Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylikda omadi yurishmagan yulduz futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi vaqtlarda ko‘plab sobiq futbolchilarning murabbiylik kasbini tanlayotganiga guvoh bo‘lyapmiz, ammo bu qiyin kasbda muvaffaqiyatga erishish oson emas. Quyida bosh murabbiylikda omadi chopmagan sobiq futbol yulduzlari haqida to‘xtalamiz.

Ole-Gunnar Sulsher (klubsiz)

"Manchester Yunayted" faxriysi, 1995 yildan 2007 yilgacha klubda o‘ynagan. Bu vaqt ichida Sulsher juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan oltita Premyer-liga chempioni va Chempionlar Ligasi g‘alabasi. Sultsher o‘z murabbiylik faoliyatini faoliyatini tugatgandan so‘ng darhol boshladi va "qizil iblislar" safida hujumchilar murabbiyi bo‘ldi, biroq u bu lavozimda uzoq vaqt ishlamadi. 2011 yilda Sulsher Norvegiyaning "Molde" klubini boshqarib, birinchi marta professional jamoa murabbiyiga aylandi. Keyin u "Kardiff"da, keyin yana "Molde"da ishladi. 2018 yilning dekabr oyida "Manchester Yunayted" o‘z afsonasini jamoa bosh murabbiyligida sinab ko‘rishga qaror qildi. Sulsher deyarli uch yil davomida klubni boshqardi. Boshida hammasi u darajada yaxshi chiqmadi, ammo vaqt o‘tishi bilan jamoa nisbatan yaxshi harakat qilib, natija ko‘rsata boshladi, 2020/21 yilgi mavsumda ular chempionatda kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Hammasi yaxshi bo‘ladigandek tuyuldi, ammo yangi mavsum boshlanishi "MYU" uchun yaxshi o‘tmadi va noyabrda murabbiy ishdan bo‘shatildi. O‘shandan beri Sulsher murabbiylik lavozimida ishlamadi, ammo 2023 yilda u UYEFA mutaxassislar ro‘yxatiga qo‘shildi va u yerda o‘yin tahlilchisi lavozimini egalladi.

Frenk Lempard (klubsiz)

Hali murabbiylik kasbida o‘zini topa olmagan "Chelsi" afsonasi. Lempard 2017 yilda faoliyatini yakunladi va darhol “ko‘klar”ga ishga joylashdi va yoshlar jamoasi murabbiyi bo‘ldi. 2018 yilda u "Derbi Kaunti"ni boshqarib, o‘zining birinchi mustaqil ishini oldi, ammo u yerda atigi bir mavsum o‘tkazdi. 2019 yilning yozida Lempard "Chelsi"ni qabul qilib olgan edi, biroq bir yarim yil davomida u jamoa o‘yinini yaxshilay olmadi va Premyer-ligada medallarga erisha olmadi. Shundan so‘ng Lempard "Everton"da ham muvaffaqiyat qozona olmadi va 2023 yilning aprelida u yana "Chelsi"ga keldi, lekin bu safar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida. Uning bu safargi qaytishi ham u darajada yaxshi chiqmadi va mavsum oxirida uning o‘rniga Maurisio Pochettino tayinlandi.

Andrea Pirlo (“Sampdoriya”)

Pirlo futbolchilik faoliyatining katta qismini "Milan"da o‘tkazgan bo‘lsa-da, "Yuventus" tarixiga ham o‘z nomini yozishga muvaffaq bo‘ldi. "Keksa sinyora" safida o‘ynab yurgan paytlarda Pirloni dunyoning eng yaxshi himoyachi yarim himoyachisi deb atashgan va bu borada bahslashish qiyin. 2020 yil iyul oyida Pirlo “Yuventus” yoshlar jamoasi murabbiyi bo‘ldi, biroq bir oy o‘tiboq Maurisio Sarri o‘rniga asosiy jamoani qabul qilib oldi. Pirlo o‘z ishini halol bajarishga harakat qildi, biroq u "Yuventus"ga noto‘g‘ri vaqtda kelgan, bundan tashqari, tajribasi yo‘qligi unga ta’sir qildi. Shu sababdan Pirlo 2021 yilning may oyida turinliklar jamoasini tark etgandi. Keyinroq murabbiy Turkiyaning “Fotih Karagyumruk” klubida ishlagan, hozirda esa Italiya B Seriyasida atigi yettinchi o‘rinni egallab turgan “Sampdoriya”ni boshqarmoqda.

Jennaro Gattuzo ("Marsel")

Futbolchi sifatida Gattuzo faoliyatining katta qismini "Milan"da (1999-2012) o‘tkazgan, biroq qisqa muddat "Perudja", "Reynjers", "Salernitana" va "Syon" klublarida o‘ynagan. Gattuzoning murabbiylik yo‘liga kelsak, uning yoki juda kuchli agenti bor yoki barcha klublar uni kuchli futbolchi bo‘lganligi uchun qadrlashadi, deb o‘ylaymiz. U shu vaqtgayaa Yevropaning bir qancha mashhur klublarini boshqargan bo‘lsa-da, birortasida ham natijaga erisha olmaganini boshqa izohlashning iloji yo‘q. Shunga qaramay, u doimiy ravishda turli chempionatlarga taklif qilinmoqda. 2013 yildan beri u "Syon", "Palermo", "OFI", "Piza", "Milan", "Napoli", "Valensiya" va "Marsel" klublarida ishlagan. Eslatib o‘tamiz, u hech qaysi jamoada ikki yildan ortiq ishlamagan.

Stiven Jerrard ("Al-Ittifoq")

Jerrard "Liverpul" va butun futbol olamining afsonalaridan biri. U klub miqyosida deyarli barcha muhim sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, hozirda u Saudiya Arabistonida murabbiylik ishini davom ettirmoqda. 2018 yildan 2021 yilgacha Jerrard “Reynjers”ni boshqargan va u yerda ajoyib ishlarni amalga oshirgan va o‘n yil ichida birinchi marta klubni chempionlikka olib chiqqan. Bunday natijalardan so‘ng u Angliya Premyer-ligasida "Aston Villa"ni qabul qildi va o‘ziga qadrdon ligada o‘zini ko‘rsatish imkoniyatni qo‘lga kiritdi. Biroq, bu yerda u o‘zining murabbiylik salohiyatini ro‘yobga chiqara olmadi, shuning uchun Jerrard klubdagi 11 oylik faoliyatidan so‘ng ishdan bo‘shatildi. O‘tgan yozda britaniyalik pul ishlashga qaror qildi va Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Ayni damda uning boshqaruvidagi "Al-Ittifoq" chempionatda oltinchi pog‘onani egallab turibdi. Hozirda Yaqin Sharqdagi u darajada yaxshi ketmayotgan ishlardan so‘ng Yevropaning top-klublaridan birortasi Jerrardni o‘z jamoasiga taklif qilishni istashi amri mahol.

Ushbu ro‘yxatda yana kim bo‘lishi mumkin? Izohlarda o‘z fikringizni qoldiring!

Euro-football.ru saytidan Abduburxon Mamajonov tarjimasi.

Kiritildi: 23:41, 27.03.2024. O'qildi: 2719 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик