagi statistikangizga hech e’tibor berasizmi?

- Oldingi g‘alabalar allaqachon o‘tmishda qoldi. CHLda 4 marta g‘alaba qozonganim haqida gapirishsa, bunga e’tibor qaratmayman, chunki fikru xayolim 5-zafarda.

- 2013 yilgi Karlo Anchelotti bilan bugungisi o‘rtasida qanday farq bor?

- Menimcha, inson sifatida o‘zgarmadim, ish uslubim ham o‘sha-o‘sha. Farq shuki, hozir bilimim biroz ko‘proq, axir tajriba yillar o‘tgani sari ortib boradi.

- Hozirgi muvaffaqiyatlarda murabbiylar shtabining roli nechog‘li katta?

- Shtabimiz yosh va g‘ayratli, mashg‘ulotlar samarasini yanada oshirish uchun yangiliklar kashf etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga moyil. Shunday ekan, Anchelotti yutuqlarida murabbiylardan tuzilgan ahil jamoaning ulushi beqiyos.

- Yangi qiyofaga kiradigan «Bernabeu»ni qanday tasavvur qilyapsiz?

- Shartnomamni yangiladim, endi jamoani yangilangan stadionga ilk marta o‘zim olib tushaman. Albatta, o‘sha kunni intiqlik bilan kutaman.

- Muxlislarga aytar dil izhoringiz...

- «Real» tarafdorlariga 2024 yil omad keltirishini tilayman. Birgalikda tarix yaratamiz va hamjihatlikda ko‘proq yutuqlarga erishamiz.

«Real» futbolchilari yangi yil arafasida «Alfredo di Stefano» stadionida muxlislar guvohligida shug‘ullanishdi. RealMadrid TV esa bundan foydalanib, ayrim futbolchilarga yuzlandi. 

Nacho Fernandes: - Bu yilni yakunlashning ajoyib usuli. Ayniqsa, Karlo Anchelotti bilan shartnoma muddati uzaytirilgani quvontirdi. U boy tajribasi va xotirjamligi bilan bizga ishonch bag‘ishlaydi. Ishonamanki, «Real»ni yana bir ajoyib yil kutmoqda.

Luka Modrich: - Muxlislar va ayniqsa, yosh bolalarning shunday qo‘llab-quvvatlashlari juda yoqimli. Madridga kelganimdan buyon muxlislar muhabbatini his qilyapman. Bu yerda bo‘lish, muxlislar qurshovida shug‘ullanish - rohat. Anchelottining klubda qolishidan g‘oyat xursandmiz - bu rahbariyatning eng to‘g‘ri qarori. 2024 yilda ham tarix bitishni davom ettirmoqchimiz.

Jud Bellingem: - Muxlislar oldida shug‘ullanish, ular bilan hamnafas bo‘lishga nima yetsin...? 2024 yili ko‘plab gollar urish asnosida jamoa g‘alabasiga hissa qo‘shishdan umidvorman.  «Real» vakili sifatida zavqlanishdan to‘xtamoqchi emasman.

Vinisius: - Muxlislar atrofida jamlanishning gashti boshqacha, ayniqsa, yangi yil arafasida. Axir ular katta oilamizga tegishlilar. Hozir yaxshiman va mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorman. 

Rodrigo: - Bunday kun har doim alohida ahamiyat kasb etadi. Muxlislarni qo‘llab-quvvatlashlari biz uchun muhim, mana, bugungi mashg‘ulotdan chinakamiga zavqlandik.

Kepa Arrisabalaga: - Qarang, muxlislarimiz mashg‘ulot vaqti ham bizni faol qo‘llab-quvvatlashdi. O‘ylaymanki, futbolchilar eng zavqli kunlaridan birini o‘tkazishdi.

Braim Dias: - Muxlislarga yaqinlashish va yangi yil bayramini ular bilan nishonlash - noyob tajriba. Ularni mamnun ko‘rganimizdan o‘zgacha to‘lqinlandik.

Orelyen Tchuameni: - Aql bovar qilmas jarayon. Bu muxlislar bilan ajoyib munosabatda ekanligimizdan dalolat. Biz mavsumning ikkinchi qismiga tayyormiz va g‘alaba uchun borimizni beramiz, albatta.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:02, 10.01.2024. O'qildi: 2058 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Вильярреал Alberto Moleyro 8
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.