Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FA "Surxon", "Navbahor" va "Neftchi" bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Surxondaryo viloyati prokuraturasi talabi bilan "Surxon" klubi sobiq rahbarlari hamda viloyat hokimligi jami 43 nafar futbolchi, murabbiy va xodim bilan belgilangan tartibda aniqlangan qarzdorlikni shu yilning 16 iyul sanasiga qadar bartaraf etdi.

Shu asosda "Surxon" O‘FA Apellyasiya qo‘mitasiga apellyasiya shikoyati kiritdi. 23 iyul kuni mazkur masala qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqildi. Unda 2023 yilning 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Surxon" futbol klubini yangi investorlarga sotish, bunda klubning shu sanaga qadar bo‘lgan qarzdorligi Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan qoplab berilishi belgilangani ma’lumot sifatida qayd etildi. O‘tgan vaqt davomida viloyat hokimligi mavjud qarzdorlikning haqiqiy miqdoriga aniqlik kiritib, keyinchalik mazkur ishni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshirdi. Bularning barchasi ma’lum vaqt talab etdi. Shunga qaramay, Assosiasiya, Liga hamda Uyushma FIFA nizomlari asosida sobiq futbolchi va murabbiylar huquqini himoya qilgani holda "Surxon" klubiga nisbatan qator sanksiyalar qo‘llab keldi. Ya’ni, Surxondaryo viloyati prokuraturasining talabi ijrosi bajarilguniga qadar, mazkur masala o‘z aktualligini yo‘qotmadi. Natijada "Surxon" klubining yangi investorlari o‘ziga tegishli bo‘lmagan majburiyatlar sabab yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida qator muammolarga duch keldi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Liga vakillari "Surxon" klubi bilan 2023 yilgi mavsumdan boshlab o‘zaro shartnomaviy majburiyatlar bo‘yicha hech qanday muammo mavjud emasligini qayd etdi. Aksincha, bugunga kelib "Surxon" Assosiasiya hamda Liga tomonidan qo‘yilgan barcha talabni o‘z vaqtida bajarib kelmoqda. Mazkur holatlarni inobatga olib, O‘FA Apellyasiya qo‘mitasi "Surxon" futbol klubiga nisbatan joriy yilning 2 iyul sanasida qo‘llanilgan barcha sanksiyalarni to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qildi. Ya’ni, "Surxon" yozgi transfer oynasida belgilangan limitdan chiqmagan holda har qanday yangi futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Biroq Uyushma himoyasi ostida qolayotgan 6 nafar sobiq futbolchi bilan bog‘liq masala yuzasidan tegishli organlar qayta huquqiy bahosini bersa, mazkur ish qayta ochiladi va u bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Shuningdek, Apellyasiya qo‘mitasi "Neftchi" futbol klubining apellyasiya shikoyatini ham ko‘rib chiqdi. Bunda "Neftchi" futbol klubi tomonidan O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasining qarorlariga nisbatan bir necha bor bepisand munosabatda bo‘lingani, klub tomonidan moliyaviy majburiyatlarning takroriy buzilishi qayd etildi. Shunga qaramay, "Neftchi" joriy 16 iyuliga qadar sobiq futbolchilari bilan hisob-kitob qilgani ta’kidlandi. Vaholanki, klub kafolatiga ko‘ra mazkur qarzdorlik aprel oyidayoq bartaraf etilishi lozim edi.

Qo‘shimchasiga, "Neftchi" shu yilning 28 iyun sanasiga qadar Liga oldidagi shartnomaviy majburiyatlarini to‘liq bajarib bo‘lishi belgilangan bo‘lsa-da, klub hozirga qadar mazkur majburiyatlarni mutlaqo bajarmasdan kelmoqda. Shunga qaramay, Liga "Neftchi" klubi ustidan O‘FA qo‘mitalariga shikoyat kiritmagani ma’lumot uchun qayd etildi.

Barcha masala ko‘rib chiqilgach, apellyasiya shikoyatini qanoatlantirish rad etildi hamda avvalgi qaror o‘z kuchida qoldirildi. Endilikda "Neftchi" yozgi transfer oynasida belgilangan limit doirasida mahalliy futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Xorijlik futbolchiga nisbatan taqiq esa o‘z kuchida qoladi.

"Navbahor" futbol klubi O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaga shu yilning 2 iyul sanasidagi qarori yuzasidan qayta murajaat qildi. Qo‘mita ikki ish kuni ichida klubga rasman rad javobini taqdim etdi. Xatda "Navbahor" futbol klubining qo‘mita qarorlariga nisbatan bir necha bor bepisand munosabatda bo‘lgani, ularning ijrosini belgilangan muddatda bajarmaganidan kelib chiqib, xorijiy futbolchilarni yozgi transfer oynasida ro‘yxatdan o‘tkazishga uzil-kesil taqiq qo‘yilgani tushuntirildi.

"Neftchi" kabi "Navbahor" futbol klubi ham shu yilning 28 iyun sanasiga qadar Liga oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarni to‘liq bajarishi lozim edi. Biroq klub mazkur masalada ham hozirgi kunga qadar mutlaqo harakatsiz hisoblanadi. Shunga qaramay, Liga O‘FA qo‘mitalariga shikoyat arizasiga kiritmagan.

Endilikda "Navbahor" yozgi transfer oynasida belgilangan limit doirasida mahalliy futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Xorijiy futbolchi bilan shartnoma esa Liga ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Kiritildi: 13:42, 25.07.2024. O'qildi: 2555 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик