Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Niderlandiya 7 7 3 17
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 4 16
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Olli Uotkins haqida 20ta fakt

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda nihoyasiga yetgan Yevro-2024 turnirida minglab muxlislar over-taymlarni kutib turgan pallada Olli Uotkins Angliyani va ularni ortiqcha ovoragarchilikdan qutqardi.

Yarim finalning tugashiga 10 daqiqa qolganida Garri Keyn o‘rniga tushgan «Aston Villa» hujumchisi g‘alaba golini uradi: Koul Palmer uzatmasini qabul qilishga chopdi, de Vrey qarshiligini gavdasi bilan sindirdi, darvoza tomon qayrildi va olis burchakni nishonga oldi. Go‘yo Olli ssenariyni bilganga o‘xshardi, ehtimol, shundaydir!

O‘yindan keyin Uotkins tan oldi: «O‘zim va farzandim hayoti bilan ont ichib aytamanki, maydonga tushayotganda Koulga shunday degandim: bugun yonma-yon o‘ynaymiz, sen to‘pni menga uzatasan. U to‘pni egallagach, uzatmani qabul qilish tadorikini ko‘rdim. U yog‘iga to‘pni egallash va hujumni yakunlash qolgandi». Olli uzoq kutgan imkoniyatga ega bo‘ldi: «Yaqinda nimadandir ko‘nglim g‘ash ekanligini sezib qoldim. Zaxirada o‘tirishni yoqtirmayman. Do‘stlarim doim dalda berishadi: «Sabr qil, imkoniyat bo‘ladi, o‘ta muhim gollar urganingni o‘zing ham bilmay qolasan!» Finalda shunday bo‘lishidan umidvorman». To‘g‘ri, final Olli orzu qilganidek bo‘lmadi. Lekin Olli Garet Sautgeytni risarlik unvoniga ancha yaqinlashtirdi.

Endi Uotkinsga oid 20ta fakt bilan tanishamiz:

1. Uotkins Agata Kristidek mashhur adiba tug‘ilgan shaharda dunyoga kelgan. Torki nomli shaharni eshitmaganmisiz? Hechqisi yo‘q. Vaholanki, u yerda «Torki Yunayted» klubi va buyuk Benksi asarlari bor.

2. Uotkins - «Ekseter» klubi tarbiyalanuvchisi: bolaligidan faqat shu jamoaga intilgan, 9 yoshida imtihondan o‘ta olmagan. «U juda nimjon va tayyormasdek ko‘ringandi. Biroq biz uni qo‘yib yubormadik va muddat berdik. Ikki yildan keyin qabul qildik», - deydi akademiya murabbiyi.

3. Olli 4-divizion klubiga «Ueston-syuper-Mer» klubidagi ijaradan keyin o‘tgandi. Bu jamoani ham bilmasligingiz qo‘rqinchli emas - u 6-liga jamoasi. «O‘shanda men Angliya terma jamoasi safida Yevroda to‘p surishni xayolimga ham keltirmagandim. Orzuga ayb yo‘q, lekin realist bo‘lish yaxshiroq. U davrda men «Ekseter»ning asosiy tarkibida o‘ynashni orzu qilardim, qachondir Angliya uchun gol urish esa men uchun ulkan baxt edi», - dedi Uotkins «uch sherlar»ni finalga olib chiqqan goldan keyin.

4. 2017 yilda 21ga chiqqan Olli hamon 4-divizionda «Ekseter» sharafini himoya qilardi. O‘shanda u 3ta professional ligalar ichidagi eng yaxshi yosh o‘yinchi unvoniga loyiq topilgandi. O‘sha yil yozida uni «Brentford» o‘z safiga jalb etdi.

5. Uotkinsning «Brentfordi» mergan hujumchilar uchligi ko‘magida Chempionshipning sermahsul jamoasiga aylandi. Mope-Uotkins-Benrahma triosi 2018|19 yillar mavsumida 51ta gol urdi. Mope ketgach, uning o‘rnini egallagan Mbeumo bilan gollar soni yanada oshdi - 59ta. Ollining o‘zi 28ta gol urdi.

6. 2019|20 yillar mavsumida Uotkins «Aston Villa»ga o‘tdi. To‘purar uchun «Brentford» 34 mln. yevro oldi. Klub rekordi hanuzgacha barhayot. «Ekseter» esa o‘z tarixidagi eng yirik daromad - 5 mln.ga ega bo‘ldi. Olli bir kunda 2ta klubni rekordchiga aylantirdi.

7. Uotkinsni qo‘lga kiritish «Villa» uchun oson kechmadi: «Brentford» bir vaqtning o‘zida APLning 6 klubiga rad etdi. «Villa» esa ulardan qimmatroq bahoni taklif etdi. Klub prezentasiyasini Olli bilan «Brentford»da birga ishlagan Din Smit olib borganligi hujumchiga ma’qul bo‘ldi.

8. Olli - APL so‘nggi mavsumidagi eng yaxshi (13) assistent, sermahsullik bobida (19}13) ligada ikkinchi bo‘ldi. Undan yuqoriroq natija (33) Palmerga tegishli.

9. Olli - «Fentezi-futbol» yulduzlaridan biri. U ochkolar bo‘yicha uzoq vaqt peshqadam maqomida yurib mavsum oxirida Palmer va Fodendan ortda qoldi. Lekin hujumchilar o‘rtasida 215 ochko bilan yetakchi bo‘ldi.

10. Uotkins 11 metrli jarima zarbalari yoqtirmaydi: APLda umuman tepmagan, ungacha - butun faoliyatida atigi 4ta gol. Hatto Aleksandar Mitrovich bilan Chempionship to‘purari unvoni uchun kurashganida ham, «nuqta»dan gol urishni istamagan.

11. «Villa»da Olli alohida murabbiydan tahsil oladi. Ustozi unga avval u bilan hamkorlik qilgan Edinson Kavani va Pyer-Emerik Obameyang o‘yinlaridan olingan chizgilarni ko‘rsatib, saboq beradi.

12. Uotkins maydonda Keynning teskarisi ekanligi va shu sababli u bilan yonma-yon to‘p surishini tan olgandi: «Garri o‘nlik kabi ortga chekinishni xush ko‘radi, men esa xuddi «Tottenxem»dagi Son kabi, uning uzatmalarini qabul qilish rejasini o‘ylab topaman».

13. Agar yozda uni ilib ketishmasa, Olli «Villa»da klub rekordini yangilashi mumkin: Gabriel Agbonlaxor APLda 74ta gol urgandi, Ollida 59ta. 2-o‘rindagi (60) Duayt York o‘rnini bo‘shatishiga shubha yo‘q.

14. Gollar bo‘yicha 2023 yilgi klub rekordini (21) Uotkins dekabrning so‘nggi kunida amalga oshirgan. Qaysi jamoa darvozasiga urganini bilasizmi? Qadrdon «Brentford» darvozasiga!

15. Olli «Arsenal» muxlisi ekanligini juda ko‘p takrorlagan, «Emireyts»da to‘p surish niyati ham yo‘q emasligini aytgandi. Qiziqish ikki taraflama, lekin hozircha, natija yo‘q.

16. Uotkins o‘ta xotirjam yigit, ba’zan xalal beradigan darajada. «Vulverxempton»ga qarshi o‘yinda Mett Doerti unga qo‘pollik qilgan bo‘lsada, u lom-mim demadi, hakamga shikoyat ham qilmadi: «Meni g‘azablantirish juda qiyin, sokinlikni xush ko‘raman»...

17. Olli uning oilasini haqorat qilishganiga chiday olmadi. Dekabrni oxirgi kunidagi o‘sha goldan keyin hujumchi darvoza ortida o‘tirgan muxlisga ishora qildi. Ma’lum bo‘lishicha, muxlis butun o‘yin davomida Ollining oilasini haqorat qilgan ekan. Bundan bexabar bo‘lgan sobiq jamoadoshlari va muxlislar undan xafa bo‘lishdi. «Men faqat bir kishiga javob qaytardim. U meni va oilamni tinmay haqorat qildi», - dedi futbolchi.

18. Uotkins o‘z ma’shuqasi bilan Teylor Svift fanatlari kuchidan foydalandi. May oyida ma’shuqa Teylor fanatlarini APLning mavsum o‘yinchisi unvoni uchun tanlovida hujumchiga ovoz berishga da’vat etdi. Bu foyda bermadi, lekin urinish inobatga olindi!

19. Olli ijtimoiy tarmoqlarni yomon ko‘radi: «Nosamimiy va bema’ni fikrlarni joylashni yoqtirmayman. Futbolchilar yomon o‘yindan keyin «Juda bo‘sh o‘ynadim, 3ta golli vaziyatni yo‘qqa chiqardim», deb yoza olmaydilar».

20. Uotkinsga shon-shuhrat umuman yoqmaydi. «Avvallari oziq-ovqatni supermarketdan o‘zim olib kelardim. «Villa»ga o‘tgach, do‘konga qatnashni to‘xtatdim. Doimo meni ko‘rgan kishilar nimalarnidir shivirlashardi. Keyin surat so‘raydigan bo‘lishdi. Uyga xomush qaytadigan bo‘lib qolgandim. Shundan keyin ma’shuqamga do‘konga bomasligimni aytdim».

Ayniqsa, Yevro-2024 yarim finalidagi g‘alaba golidan keyin do‘konga bormasliging to‘g‘ri bo‘ladi, Olli!

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:25, 05.08.2024. O'qildi: 968 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.