Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • 2:1
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • 2:2
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • 0:0
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 2:1
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 9 12
9 Qizilqum 9 12
10 Xorazm 9 12
11 Surxon 9 11
12 Andijon 9 10
13 Qo‘qon-1912 9 8
14 Dinamo 9 8
15 So‘g‘diyona 9 6
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Andijon - Dinamo
28/04/26 So‘g‘diyona - Surxon
28/04/26 Paxtakor - Nasaf
29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan: "Navbahor" bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor va tovon pulidan bosh tortdim hamda hech qanday moliyaviy da’volarsiz ketyapman"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Samvel Vyacheslavovich Babayan “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqishi arafasida klub rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berdi.

"Mashg‘ulot davomida jarohat olganim va tiklanish hamda reabilitasiya uchun ko‘p vaqt zarurligi tufayli, klub rahbariyatidan o‘zaro kelishuvga ko‘ra, shartnomamni bekor qilishni so‘raganimni ma’lum qilaman. Ayni paytda men bosh murabbiylik vazifamni to‘liq bajara olmayman. Natijalarga kelsak, aytishim mumkinki, chempionlik uchun butun kurash hali oldinda. Tajribamda bunday vaziyat oldin ham ro‘y bergan: “Paxtakor” “Bunyodkor”dan 12 ochkoga ortda borishiga qaramasdan, 2012 yil oxirida chempion bo‘lgan edi.

Oxirgi ikki o‘yinga jamoani to‘liq tayyorlay olmadim, bu o‘yin sifatiga ta’sir qildi. “Navbahor” bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor va tovon pulidan bosh tortdim hamda hech qanday moliyaviy da’volarsiz ketyapman. Uzoq muddatli shartnoma tuzib, klubdan pul siqib chiqarib, uni qiyin moliyaviy ahvolga solib qo‘yish adolatdan emas. Ishonamanki, “Navbahor” ko‘zlangan natijalarga erishadi – buning uchun yuqori saviyali futbol ko‘rsatadigan malakali futbolchilar bor, klub tomonidan yaratilgan sharoitlar, rahbariyatning ambisiyalari va albatta, muxlislarning katta qo‘llab-quvvatlashi bor. Ular jamoamizni va meni bosh murabbiy sifatida doim qo‘llab-quvvatlab kelishgan.

Albatta, jamoaning yuqori saviyali va hujumkor o‘yini, muhim chempionat va kubok o‘yinlaridagi g‘alabalari hamda OCHLdagi uchrashuvlarning ajoyib damlarini eslamoqchiman. Uch yil davomida biz klub rahbariyati bilan birgalikda “Navbahor” klubi brendini tikladik. “Navbahor” O‘zbekiston chempionati peshqadamlaridan biri bo‘lgan shonli davrlarga qaytdik. Men kelgan paytimda “Navbahor” quyi ligaga tushib ketish zonasida edi va shu davr ichida men hamkasblarim bilan ko‘p ishlarni sifatli bajardik. Endilikda “Navbahor” O‘zbekistonning eng ko‘p tilga olingan klubi va chempionatimiz asosiy kuchlaridan biri hisoblanadi. Barcha futbolchilar, murabbiylar, klub va stadion xodimlariga ushbu ajoyib uch yil uchun rahmat, ishlaringizga omad, sog‘lik-salomatlik tilayman.

Viloyat hokimi Abdurazakov Shavkat Shokirjonovichga 3 yil davomida ko‘rsatgan yordami uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Mehr va e’tibor tufayli Namangan viloyatida futbol jadal rivojlanmoqda. “Navbahor”ning natijaga erishishi uchun men bilan yonma-yon harakat qilgan klub rahbarlari, Otabek va Oybek Samatovlarga katta rahmat. “Navbahor”ga yaratilgan sharoitlar klubning nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Osiyoda mashhur klubga aylanishiga imkon berdi.

Chempionlar ligasi o‘yinlari chog‘ida “Navbahor” stadionida bo‘lib o‘tgan futbol bayrami Osiyoning eng yaxshi jamoalari – “Al-Hilol”, “Al-Ittihod” va jahon futboli yulduzlari kelishgani hamisha barchamizning yodimizda qoladi. Ishonchim komilki, bu yil ham jamoa ko‘zlangan natijalarni qo‘lga kiritadi. Foydalanilmagan penaltilar, zo‘r pozisiyalardan urilmagan gollar ertami-kechmi gollarga aylantiriladi va jamoa chempionat peshqadamiga aylanadi.

O‘z navbatida yana bir bor aytmoqchimanki, “Navbahor” har bir o‘yinda maksimal natijaga erishishi, muxlislarimiz jamoadan xursand bo‘lib, faxrlanishlari uchun o‘zimga bog‘liq bo‘lgan hamma narsani qildim.Boshidanoq Namanganga kelganimda, bu klub va uning muxlislari men uchun alohida ahamiyatga ega edi. Murabbiylik faoliyatim aynan Namanganda 1996 yilda, O‘zbekiston chempioni bo‘lganimizda boshlangan.Hozir ham, men ketganimda ham, klub mening qalbimda abadiy o‘zgacha o‘rin egallaydi va jamoaga to‘xtab qolmay, yanada rivojlanishini, yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritishini tilayman, - dedi Samvel Babayan.

Kiritildi: 14:46, 29.06.2024. O'qildi: 1949 marta. Fikrlar: 54 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Нефтчи Stipe Perisa 5
4 Сурхон Chinedu Stefan 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Бухоро Sherzod Esanov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
9 Нефтчи Alisher Odilov 3
10 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик