Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.08.2025 00:00
      • Liverpul
      • 4:2
      • Bornmut
      • 16.08.2025 16:30
      • Aston Villa
      • 0:0
      • Nyukasl
      • 16.08.2025 19:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 16.08.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 3:0
      • Vest Xem
      • 16.08.2025 19:00
      • Tottenhem
      • 3:0
      • Byornli
      • 16.08.2025 21:30
      • Vulverhempton
      • 0:4
      • Manchester Siti
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • La-liga
      • 16.08.2025 00:30
      • Vilyarreal
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 16.08.2025 22:30
      • Malyorka
      • 0:3
      • Barselona
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
  • Superliga
      • 16.08.2025 18:00
      • Navbahor
      • 0:1
      • Neftchi
      • 16.08.2025 19:00
      • Dinamo
      • 1:0
      • OKMK
      • 16.08.2025 20:15
      • Nasaf
      • 2:0
      • Sho‘rtan
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 OKMK 19 34
5 Paxtakor 19 33
6 Navbahor 19 31
7 Bunyodkor 18 31
8 Surxon 18 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 18 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 18 15
14 Mash’al 18 15
15 Buxoro 18 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan

Navbatdagi o'yinlar.

17/08/25 Qo‘qon-1912 - Surxon
17/08/25 Mash’al - Andijon
17/08/25 Bunyodkor - Buxoro
18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1499 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 578 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Individual sovrinlar ovchisi

Baho:
+2 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Koul Palmer yaqinda APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

U shuning barobarida Angliya milliy jamoasining 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Koul (ya’ni Cole) «Chelsi»ga shu qadar yaxshi tushdiki, rekord ortidan rekord o‘rnatmoqda. Misol uchun, Palmer avvalgi oy bir bo‘lim (aniqrog‘i, 20 daqiqa)da «poker» qayd etib, APL tarixida bunday natija ko‘rsatgan birinchi futbolchiga aylandi. Koulning o‘sha o‘yinda kiygan futbolkasi keyinchalik kimoshdi savdosida 34 ming funt sterlingga sotildi. Qoyil! Sports.ru saytining quyidagi maqolasi esa Palmer «Manchester Siti»dan 45 million funt sterling evaziga «Chelsi»ga o‘tganidan buyon qanday individual sovrinlarni qo‘lga kiritgani haqida.

O‘yinning eng yaxshi futbolchisi. Palmer o‘tgan mavsum chindan ham, juda zo‘r o‘ynadi. U gollar urdi, assistentlikni kanda qilmadi va shunchaki, «Chelsi»ni o‘z ortidan ergashtirdi. Ijtimoiy tarmoqlarning eng e’tiborli foydalanuvchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, Koul Palmer naq 21 marta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bu faqat APL-2023|2024 hisobi! Deylik, Palmer joriy mavsum ham o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni bir necha marta qo‘lga kiritdi. 36ta o‘yindan 21tasida eng yaxshi bo‘lish - buni aqlga sig‘dirish qiyin. Palmer jumladan, «Manchester Siti», «MYU» («xet-trik»), «Everton» («poker»), «Arsenal», «Tottenxem» va «Nyukasl»ga qarshi kechgan jiddiy o‘yinlarda individual sovrin yutdi. Umuman olganda, Palmer «Chelsi» safidagi 3ta uchrashuvda kamida 3ta gol urdi (barchasi APLda): 1ta «xet-trik» va 2ta «poker». U shuning­dek, APLning 1ta o‘yinida assist bo‘yicha ham «xet-trik» (3ta uzatmasi ham Noni Maduekega qaratilgandi)ka erishgani bilan maqtanishi mumkin.

Oyning eng yaxshi futbolchisi. Palmer 2024 yilning aprel oyida APL laureatiga aylandi. Bunga qadar «Chelsi» vakillari 2018 yilning sentyabridan buyon (o‘shanda Eden Azar e’tirof etilgandi) oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovringa yetolmagandilar. Koul shuning barobarida aprelda oyning eng chiroyli goli muallifi sifatida ham qo‘shimcha sovrin oldi. Joriy mavsum esa «Chelsi»ning yangi yetakchisi allaqachon 2ta individual mukofotga munosib ko‘rildi - avgust oyida eng chiroyli gol uchun beriladigan sovrin egasiga aylangan hujumkor futbolchi sentyabrda yana bosh laureat bo‘ldi. Aytish kerak, «Chelsi» tarixida birgina afsonaviy Frenk Lempard (4 marta) APLda oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni Palmerdan ko‘proq qo‘lga kiritgan. 

O‘tgan mavsum yakuni bo‘­yicha individual sovrinlar. Koul Palmer katta futboldagi birinchi to‘laqonli mavsumini qoyilmaqom raqamlar bilan bezadi. Aytish kerak, angliyalik iqtidor may oyida 22 yoshga to‘ldi. Endi uning asosiy statistikasiga qarang: APLda 22ta gol va 11ta assist, kubok bahslarida esa 3ta gol va 4ta assist. Xullas, Palmer «Gol+pas» tizimi bo‘yicha APL-2023|2024-ning eng sermahsul futbolchisi bo‘ldi - 33 ball. Yosh yigitcha bu borada Erling Xoland va Olli Uotkins (32 balldan)ni ortda qoldirdi. London Football Awards shunga yarasha, mart oyida «Chelsi» vakilini mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini bilan taqdirladi. Palmer shuning barobarida APL­ning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga ham da’vogarlik qildi. Bunda asosiy sovrin Fil Fodenga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalishda aynan Koul g‘olib chiqdi. Shundan ko‘p o‘tmay, PFA ham qahramonimizni chempionatning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etdi. Shu o‘rinda bitta fakt e’tiborga loyiq: «Chelsi» vakillari har 10 yilda bir marta PFA talqini bo‘yicha mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan sovringa ega chiqishmoqda. 2004 yil - Skott Parker, 2014 yil - Eden Azar va 2024 yil - Koul Palmer.

Koul shuningdek, APL mavsumidagi eng yaxshi performans (ko‘rsatkich) uchun maxsus mukofot oldi («Stemford Brij»da «MYU»ga qarshi kechgan va 4:3 hisobida yakunlangan o‘yindagi natijasi e’tirof etildi). Qolaversa, u muxlislar ishtirokidagi so‘rov natijalariga binoan, APLning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va PFA ta’sis etgan maxsus sovrinni qo‘lga oldi. «Chelsi» ichida esa Koul Palmer birdaniga 2ta sovrin sohibiga aylandi. Ya’ni muxlislar ham, futbolchilar ham uni klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olishdi. Ikkinchi so‘rovga to‘xtalsak, Palmerning o‘zi Malo Gyustoga ovoz berdi. Yana solishtiramiz: «Chelsi» tarixida Koulga qadar atigi 3 nafar futbolchi har ikki yo‘nalishda klub laureatiga aylangan. Bular - Xuan Mata, Eden Azar va Villian. Qisqasi, Palmer debyut mavsumidayoq shu guruhga qo‘shildi. Palmerning «Oltin to‘p» uchun 30 nafar nomzod ro‘yxatiga kiritilgani esa shuncha individual sovrinlarga xuddi «desert» kabi tushdi. Ta’riflashga til ojiz! 

Angliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi. Palmer milliy jamoadagi debyu­tini 2023 yilning noyabr oyida nishonladi. Uning o‘zi jamoa «zayavka»sida familiyasini ko‘rganida, avvaliga bunga ishonmagani, kimdir hazil tariqasida qo‘shib qo‘ygani haqida o‘ylaganini ayt­gan edi. 2024 yilning iyun oyiga kelib, Palmer terma ja­moa­dagi gollari hisobini ochdi va Yevropa chempionatiga yo‘l oldi. Biroq Garet Sautgeyt Germaniyada eng zerikarli va pragmatik futbolga tayanib, boshida «Chelsi» vakiliga umuman imkoniyat bermadi. «Pley-off» bosqichi boshlangach esa, Palmer boshlang‘ich tarkibda bo‘lmasada, har holda, tez-tez maydonga tushdi. Shu joyda tabiiy savol tug‘iladi: unda terma jamoa futbolchilari ishtirok etgan so‘rovda Koul Palmer nimaning hisobiga g‘alaba qozondi? Javob Yevro-2024ning oxirgi 3ta o‘yini (chorak final, yarim final va final)da yashirin. E’tiborli tomoni, Koul ularning barchasida zaxiradan maydonga tushdi. Muhimi, Palmer Shveysariya termasiga qarshi kechgan chorak final bahsida hujum harakatlarini yaqqol kuchaytirdi va penaltilar seriyada birinchi zarbani xotirjamlik bilan golga aylantirdi. Niderland­-lar bilan bo‘lgan yarim final o‘yinida esa eng oxirgi pallada Olli Uotkinsning g‘alaba goliga assistentlik qildi. Koul finalda ham o‘zini ko‘rsatdi: ispanlar darvozasini nishonga olib, hisobni tenglashtirdi va Yevropa chempionati tarixida hal qiluvchi bahsga zaxiradan qo‘shilgan holda gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Biroq inglizlar yakunda 1:2 hisobida mag‘lubiyatni tan olishdi, baribir. Endi yana bir fakt: 2010 yildan buyon «Chelsi»dan Angliya terma jamoasining muayyan yildagi eng yaxshi futbolchisi chiqmayotgandi. Palmerga qadar Eshli Koul shunday e’tirofga erishgan. Ungacha esa Frenk Lempard 2 marta (2004 va 2005 yillar) terma jamoaning bosh laurea­ti bo‘lgandi.

Koul Palmer yaqinda «Chelsi» bilan shartnomasi muddatini 2033 yilgacha uzaytirdi, albatta, ancha yaxshilangan bandlar asosida. «Yangi kelishuvdan mamnunman. Ilk mavsumda ko‘p narsalarga erishdim. Umid qilamanki, «Chelsi» bilan ham jamoaviy, ham shaxsiy yutuqlarni qo‘lga kiritishda davom etaman. Zero, ilk kundanoq bu klubda o‘zimni xuddi uydagidek his qilyapman...», - dedi Koul uzoq muddatli shartnoma ostiga imzo chekkanidan so‘ng.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:38, 25.10.2024. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
9 Андижон Rustam Turdimurodov 5
10 Нефтчи Zoran Marushich 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.