Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Venansio Lopes: "O‘yinning borishi juda o‘zgaruvchan bo‘ldi"

Baho:
+ | -
OSIYO / Futzal bo‘yicha OCh / Terma jamoalar o‘rtasida
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yinning borishi juda o‘zgaruvchan bo‘ldi. 2:0 hisobida oldinda borayotgan vaqtimizda, 3-golni urishimiz va o‘yin taqdirini hal qilishimiz kerak edi. Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik va Tojikiston hatto g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Biroq penaltilar seriyasida adolat tantana qildi va biz bugun g‘alabaga haqliroq edik.

Osiyo kubogida g‘olib bo‘lish uchun yetishmagan jihat haqida

— Jahon chempionati oldidan ko‘p jihatlarimizni yaxshilashimiz va yanada ko‘proq mehnat qilishimiz kerak. Ba’zida taktik tayyorgarlikdan ko‘ra ruhiy tayyorgarlik muhimroq bo‘ladi. Chunki Eronga qarshi bahsda aynan shu omil bizga pand berdi. Yigitlar ma’lum vaqt konsentrasiyani yo‘qotishdi. Barchaga birdek munosabatni saqlab qolishimiz kerak. Bu g‘alaba uchun eng muhim elementlardan biri.

Tojikiston terma jamoasi va bugungi bahs haqida

— Tojikiston terma jamoasi ushbu turnirga juda yaxshi tayyorlangan va o‘yin jihatdan ancha o‘sishga erishgan. Ayniqsa guruhda 1-o‘rinni egallab, chorak finalga yo‘l olganidan so‘ng, ruhiy tomondan ham o‘sgan. Ular hech qachon taslim bo‘lishmaydi, oxirigacha jang qilishadi va juda raqobatbardosh jamoa. Motivasiyamiz bo‘lmagani sababli nazoratni yo‘qotdik, ayrim vaziyatlarda futzalchilarimiz xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Avvalgi uchrashuvlardagi g‘alabalarimiz va bugungi yutug‘imiz o‘rtasida juda katta farq bor.

Murabbiy jamoada nimalarni o‘zgartirgani haqida

— Jamoaga kelganimdan so‘ng bir qancha taktik o‘zgarishlar qildim. Jamoaga yangi sxemalarni kiritdim, lekin men uchun eng muhimi, jamoamiz turli vaziyatlarga qanday munosabatda bo‘lishlari, o‘yinni nazorat qilishlarida. O‘ylaymanki, bu biz yaxshilashimiz kerak bo‘lgan eng katta muammo, chunki o‘yinni nazorat qilish uchun umuman xatolarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Manba: UFA
Kiritildi: 16:48, 28.04.2024. O'qildi: 4063 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик