Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ishonch tantanasi

Baho:
+ | -
OSIYO / Qit’a chempionatlari / Yoshlar (U23) OCh
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ikki hafta avval yozgan maqolamizni «G‘olibdir mardona to‘p surgan, raqibni ranjitib gol urgan», deb nomlagan edik.

 O‘sha sarlavha olimpiya jamoamizning Saudiya Arabistoni termasiga qarshi kechgan chorak final o‘yiniga rosa mos tushdi. Chindan ham, yigitlar maydonda mardonavor to‘p surishdi. Jasur Jaloliddinov  har qancha tepki va turkilarni ko‘tardi, provokasiyaga uchmadi. Aksincha, provokasion harakatlari  ish bermagach, alamzadalikka berilgan Yahyo Ayman ikki «sariq» tufayli maydondan erta chiqib ketdi. Uning maydondan chetlatilishi muxlislarimiz uchun yoqimli tomoshaga aylanib ketdi. Sezildiki, Yahyo Ayman o‘zini olimpiyachilarimizdan anchayin ustun sanagan. Biroq  ustunlik so‘zda emas, maydonda hal qilinadi. Ikki hafta avval yozgan maqolamizni «G‘olibdir mardona to‘p surgan, raqibni ranjitib gol urgan», deb nomlagan edik. O‘sha sarlavha olimpiya jamoamizning Saudiya Arabistoni termasiga qarshi kechgan chorak final o‘yiniga rosa mos tushdi. Chindan ham, yigitlar maydonda mardonavor to‘p surishdi. Jasur Jaloliddinov  har qancha tepki va turkilarni ko‘tardi, provokasiyaga uchmadi. Aksincha, provokasion harakatlari  ish bermagach, alamzadalikka berilgan Yahyo Ayman ikki «sariq» tufayli maydondan erta chiqib ketdi. Uning maydondan chetlatilishi muxlislarimiz uchun yoqimli tomoshaga aylanib ketdi. Sezildiki, Yahyo Ayman o‘zini olimpiyachilarimizdan anchayin ustun sanagan. Biroq  ustunlik so‘zda emas, maydonda hal qilinadi.

O‘yin davomida boshi bog‘langan holda harakatlangan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev alohida tashabbus ko‘rsatdi, mudom raqib darvozasiga xavf solib, gol urishga intildi. Qoyil, o‘zbekning sher­yurak o‘g‘loni! Shunday futbolchilar bor ekan, kelajakda milliy jamoamizning yuki yerda qolmasligi aniq. Gazetamizning mazkur soni muxlislar qo‘liga yetib borgan vaqt olimpiyachilarimiz allaqachon Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishadi katta ehtimol. O‘zbekiston ko‘chalarida tom ma’noda uzoq kutilgan bayram boshlanadi. Biz mazkur mulohazalarni yakshanba oqshomi, ya’ni yarim final uchrashuvidan bir kun oldin yozmoqdamiz. Bunaqa vaziyat tahririyat ishida tez-tez takrorlanadi. «InterFutbol»ning ikki soni o‘rtasida goho muhim o‘yinlar o‘tkaziladi. Shunday lahzalarda hali bo‘lmagan uchrashuv haqida qanday mulohaza yozishni o‘ylab, uzoq-uzoq bosh qotirishimiz bor gap. Lekin ne tongki, bu safar ong-u shuurimizda bunday mushkullik tuymadik. 

U-23 toifasidagi Osiyo kubogi chorak final o‘yini yakunlanishi bilan G‘ulomjon aka Hamidov «Parijga parvoz» nomli she’r yozib, tahririyatga yo‘lladi. Yakshanba kuni ertalab sayxunobodlik Ahmadjon aka Allamurodov finalni bevosita tomosha qilish uchun Doxaga boradigan muxlislar uchun 1 may kuni charter reys hozirlanayotgani haqida so‘z ochdi. Ishonchni qarang, ishonchni! Bu ishonch o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Sau­diya Arabistoni olimpiya termasi mag‘lub etilgach, Temur Kapadze shogirdlariga nisbatan ishonch 100 foizlik marradan oshdi. 2:0 hisobi qayd etilgan o‘yindan keyin saudiyalik darvozabon uzoq vaqt serrayib turib qolganini ko‘rgan muxlislar «Raqibga hurmat bilan qaramagan jamoa shunday ahvolga tushadi-da», - deyishdi bir-birlarini suyunchilab. Boshqa birov esa jahl otiga mingan Yahyo Aymanga qarata hazilomuz ohangda yengilgina hayqirdi: «Hoy ukam, suv idishida nima ayb?» 

Ko‘rinib turibdiki, chorak final uchrashuvidagi g‘alaba ta’siridan chiqib ketish qiyin hali hozircha. Zero, Parij-2024 yo‘lidagi eng muhim imtihon shu edi. Chunki yarim final olishuvlaridan keyin mag‘lub jamoalarda ham yana imkoniyat bo‘ladi. Hatto 4-o‘rin sohibi Parijga borib, qit’alararo «pley-off» o‘yinida qatnashadi. Shuning uchun muxlislar aynan chorak final bahsini juda katta qiziqish va mustahkam ishonch bilan kuzatishdi. Yakunda ishonch to‘la oqlandi va muxlislar endi qat’iy kayfiyat bilan yashashmoqda. Indoneziyalik olimpiyachilarga qarshi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan  uchrashuvda vakillarimiz g‘alaba qozonishlariga 99,99 foiz muxlis ishonch bilan qaradi. Bunday ko‘rsatkich yuzaga kelishiga Temur Kapadze va uning shogirdlari astoydil zamin hozirlashdi. Umuman olganda, Qatardagi turnir ishtirokchilari imkoniyatlari  tahlil prizmasidan o‘tkazilsa, kuchli sanalgan Yaponiya va O‘zbekiston olimpiya termalari bosh favoritlar bo‘lgani ayonlashadi.

Futzalchilarimiz haqida ham shunday xulosa aytilishi maqsadga muvofiq. To‘g‘ri, finalda Eron va Tailand termalari to‘qnashdi va bu uchrashuvda vakillarimiz yarim finalda rosa terlatgan forslar qiyinchiliksiz zafar quchishdi. Aslida, kuch va potensial nuqtai nazaridan final Eron va O‘zbekiston terma jamoalariga munosib edi. Mayli, futzalchilarimizni bronza medali bilan qutlasak arziydi. Ular  futzal titanlariga qarshi qanday to‘p surishganini ko‘rdik va endi Osiyoda gegemoniya o‘rnatgan Eron termasi na vakillarimiz va na muxlislarimizga qo‘rquv uyg‘otadi. Ishonchimiz komil, futzalchilarimiz  haqiqiy hisob-kitobni jahon chempionatiga olib qo‘yishdi. Ana, Temur Kapadze shogirdlari ham saudiyalik olimpiyachilar mag‘lub etiladigan kunni sabr bilan bir yil kutishdi va ezgu niiyatlariga yetishishdi. Futzalchilarimiz shunday ezgu niyat bilan mundialga hozirlanishsa, ijobiy natija kelishi muqarrar. 

Futzal va olimpiya jamoamizning tetik o‘yinlaridan sarmast muxlislar O‘zbekiston kubogi  «o‘lim guruhi»dan o‘rin olgan ikki muhim to‘qnashuvdan ham yetarlicha zavqlanishdi. «Pley-off» masalasini muddatidan avval hal qilgan «Navbahor» Jizzaxda «Dinamo»ga qarshi kuchsiz tarkib bilan maydonga tushishi mumkinligi aytilgandi. Agar shunday bo‘lganida va uchrashuvda «Dinamo» g‘alaba qozonganida, Andijondagi o‘yin natijasi nolga aylanardi. Qolaversa, kubok uchrashuvlariga nisbatan ishonch yo‘qolib, «Navbahor»ning obro‘siga soya tushardi. Xayriyatki, «lochinlar» Jizzaxda o‘ziga xos taktik yo‘l tanlashdi. Namangan jamoasi dastlab maydonda aralash tarkibda harakatlandi va «Dinamo» uchun o‘ziga xos sharoit yaratildi. Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboyev, Toma Tabatadze, Odil Hamrobekov, Farrux Sayfiyev kabi tajribali futbolchilar maydonda bo‘lmagan vaqt Vadim Abramov shogirdlari «Navbahor» darvozasiga gol urish uchun katta kuch sarf­ladilar, ammo maqsadga yetolmadilar. Shunday imkoniyatdan foydalanmadimi, demak, ayb «Dinamo»ning o‘zida. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida «lochinlar»  «Andijon» va «Nasaf»ga ham imkon berish yo‘lida haqiqiy kuch-g‘ayratlarini ishga solishdi. Shunga yarasha natija ham o‘zini uzoq kuttirmadi. Jizzaxda 1:1 hisobi qayd etilayotganini bilgan «Andijon» va «Nasaf» esa faqat va faqat g‘alaba uchun kurashdi. Darvozalarga esa gol urilavermadi...

Aksariyat muxlislar «Andijon»dagi bahs durang bilan yakunlanib, «Dinamo» ko‘chasida bayram boshlanishiga ishonishdi ham. Shunday qaltis vaziyatda «Bobur-Arena» junbushga keldi va «Andijon» tish-tirnog‘i bilan hujumga otlandi. Yana sardor Aleksandr Bubanya o‘zini ko‘rsatdi. Uning zarbasini bir necha «seyv» ko‘rsatgan Zafar Safoyev bir amallab bartaraf etdi. Maydonning har bir qarichida hozir-u nozir Bektemir Abdumannonov esa qaytgan to‘pni «Nasaf» darvozasiga joyladi. Bu -  g‘alaba uchun oxirigacha kurashmoq va chinakam ishonch tantanasidir. Superligada e’tirof etilgan liderlarni ortda qoldirib, muxlislarni hayratlantirayotgan «Andijon» O‘zbekiston kubogida ham katta maqsadlarni ko‘zlayapti, chog‘i. Ta’kidlash joiz, Aleksandr Xomyakov jamoasi uchun «Navbahor» Jizzaxda yo‘l ochdi va ke­yingi bosqichda o‘zi uchun noqulay va kuchli sanalgan raqibga imkon yaratayotganini o‘ylamadi. Tahsinga sazovor bunday yondashuv. 

Mulohazalarimiz yakunida Garri Keyn ham «Real» darvozasiga urajak gollari haqida miriqib so‘zlaganini eslatib, andak taxminlarga berilganimiz uchun  muxlislardan uzr so‘raymiz. Futbolimiz yana ham taraqqiy topishi bilan bog‘liq yaxshi gumonlarda bo‘laveraylik va muxlislar qalbida terma jamoalarimizning g‘alabalariga nisbatan ishonch tantanasi porlayversin! O‘yin davomida boshi bog‘langan holda harakatlangan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev alohida tashabbus ko‘rsatdi, mudom raqib darvozasiga xavf solib, gol urishga intildi. Qoyil, o‘zbekning sher­yurak o‘g‘loni! Shunday futbolchilar bor ekan, kelajakda milliy jamoamizning yuki yerda qolmasligi aniq. Gazetamizning mazkur soni muxlislar qo‘liga yetib borgan vaqt olimpiyachilarimiz allaqachon Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishadi katta ehtimol. O‘zbekiston ko‘chalarida tom ma’noda uzoq kutilgan bayram boshlanadi. Biz mazkur mulohazalarni yakshanba oqshomi, ya’ni yarim final uchrashuvidan bir kun oldin yozmoqdamiz. Bunaqa vaziyat tahririyat ishida tez-tez takrorlanadi. «InterFutbol»ning ikki soni o‘rtasida goho muhim o‘yinlar o‘tkaziladi. Shunday lahzalarda hali bo‘lmagan uchrashuv haqida qanday mulohaza yozishni o‘ylab, uzoq-uzoq bosh qotirishimiz bor gap. Lekin ne tongki, bu safar ong-u shuurimizda bunday mushkullik tuymadik. 

U-23 toifasidagi Osiyo kubogi chorak final o‘yini yakunlanishi bilan G‘ulomjon aka Hamidov «Parijga parvoz» nomli she’r yozib, tahririyatga yo‘lladi. Yakshanba kuni ertalab sayxunobodlik Ahmadjon aka Allamurodov finalni bevosita tomosha qilish uchun Doxaga boradigan muxlislar uchun 1 may kuni charter reys hozirlanayotgani haqida so‘z ochdi. Ishonchni qarang, ishonchni! Bu ishonch o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Sau­diya Arabistoni olimpiya termasi mag‘lub etilgach, Temur Kapadze shogirdlariga nisbatan ishonch 100 foizlik marradan oshdi. 2:0 hisobi qayd etilgan o‘yindan keyin saudiyalik darvozabon uzoq vaqt serrayib turib qolganini ko‘rgan muxlislar «Raqibga hurmat bilan qaramagan jamoa shunday ahvolga tushadi-da», - deyishdi bir-birlarini suyunchilab. Boshqa birov esa jahl otiga mingan Yahyo Aymanga qarata hazilomuz ohangda yengilgina hayqirdi: «Hoy ukam, suv idishida nima ayb?» 

Ko‘rinib turibdiki, chorak final uchrashuvidagi g‘alaba ta’siridan chiqib ketish qiyin hali hozircha. Zero, Parij-2024 yo‘lidagi eng muhim imtihon shu edi. Chunki yarim final olishuvlaridan keyin mag‘lub jamoalarda ham yana imkoniyat bo‘ladi. Hatto 4-o‘rin sohibi Parijga borib, qit’alararo «pley-off» o‘yinida qatnashadi. Shuning uchun muxlislar aynan chorak final bahsini juda katta qiziqish va mustahkam ishonch bilan kuzatishdi. Yakunda ishonch to‘la oqlandi va muxlislar endi qat’iy kayfiyat bilan yashashmoqda. Indoneziyalik olimpiyachilarga qarshi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan  uchrashuvda vakillarimiz g‘alaba qozonishlariga 99,99 foiz muxlis ishonch bilan qaradi. Bunday ko‘rsatkich yuzaga kelishiga Temur Kapadze va uning shogirdlari astoydil zamin hozirlashdi. Umuman olganda, Qatardagi turnir ishtirokchilari imkoniyatlari  tahlil prizmasidan o‘tkazilsa, kuchli sanalgan Yaponiya va O‘zbekiston olimpiya termalari bosh favoritlar bo‘lgani ayonlashadi.

Futzalchilarimiz haqida ham shunday xulosa aytilishi maqsadga muvofiq. To‘g‘ri, finalda Eron va Tailand termalari to‘qnashdi va bu uchrashuvda vakillarimiz yarim finalda rosa terlatgan forslar qiyinchiliksiz zafar quchishdi. Aslida, kuch va potensial nuqtai nazaridan final Eron va O‘zbekiston terma jamoalariga munosib edi. Mayli, futzalchilarimizni bronza medali bilan qutlasak arziydi. Ular  futzal titanlariga qarshi qanday to‘p surishganini ko‘rdik va endi Osiyoda gegemoniya o‘rnatgan Eron termasi na vakillarimiz va na muxlislarimizga qo‘rquv uyg‘otadi. Ishonchimiz komil, futzalchilarimiz  haqiqiy hisob-kitobni jahon chempionatiga olib qo‘yishdi. Ana, Temur Kapadze shogirdlari ham saudiyalik olimpiyachilar mag‘lub etiladigan kunni sabr bilan bir yil kutishdi va ezgu niiyatlariga yetishishdi. Futzalchilarimiz shunday ezgu niyat bilan mundialga hozirlanishsa, ijobiy natija kelishi muqarrar. 

Futzal va olimpiya jamoamizning tetik o‘yinlaridan sarmast muxlislar O‘zbekiston kubogi  «o‘lim guruhi»dan o‘rin olgan ikki muhim to‘qnashuvdan ham yetarlicha zavqlanishdi. «Pley-off» masalasini muddatidan avval hal qilgan «Navbahor» Jizzaxda «Dinamo»ga qarshi kuchsiz tarkib bilan maydonga tushishi mumkinligi aytilgandi. Agar shunday bo‘lganida va uchrashuvda «Dinamo» g‘alaba qozonganida, Andijondagi o‘yin natijasi nolga aylanardi. Qolaversa, kubok uchrashuvlariga nisbatan ishonch yo‘qolib, «Navbahor»ning obro‘siga soya tushardi. Xayriyatki, «lochinlar» Jizzaxda o‘ziga xos taktik yo‘l tanlashdi. Namangan jamoasi dastlab maydonda aralash tarkibda harakatlandi va «Dinamo» uchun o‘ziga xos sharoit yaratildi. Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboyev, Toma Tabatadze, Odil Hamrobekov, Farrux Sayfiyev kabi tajribali futbolchilar maydonda bo‘lmagan vaqt Vadim Abramov shogirdlari «Navbahor» darvozasiga gol urish uchun katta kuch sarf­ladilar, ammo maqsadga yetolmadilar. Shunday imkoniyatdan foydalanmadimi, demak, ayb «Dinamo»ning o‘zida. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida «lochinlar»  «Andijon» va «Nasaf»ga ham imkon berish yo‘lida haqiqiy kuch-g‘ayratlarini ishga solishdi. Shunga yarasha natija ham o‘zini uzoq kuttirmadi. Jizzaxda 1:1 hisobi qayd etilayotganini bilgan «Andijon» va «Nasaf» esa faqat va faqat g‘alaba uchun kurashdi. Darvozalarga esa gol urilavermadi...

Aksariyat muxlislar «Andijon»dagi bahs durang bilan yakunlanib, «Dinamo» ko‘chasida bayram boshlanishiga ishonishdi ham. Shunday qaltis vaziyatda «Bobur-Arena» junbushga keldi va «Andijon» tish-tirnog‘i bilan hujumga otlandi. Yana sardor Aleksandr Bubanya o‘zini ko‘rsatdi. Uning zarbasini bir necha «seyv» ko‘rsatgan Zafar Safoyev bir amallab bartaraf etdi. Maydonning har bir qarichida hozir-u nozir Bektemir Abdumannonov esa qaytgan to‘pni «Nasaf» darvozasiga joyladi. Bu -  g‘alaba uchun oxirigacha kurashmoq va chinakam ishonch tantanasidir. Superligada e’tirof etilgan liderlarni ortda qoldirib, muxlislarni hayratlantirayotgan «Andijon» O‘zbekiston kubogida ham katta maqsadlarni ko‘zlayapti, chog‘i. Ta’kidlash joiz, Aleksandr Xomyakov jamoasi uchun «Navbahor» Jizzaxda yo‘l ochdi va ke­yingi bosqichda o‘zi uchun noqulay va kuchli sanalgan raqibga imkon yaratayotganini o‘ylamadi. Tahsinga sazovor bunday yondashuv. 

Mulohazalarimiz yakunida Garri Keyn ham «Real» darvozasiga urajak gollari haqida miriqib so‘zlaganini eslatib, andak taxminlarga berilganimiz uchun  muxlislardan uzr so‘raymiz. Futbolimiz yana ham taraqqiy topishi bilan bog‘liq yaxshi gumonlarda bo‘laveraylik va muxlislar qalbida terma jamoalarimizning g‘alabalariga nisbatan ishonch tantanasi porlayversin!

Muhammad Vali

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:05, 01.05.2024. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик