Diqqat, Germaniya futbol piramidasida ikkinchi o‘rinda turuvchi liga muayyan tur o‘yinlariga muxlis to‘plash masalasida Bundesligani ortda qoldirdi.
Bunaqasi mamlakat tarixida ilk marta kuzatildi. Kicker nashri ma’lumotlariga qaraganda, Bundesliga 2 22-turdan o‘rin olgan 9ta o‘yinni stadionlarda jami 284643 muxlis bevosita kuzatdi. Natijada Bundesliga ilk marta ortga chekindi... Ha, nemislar yurtida futbolni o‘zgacha sevishadi, jamoalarga sadoqat kuchli.
Savol tug‘ilishi tabiiy: Bundesliga 2 aynan nimaning hisobiga muxlis to‘plash masalasida elitadan yaxshiroq natijaga erishdi? Asosiy sabablardan biri Bundesliga 21-turida «Borussiya» D. va «Bavariya» kabi sermuxlis jamoalar safarda o‘ynadi. Oqibatda 21-turning umumiy ko‘rsatkichi 261099 muxlisni tashkil etdi. Jumladan, eng yuqori natija «Kyoln» - «Verder» o‘yini (0:1)da qayd etildi - 50000. Bundesliga 2da esa aksincha, 2ta o‘yinda muxlislar soni 50 ming darajasidan oshdi. Shuning hisobiga 9ta o‘yinning umumiy ko‘rsatkichi 284 mingdan oshib ketdi.
Diqqat qiling, ikkinchi raqamli divizondan o‘rin olgan «Shalke» - «Visbaden» o‘yini (1:0)ni tribunalarda 60542 muxlis kuzatdi. Kosmik raqam, ayniqsa, quyi liga uchun. Bundesliga 2 natijasida yana «Gerta» - «Magdeburg» bahsi (3:2) ulushi ham katta - 52652 fanat.