Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Olimpiyachilarimiz Saloh bilan to‘qnash kelishadimi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Yoshlar va o‘smirlar t.j. / O‘zbekiston U-22
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oxirgi kunlarda Olimpiada-2024 futbol turniriga bog‘liq yaxshi xabarlar oqimi yuzaga keldi.

Birinchidan, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yetakchi legionerlari - Abduqodir Husanov va Abbos Fayzullayevga klublari Parij-2024da qatnashish uchun ruxsat berishgani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchidan, jamoamizning guruhdagi raqiblaridan biri - Misr termasi o‘z tarkibiga Muhammad Salohni qo‘shish harakatiga tushgani oydinlashdi. Ha, «Liverpul» hujumchisining Olimpiadada ishtirok etishi vakillarimizga qo‘shimcha mushkolot tug‘dirishi mumkin. Lekin yigitlarimizning Salohdek yulduzga qarshi o‘ynashlari - bu alohida voqelik. Nafaqat muxlislar, balki futbolchilarimizning o‘zlari uchun ham.

*** 

Fransiyaning «Lans» klubi hamyurtimiz Abduqodir Husanovning Olimpiada-2024da qatnashishini tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, Liga 1 ishtirokchisi himoyachimizning 24 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadigan Olimpiada o‘yinlarida qatnashishiga qarshi emas. Garchi Olimpiada taqvimi FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmasada, «Lans» Husanovning O‘zbekiston olimpiya termasi bilan birga bo‘lishiga rasman ruxsat berdi. Shuningdek, SSKAning yangi bosh murabbiyi Marko Nikolich ham jamoa yarim himoyachi Abbos Fayzullayev Olimpiadaga borishini ma’lum qildi: «Abbos Olimpiadada ishtirok etishi lozim, u klub safiga shu turnirdan so‘ng qo‘shiladi. Ungacha yangi mavsumga Abbossiz tayyorgarlik ko‘ramiz. Umuman olganda, hozirda 7 nafar futbolchi yig‘inlarda ishtirok etmayapti».  Aytish kerak, kutilishicha, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parij-2024ga boradigan yakuniy tarkibni 30 iyun kuni e’lon qiladi. SSKA bosh direktori Roman Babayev esa Abbos Fayzullayevga Yevropa klublari haqida tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi. «Ha, Fayzullayevga qiziqish bor, ammo rasmiy taklif tushganicha yo‘q. Har qanday holatda shoshilish ortiqcha ekanligini hamma biladi, jumladan, Abbosning o‘zi ham. Aminmanki, u erta-kech Yevropa darajasida o‘ynaydi, ammo hamma ishning o‘z mavridi bor. Agarda klub va futbolchining o‘ziga qandaydir fantastik taklif tushib qolmasa, u yaqin orada qayergadir yo‘l olmasa kerak. Buning ehtimoli yuqori emas», - deya Babayev so‘zlarini keltirdi «Sovetskiy Sport» nashri. Eslatma, avvalroq Fayzullayevga Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi qiziqayotgani borasida xabarlar chiqqandi. 

*** 

Raqiblarimiz ham Fransiyaga kuchli futbolchilar bilan yo‘l olish harakatidalar. Misol uchun, Misr futbol asossasiyasi «Liverpul» rahbariyati bilan hujumchi Muhammad Salohni Olimpiadaga qo‘yib yuborishi masalasida muzokara olib bormoqda. Goleador futbolchining o‘zi esa allaqachon  mamlakati sharafini himoya qilishga tayyorligini bildirgan. Qolaversa, Saloh Misr milliy jamoasining oxirgi yig‘inidan keyin o‘z xohishi bilan darhol Liverpulga qaytgan. Demak, «Liverpul» uning tezda sport formasini tiklash ishtiyoqini inobatga olib, Parij Olimpiadasida o‘ynashiga mone’lik qilmasligi ham mumkin. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston termasi «S» guruhi 2-turida aynan misrliklarga qarshi o‘ynaydi. Umuman, Olimpiada dasturidan o‘rin olgan futbol turniri 24 iyul kuni boshlanib, 10 avgustda yakunlanadi.

O‘zbekiston U-23 termasining Olimpiada-2024 guruh bosqichi («S» kvarteti)dagi o‘yinlari

1-tur. 24 iyul. Parij 

ISPANIYA - O‘ZBEKISTON

2-tur. 27 iyul. Nant

O‘ZBEKISTON - MISR

3-tur. 30 iyul. Parij

DOMINIKAN RES. - O‘ZBEKISTON

*** 

Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-23 termasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Uzbe-kistan~s Club tashabbusi bilan «Men o‘zbekistonlikman - qonimda g‘alaba» shiori ostida jamoa madhiyasi uchun maxsus videorolik suratga olindi. O‘zbekistonliklarni bir maqsad yo‘lida birlashtirish, olimpiya jamoamizni bo‘lajak yirik musobaqada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha uchun Konstaning «O‘zbekistonlik» treki madhiya sifatida tanlab olindi. Suratga olish ishlarida bosh jamoa bosh murabbiyi Temur Kapadze va yetakchi futbolchilar ishtirok etishdi. Mazkur videorolik ilk marta 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan katta gala-konsert davomida taqdim qilinadi. Loyihaning ahamiyatli tomoni shundaki, uni amalga oshirish uchun davlat idoralari, xususiy kompaniyalar va kreativ sanoat vakillari birlashishdi. Ular sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, jamoa atrofida o‘zbekistonliklarni birlashtirishga qaratilgan ulug‘vor vatanparvarlik milliy loyihasini yaratish g‘oyasidan ilhomlandilar.

«Futbolium» kanalida Olimpiada «zayavka»dagi futbolchilar soni nega kamligi bo‘yicha izoh berildi. «18 nafar futbolchi - bu kechagi emas, balki undan oldingi kun me’yori, albatta. Har holda, pandemiyadan keyin barcha turnirlar «zayavka»siga 23 emas, 26 nafar futbolchi kiritishga ruxsat berilmoqda. Qolaversa, zaxira limiti ham oshdi: 3ta o‘rniga 5ta. Bir qarashada, tarkibga ko‘proq futbolchi kiritishga ruxsat berish oson masaladek. Misol uchun, FIFA ham, OFK ham bunday qarorni osongina qabul qildi. Biroq muammo shundaki, Olimpiada reglamentiga o‘zgartirish kiritish uncha oson emas. Axir jamoalar tarkibini hatto 5 nafar futbolchi bilan kengaytirish sportchilarning jami soni 140 nafar (16ta erkaklar va 12ta ayollar jamoasi) ko‘payishini anglatadi. Har bir Olimpiadada esa ishtirokchilarning umumiy soni bo‘yicha limit bor. Shuning uchun misol uchun, yangi sport turlarining paydo bo‘lishi yoki hatto yangi vazn toifasi qo‘shilishi ham boshqa yo‘nalishlar va toifalarda qisqartirish bo‘lishiga olib keladi. Yana bir gap: FIFA Olimpiadada ayollar jamoalari sonini oshirib, miqdorni erkaklar yo‘nalishi bilan tenglashtirishga urinmoqda. Lekin hozircha MOQni ko‘ndirish iloji topilmayapti», - deb yozdi «Futbolium» kanali muallifi Alisher Nikimbayev.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:35, 30.06.2024. O'qildi: 1947 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.