Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Inter
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • 3:2
      • Alaves
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      • Mash’al
      • -:-
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Navbahor
      • 11.03.2026 16:30
      • Surxon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 11.03.2026 19:30
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 11.03.2026 19:45
      • Buxoro
      • -:-
      • Xorazm
  • ECHL
      • 10.03.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Liverpul
      • 11.03.2026 01:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bavariya
      • 11.03.2026 01:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Tottenhem
      • 11.03.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Barselona
      • 11.03.2026 22:45
      • Bayer
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 27 54
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 27 35
10 Atletik Bilbao 27 35
11 Osasuna 27 34
12 Valensiya 27 32
13 Rayo Valyekano 27 31
14 Sevilya 27 31
15 Jirona 27 31
16 Alaves 27 27
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 27 18

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona
27-тур Vilyarreal 2-1 Elche
27-тур Xetafe 2-0 Betis
27-тур Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
27-тур Valensiya 3-2 Alaves
27-тур Espanyol 1-1 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

14/03/26 Alaves - Vilyarreal
14/03/26 Jirona - Atletik Bilbao
14/03/26 Atletiko - Xetafe
14/03/26 Real Ovyedo - Valensiya
15/03/26 Real Madrid - Elche
15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan: “Biz o‘z vazifamizni uddaladik”

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan Navbahor – Neftchi” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Samvel Vyacheslavovich odatdagidek o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Assalomu alaykum! Avvalo barcha muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Namanganda hozir katta bayram. Xalqaro “Gullar” bayrami. Bu esa bizga kattaroq bosim yukladi. Bayram kuni g‘alaba qozonishimiz shart edi. Bugun tribunalar to‘ldi. “Neftchi” muxlislariga ham rahmat. Ular jamoasiga bo‘lgan muhabbatni namoyish etishdi. Yigitlarga katta rahmat. Biz o‘z vazifamizni uddaladik. Doimo g‘alaba va xursandchilik bo‘lsin.

- Sizni bugungi tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Ruslan Jiyanov bugun o‘yinga o‘zgacha joziba baxsh etdi. Uni boshlang‘ich tarkibdami yoki ertaroq maydonga tushirishning iloji bormidi?

- Avvalgi uchrashuvlardan keyin ham shuni ta’kidlagandim. Jiyanovni sekin- astalik bilan asosiy tarkibga qo‘shyapmiz. U asosiy tarkib futbolchisi. Biz Ruslanni atayin eng foydali vaqtda maydonga tushirishni reja qilgandik va shunday ham bo‘ldi. U bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Ruslanning pozisiyasida o‘ynaydigan futbolchilar hujumda ko‘p vaziyatlar yaratishmagan bo‘lishi mumkin, ammo ular jamoaga katta foyda keltirishdi.

Himoyada ko‘p mehnat qilishdi. Afsuski, Jiyanov kabi futbolchimiz bir dona. Maydonga tushishi bilan o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchilar soni jamoamda ko‘proq bo‘lishini istardim. Ammo hozircha bori shu. Bugun hujum chizig‘ida yanada ko‘proq o‘zgarishlarga qo‘l urish niyatim bor edi. Jiyanov maydonga tushdi va o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi.

- Avvalambor tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. O‘tgan mavsum "Navbahor" jamoasi sifatli zaxira yo‘qligi sababli, ko‘p pand yegandi. Jamoa joriy mavsum bir necha tajribali futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Siz hozirgina hujumga yordam bera oladigan o‘yinchilarni ko‘proq maydonga tushirish istagingiz borligi, ammo munosib nomzodlar kamligidan nolidingiz. Sizning fikringizcha, Siyavash Haqnazariy etarlicha mahoratga ega emasmi? Zaxirada Haqnazariydek kreativ va tajribali futbolchi bor, biroq siz zaxira o‘rindig‘iga yaxshiroq futbolchilar kerakligidan nolimoqdasiz...

- Siz qaysi tashkilotdansiz? Blogermisiz yoki jurnalist? Men ikki xil teng tarkibga ega bo‘lishni istayman, ammo bizda bunday emas. Raqibimiz bugun 5 ta o‘zgarishga qo‘l urdi va 4 ta o‘zgarish hujum chizig‘ida ro‘y berdi. Menda bunday imkoniyat yo‘q. Faqatgina statistika uchun o‘zgarish qilish noto‘g‘ri. Maydonga tushgan yangi futbolchi o‘yinga sifat qo‘shishi kerak. “Navbahor”ning o‘yinlarini ko‘rsangiz, kim zaxiradan o‘yinga qo‘shilib jamoaga yordam berayotganini bilib olasiz. Men o‘zimdan o‘zim bunday qarorga kelmayman, balki faktlarga asoslanib, qaror qabul qilaman. Tarkibni tanlashda bir nechta jihatlarga e’tibor beraman. Mashg‘ulotlarda kim qanday o‘yin namoyish etayotganini ko‘raman va shundan kelib chiqib qaror qabul qilaman. Bugungi uchrashuvda Iskanderov, Tabatadze, Ismoilovlar to‘psiz ko‘p mehnat qilishdi va shu sababli ko‘p kuch yo‘qotishdi. Bugun oson o‘yin bo‘lgani yo‘q. Men zaxiramizda 4-5 nafar  kuchli futbolchiga ega bo‘lishni istayman, ammo hozircha buning iloji yo‘q.

- Birinchi va ikkinchi bo‘limda yaqqol vaziyatlar yaratildi, ammo vaziyatlardan foydalanish yana oqsamoqda. Jamoadan qanchalik ko‘nglingiz to‘lmoqda? Joriy mavsumda Navbahorning chempionlik imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Kelajak haqida gapirmaylik. Hozirgi holat bo‘yicha harakat qilishimiz kerak. Endigina 8-tur yakunlandi, “Navbahor” esa 7 ta bahs o‘tkazdi.Oldinda o‘yinlar juda ko‘p. Jamoadan to‘liq ko‘nglim to‘lmoqda. Bugun to‘psiz ham juda yaxshi harakatlandik. Hujumdagi vaziyatlar haqida gapiradigan bo‘lsam, bugun ko‘p vaziyat yaratdik. Vaziyatni yakunlash bo‘yicha biroz omadimiz kelmadi. Standartlardan ham vaziyatlar yarata oldik. Raqib jarima maydonchasiga ichida agressivroq o‘ynashimiz kerak edi. “Neftchi” o‘z jarima maydonchasida 9 kishi bo‘lib himoyalandi. Lekin biz baribir vaziyatlar yaratishda davom etdik va o‘yin so‘ngida gol urdik. Harakat hamda ishtiyoq yakunda o‘z mevasini berdi. Biz ko‘proq gol urishni maqsad qilgandik.

Navbahor bosh murabbiyi sifatida ishlayotganingizdan buyon "Neftchi" jamoasiga mag‘lub bo‘lmadingiz. Bunga sabab farg‘onaliklarni yaxshi o‘rganganingizdanmi?

- 1995 yillari ikki jamoa o‘rtasida dahshatli derbilar bo‘lib o‘tardi. Men o‘sha vaqti yosh yigitcha edim. 1996 yili esa biz chempionlikni nishonlagandik. Hozir esa zamon boshqacha. “Navbahor” – “Neftchi” to‘qnashuvlari har doim qiziqarli kechgan. O‘sha vaqtlari stadionlar to‘lar edi. “Paxtakor”da ham deyarli 15 yil ishladim va o‘sha vaqtlari “Neftchi”ga qarshi ko‘p to‘qnash kelganman. Dahshatli janglar guvohi bo‘lganman. Derbilar meni katta qildi. Bunday muxlislik barchaga qo‘shimcha javobgarlik yuklaydi. Bugun futbol bayrami bo‘ldi. Namangan shahridagi bayram bilan barchani yana bir bor tabriklayman.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:06, 20.05.2024. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.