Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Inter
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • 3:2
      • Alaves
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      • Mash’al
      • -:-
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Navbahor
      • 11.03.2026 16:30
      • Surxon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 11.03.2026 19:30
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 11.03.2026 19:45
      • Buxoro
      • -:-
      • Xorazm
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 27 54
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 27 35
10 Atletik Bilbao 27 35
11 Osasuna 27 34
12 Valensiya 27 32
13 Rayo Valyekano 27 31
14 Sevilya 27 31
15 Jirona 27 31
16 Alaves 27 27
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 27 18

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona
27-тур Vilyarreal 2-1 Elche
27-тур Xetafe 2-0 Betis
27-тур Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
27-тур Valensiya 3-2 Alaves
27-тур Espanyol 1-1 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

14/03/26 Alaves - Vilyarreal
14/03/26 Jirona - Atletik Bilbao
14/03/26 Atletiko - Xetafe
14/03/26 Real Ovyedo - Valensiya
15/03/26 Real Madrid - Elche
15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Liga mutaxassislari «Dinamo» stadionida bo‘ldi va uning mavsumga tayyor emasligini qayd etdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2023 yilning 11 aprel kuni Liga Samarqand viloyati hokimligiga rasmiy xat yo‘llab, «Dinamo» klubi ehtimoliy Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, «Dinamo» stadioni 2024 yilgi mavsumdan boshlab chempionat o‘yinlarini qabul qila olmasligini ma’lum qilgandi. Oradan 8 oy o‘tib, «Dinamo» stadioni maysasi, drenaj va sug‘orish tizimini yangilash ishlari boshlandi.

Shu yilning 15 may kuni «Dinamo» klubi Ligaga murojaat qilib, «Dinamo» stadioni mavsumga tayyor qilingani va uni qabul qilib olish uchun mutaxassislar yuborishni so‘radi. Viloyat hokimligi esa 20 may kungi «Dinamo» — «Paxtakor» uchrashuvini «Dinamo» stadionida o‘tkazish istagini bildirdi.

«Superliga va Proliga reglamenti»ning 11.3-bandida futbol klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi va zaxira stadionlari aktini rasmiy uchrashuv sanasidan kamida uch hafta avval Ligaga taqdim etishi lozimligi ko‘rsatilgan. 15.8-bandda esa futbol klubi uchrashuv startiga 20 kundan kam bo‘lmagan muddatda Ligaga mazkur uchrashuv sanasi yoki vaqtini o‘zgartirish borasida batafsil asoslantirilgan murojaat bilan chiqishga haqli ekani qayd etilgan. Biroq rasmiy uchrashuv startiga 5 kun muddat qolgan bir vaqtda mavsum uchun tayyor bo‘lmagan stadionda Superliga uchrashuvini o‘tkazish taklifi maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Bunga quyidagi sabablarni keltirish mumkin:

— Superliganing mehmon maqomidagi jamoasi safar o‘yini uchun yo‘l chiptalari hamda mehmonxonalarni kamida bir oy muqaddam buyurtma qiladi;

— O‘zFHM Superliga uchrashuvi o‘tadigan stadionda VAR texnikasi faoliyatini tashkil etish uchun kamida bir hafta avval tayyorgarlik boshlashi lozim;

— Superliga teletranslyasiyasi huquqi egasi hisoblangan «Sport» telekanali har qanday rasmiy uchrashuv uchun rejalarini ikki hafta avval tasdiqlaydi.

Shunga qaramay, Liga o‘z mutaxassislarini 16-17 may kunlari Samarqand shahriga xizmat safariga yubordi. «Dinamo» stadionida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, stadion Superliga o‘yinlarini o‘tkazish uchun tayyor emas deb topildi. Boisi:

— stadion projektorlari ayni vaqtda 1258 lyuksni tashkil qiladi. Superliga stadioni uchun talab esa 1800 lyuks hisoblanadi;

— maydon atrofi rezina yoki sun’iy qoplama bilan emas, asfalt qoplama bilan o‘ralgan, bu esa sportchilar sog‘ligi uchun xavfli hisoblanadi;

— muxlislar joy olishi ko‘zda tutilgan ayrim tribunalarda beton qoplama yemirilishi natijasida qattiq tosh bo‘laklari ajralib chiqqan, bu esa xavfsizlik talablariga mos kelmaydi;

— zaxira futbolchilari chigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoit mavjud emas;

— stadion VAR hamda MTRK texnikasi faoliyat olib borishi uchun 100 mbit/s dan bo‘lgan alohida-alohida internet liniyasiga ega emas;

— stadion audiotizimida sozlash ishlari olib borilishi lozim;

— uchrashuv komissari xonasi Liga talabi darajasida jihozlanmagan;

— har ikki jamoaning zaxira futbolchilari va rasmiylari joy olishi lozim bo‘lgan texnik hudud Liga talabi darajasida emas.

Hozircha faqatgina «Dinamo» stadioni maydoni, maysasi, drenaj hamda sug‘orish tizimi yangilangan. Biroq mazkur ish bilan shug‘ullangan korxona mutaxassislari Liga bilan suhbatda kamida may oyi so‘ngiga qadar maydon maysasi rasmiy uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor bo‘lmasligini bildirdi. Maydon mutaxassislari xulosasiga amal qilmay, maydonda biror tadbir o‘tkazilsa, korxona maydonning kelgusi holati yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmasligini ma’lum qildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga «Dinamo» stadioni hozircha Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun tayyor emas degan xulosaga keldi. Stadionni tezroq tayyorlash va uning barcha talablarga javob berishi yuzasidan birgalikda ishlash borasida Liga Samarqand viloyati hokimligi hamda «Dinamo» futbol klubi bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga tayyor.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:19, 17.05.2024. O'qildi: 909 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.