Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Bolonya» orqali yuksalish

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Murabbiylik maktabiga shiddat bilan kirib kelgan Tyago Motta kutilganidek, tezda ko‘tarilishga erishdi.

«Bolonya»ni CHLga olib chiqqan braziliyalik/italiyalik mutaxassis yangi mavsumni «Yuventus» rulida boshlaydi. Aytish o‘rinli, kelishgan qomatli Tyago «Bolonya»da kanadalik nufuzli shaxslarning moddiy ta’minoti tufayli ham qisqa muddatda yaqqol ko‘zga tashlandi.

Nyu-York mafiyasiga aloqadorlik. Bolonya shahri klubi bundan 10 yilcha muqaddam tug‘ma milliarder, «Monreal» asoschisi Juzeppe Saputo tasarrufiga o‘tgandi. Ma’lumotlarga qaraganda, uning otasi Emanuele Sisiliyada, pishloqpazlar oilasida tug‘ilgan va keyinchalik Kvebek shahriga ko‘chib ketgan. Katta Saputo tez orada Shimoliy Amerikadagi pisseriylar uchun mosarella ishlab chiqaradigan zavod ochadi. Kanadaga olis o‘lkadan borgan pishloqpaz bunday yirik biznesga qayerdan kapital topgan? Bu savolga Kanada polisiyasi hujjatlaridan javob topish mumkin. Garchi Lino boboning o‘zi mafiya bilan aloqadorligini qat’iy inkor etsada, prokurorlar barchasini isbotlab qo‘yishgan. Xullas, katta Saputo Italiya-Amerika mafiyasi asoschilaridan biri sanalgan Jozef Bonanno yordamida AQSH sut mahsulotlari bozorida nazoratni o‘z qo‘liga olgandi. Don Bonanno «Bolonya» sohibi otasining uyiga ham tashrif buyurgan.

Hozirda «Saputo» xalqaro kompaniyasi kapitali 7,5 mlrd. yevroga baholanmoqda. Uning mahsulotlari dunyoning barcha burchaklarida birdek xaridorgir. Aytishlaricha, katta Saputo orada don Bonannoni bandit Marlon Brandoning tutingan otasi maqomidan forig‘ etish uchun «nafaqaga chiqqan» mafiozga 210 ming dollar jo‘natgan. Mavzuga aloqasi yo‘q mazkur chekinish «Bolonya» naqadar badavlat va yirik aloqalarga ega kimsalar izmida ekanligini tasdiqlaydi. Jumladan, transferlar byudjeti ham klub sohibi e’tiboridan chetda emas. Mana, sut mahsulotlari kompaniyasi merosxo‘ri sanalgan Juzeppe Saputo o‘ziga yoqadigan jamoa shakllantirish uchun 41 yoshli Mottaga ulkan miqdorda mablag‘ ajratdi. O‘zi futbolsevar Joiga Kanada klubi kamlik qilgach, u «A» seriya jamoasini xarid qilgandi. Biroq Sinisha Mixaylovich xastalik ortidan «Bolonya»da shiddatli parvozni ta’minlay olmadi va ko‘p o‘tmay, yorug‘ dunyo bilan vidolashdi. Motta esa 2022 yilning sentyabrida klub boshqaruvini qo‘lga oldi.

Byelsa, Anchelotti va Mou­rinyo prinsiplari asosida... «Bolonya»ning 2-7-2 taktik chizmasi qayerdan paydo bo‘ldi? Tago bu uslubda qanotlarga alohida yondashadi. Ya’ni 4 nafar futbolchi ikki qanotda to‘p suradi, qolganlar markaziy chiziq bo‘ylab harakatlanishadi. Navqiron murabbiy uslubi bo‘yicha darvozabon ham maydon o‘yin­chilari qatoridadir. Qolaversa, ikki nafar himoyachi va 3 nafar xavbek vazifalari tayin bo‘lsa, yagona markaziy hujumchiga maydonning barcha hududlari bo‘ylab harakatlanish huquqi berilgan. Asosiysi, 2-7-2 chizmasi o‘yin­ning fazalarida 4-3-3, 4-1-4-1 yoki 4-5-1 ko‘rinishinini olishi mumkin. Tyago uchun futbolchilarga o‘z mahoratini erkin namoyish etish imkoniyatini yaratish juda muhim. Motta bu borada shogirdlarining ijodiy o‘yiniga aslo xalal bermaydigan, lekin har biriga aniq vazifa belgilaydigan Karlo Anchelottini namuna sifatida ko‘rsatadi. Ushbu taktik chizmada «Bo­lonya» futbolchilari ortiqcha yuklama ostida toliqib qolishmaydimi? Italiyalik murabbiy mavsum davomida berilgan bu kabi savollarga har safar xotirjam javob qaytardi: «Hozircha shikoyat yo‘q. Bordiyu, ish hajmi bo‘yicha e’tiroz tushsa, barchasini qayta ko‘rib chiqamiz».

Aslida Motta murabbiylik faoliyatining ilk bosqichida Marselo Byelsa g‘oyalaridan ilhom olgan. Xususan, argentinalik qo‘l ostida o‘ynagan «Lids»ga tartib-intizom namunasi sifatida qaragan. Braziliyalik/italiyalik yosh mutaxassis shuningdek, Joze Mourinyo tomonidan shaklantirgan «Inter» va Yoaxim Lyov boshqargan Germaniya milliy jamoasining ishonchli himoyasidan ibratli jihatlarni o‘zlashtirganini yashirmaydi.

«Bolonya» tarkibidagi ijrochilar saviya bobida zaifroq bo‘lishgani uchun Motta o‘ta abjir va chaqqon darvozabonga ehtiyoj sezardi. Polshalik Lukash Skorup­ski har qanday vazifani uddalaydigan kiper bo‘lib chiqdi - murabbiy orzusidagi ijrochi. To‘g‘ri, u «seyv»lari soni bilan ortiqcha maqtanolmaydi. Lekin himoya chizig‘ida o‘rnatilgan keng blok «Bo­lonya»ga nihoyat, kuchli beshlikka kirish imkonini berdi. Yakunda «A» seriya turnir jadvalining 5-pog‘onasi «Bolonya»ga yangi formatda o‘tadigan CHL yo‘llanmasini tortiq etdi. Shu tariqa Motta kamtarin klub bilan boshini tik tutgan holda mag‘rur xayrlashdi. E’timolki, Tyagoning jamoasiga yakunlangan mavsum «Napoli»da ichki muammolar yuzaga kelgani, «Roma» murabbiy masalasida uzoq ikkilangani va «Lasio»ga barqarorlik yetishmagani ham qo‘l kelgandir. Shunisi faktki, «Bolonya» xuddi «Fiorentina» kabi yuqori pressingdan foydalanib, butun chempionat masofasida sifatli futbol namoyish etdi. Bu esa Motta  nomdor jamoalarda ham muvaffaqiyatli ish yurita olish qobiliyatiga egaligidan dalolat.

Vazifalar va o‘yin falsafasini to‘g‘ri tushuntirish mohiyati. Motta bisotida himoyadan hujumga o‘tish masalasida 3 xil variant bor - chuqur, o‘rtacha va yuqori uslub. Alohida aytish kerak, «Bolonya» yakunlangan mavsum to‘p nazorati bo‘yicha «A» seriyada faqat «Napoli»dan orqada qoldi. Lekin Tyago «Brayton»da to‘p nazoratini yuksak darajaga olib chiqqan Roberto de Zerbi uslubiga havas qilmaydi. Uning jamoasi chuqur uslubda darvozabon ham maydon o‘yinchisi vazifasini ado etadigan 4-2-5 chizmasiga tayanadi. Bunda himoyachilardan biri tayanch hududiga ko‘chadi. Shunday o‘yin manzarasi «Manchester Siti»da ham ko‘zga tashlanishini aytish kerak. O‘rtacha sur’atda to‘p surish uslubida esa Motta shogirdlari raqib jamoa salohiyatini inobatga olgan holda, 4-3-3 yoki 3-2-5 chizmasi bo‘yicha harakatlanishadi. Yuqori sur’atga asoslangan uslubga kelsak, bunisi Xabi Alonso «Bayer»da yo‘lga qo‘ygan chinakam «fishka» chizmaga o‘xshash. Umuman, 2-7-2 chizmasida o‘ng va chap qanotdan joy olgan juftliklar shiddatli harakat bilan raqiblarni jalb etadi, natijada maydon markazidagi yettilik uchun bo‘sh hududlar ochiladi. Shu asnoda samarali hujumlar tashkillash uchun qulay vaziyatlar yuzaga keladi.

Braziliya futboli ishlanmalari. Tyago Motta San-Pauluda tavallud topganini alohida ta’kidlash joiz. Uning braziliyalik mutaxassislarning foydali ishlanmalaridan foydalanishi ham bejiz emas. Masalan, «Fluminense» murabbiyi Dinis ishiga katta qiziqish bilan qaraydi. Yosh murabbiyning yangi mavsumni qayerda boshlashi uzoq vaqt muhokama qilingani ham bor gap. Jumladan, Italiya mafiyasiga tanish «Napoli» prezidenti Aurelio de Laurentisning Rimda Tyago bilan naq 6 soat muloqotda bo‘lgani aytildi. Biroq Motta yakunda kinoprodyuserning «Napoli» boshqaruvini qo‘lga olish xususidagi taklifini rad etdi. Shunda de Laurentis og‘zidan gullab, Motta allaqachon safar tadorikida ekanligini aytib qo‘ydi. Ke­yinchalik shijoatli murabbiyni «Bavariya» va «MYU» kabi klublar bilan «bog‘lashdi». Ayniqsa, Mottaning «Old Trafford»da ish boshlashi ehtimoli baland ekanligi aytildi. Biroq Manches­ter klubi yangi sohibi Jim Retkliff yakunda niderlandiyalik Erik ten Xagni o‘z o‘rnida qoldirishni ma’qul topdi. Vaholanki, Tyagoning o‘yin falsafasi «MYU»ga ancha mos kelishi taxmin qilingan edi. Oxir-oqibat, «Barselona» va «Inter» safida CHL g‘olibiga aylangan istiqbolli murabbiy Massimiliano Allegri bilan mojaroli tarzda orani ochiq qilgan «Yuventus»ni tanladi. Endi uning Turinda o‘z falsafasini qanday tatbiq etishini kuzatish qoldi... 

Sodiq SOBIR tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:46, 23.06.2024. O'qildi: 952 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик