Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga. 18-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Hakamlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yilning 16 sentyabr sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 18-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
"Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvining 24-daqiqasida mezbonlarning 9-raqamli futbolchisi farg‘onaliklarning 11-raqamli a’zosiga qarshi qo‘pollik ishlatdi. Garchi u to‘pga harakat qilgan bo‘lsa-da, o‘zini to‘xtata olmagani bois raqibining oyog‘iga jiddiy zarba bermadi. Bosh hakam Temur To‘xtasinov futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

2-vaziyat. "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
"Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvining 85-daqiqasida mezbonlarning 5-raqamli futbolchisi uzoqdan zarba berdi. To‘p esa yo‘l-yo‘lakay mehmonlarning 4-raqamli futbolchisining qo‘liga tegdi. Bosh hakam Temur To‘xtasinov bahsni davom ettirdi, VAR ham uning qarorini ma’qulladi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmay to‘g‘ri qilgan. Himoyachi to‘pga qo‘li bilan o‘ynamagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

3-vaziyat: "Navbahor" - "Nasaf" o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvining 63-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi raqib jarima maydoniga yaqin joyda zarba yo‘lladi. To‘p esa mehmonlar himoyachisiga tegdi va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Bosh hakam Ahrol Risqullayev to‘p qo‘lga tegmadi, degan xulosaga keldi va uchrashuvni davom ettirdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatni tekshirgan va himoyachi to‘pni tanasi bilan qaytarganini ko‘rib chiqqan. Komissiya hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.

4-vaziyat. "Dinamo" - "Bunyodkor" to‘qnashuvi: mehmonlarning goli.
"Dinamo" - "Bunyodkor" uchrashuvining 50-daqiqasida mehmonlar muvozanatni tenglashtirdi. Bosh hakam Asker Najafaliyev mazkur holatda o‘yindan tashqari holat yoki fol qayd etilmaganini va gol toza urilganini qayd etdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR ofsayd yo‘q ekanini tekshirgan. Shuningdek, hujumchi himoyachiga nisbatan o‘yin qoidasini buzmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

5-vaziyat. "Dinamo" - "Bunyodkor" to‘qnashuvi: mezbonlarning hisobga olinmagan goli.
"Dinamo" - "Bunyodkor" uchrashuvining 79-daqiqasida mehmonlar raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq ikkinchi yordamchi hakam ofsayd borligini ma’lum qildi va bosh hakam Asker Najafaliyev golni inobatga olmadi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda hujumchi raqibidan ildamlab ketgan. VAR ofsayd chizig‘ini chiza olmagan. Boisi, o‘yindan tashqari holat uchun javobgar texnikada nosozlik kuzatilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

6-vaziyat. "Andijon" - "Lokomotiv" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
"Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvining 12-daqiqasida mezbonlarning 21-raqamli futbolchisi mehmonlarning 15-raqamli vakili bilan to‘p uchun kurashdi. Bosh hakam Shavkat Nasibullayev holat penalti uchun yetarli emas, deb hisobladi va bahsni davom ettirdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to‘p uchun o‘ynagan va o‘yin qoidasini buzmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

7-vaziyat: "Andijon" - "Lokomotiv" o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
"Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvining 45-daqiqasida mezbonlar burchak zarbasi tepish huquqiga ega bo‘ldi. To‘pni esa mehmonlar himoyachisi qaytardi. Bosh hakam Shavkat Nasibullayev himoyachi qo‘l bilan o‘ynamaganini ma’lum qildi va uchrashuvni davom ettirdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi to‘p uchun harakat qilgan. Penalti belgilash uchun asos yetarli emas. Komissiya hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.

8-vaziyat. "Olimpik" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
"Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvining 43-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Burchak zarbasidan so‘ng bekobodliklarning 25-raqamli futbolchisiga nominal mezbonlarning 8-raqamli vakili qo‘pollik ishlatdi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov dastlab uchrashuvni davom ettirdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi nuqtaga ishora qildi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan o‘yin qoidasini buzgan. Bu kabi hollarda penalti belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

9-vaziyat. "Olimpik" - "Metallurg" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.
"Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvining 83-daqiqasida nominal mezbonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan 64-raqamli futbolchisini mehmonlarning 24-raqamli vakili zararsizlantirdi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov uchrashuvni davom ettirdi va penalti belgilamadi, VAR ham uning qarorini tasdiqladi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan o‘yin qoidasini buzmagan. U to‘p uchun harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

10-vaziyat. OKMK - "Surxon" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.
OKMK - "Surxon" uchrashuvining 16-daqiqasida mehmonlarning 19-raqamli futbolchisi olmaliqliklarning 15-raqamli a’zosiga qarshi ehtiyosizlik oqibatida jiddiy qo‘pollik ishlatdi. Bosh hakam Doston Rahmonov futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan keskin tarzda qo‘pol harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

Kiritildi: 17:00, 17.09.2024. O'qildi: 1675 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик