Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ibratli afsonalar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2024 yilning 15 avgusti. «Chelsi» ayollar futbol klubining 18 yoshli a’zosi o‘zining... basketboldagi (!) faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Ha, ingliz millatining yosh iqtidori bo‘lmish Ketti bir vaqtning o‘zida ikki xil sport turi bilan shug‘ullanardi. Ketti shu yil futbolda akademiyaning eng yaxshi bitiruvchisi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, basketbolda Yevrokubok sohibasi bo‘lgandi. Bundan tashqari, karate bo‘yicha qora belbog‘ni qo‘lga kiritgan, regbiga qiziqadi. Darhaqiqat, Kettining tarixi g‘ayrioddiy bo‘lsada, kamdan-kam uchraydigani emas. Marhamat, tanishing:

Petr Chex. Xokkey

Yaqin o‘tmishda nafaqat «Chelsi»dagi ajoyib seyvlari bilan muxlislar mehrini qozongan, balki «Arsenal» darvozasini ham ishonchli qo‘riqlagan jahonning eng mohir darvozabonlaridan biri xokkeyda ham o‘zini sinab ko‘rishga ahd qilgandi. 2019 yilda gannerlar bilan imzolagan kelishuvi muddati tugagach, Chexiya terma jamoasining posboni «Chelsi»ga va posbonlik pozisiyasiga qaytdi. Lekin lavozimida o‘zgarish bo‘ldi. «Chelsi»da Chex texnik direktor vazifani bajara boshladi. 2022 yilda u Abramovich bilan Londonni tark etib, Ikkinchi Milliy Xokkey ligasining «Gildfort Feniks» klubi sharafini himoya qilishga kirishdi. 2022 yil noyabrida posbon «Chelmford Chiftens»da, 2023 yilda «Oksford Siti Stars» jamoasida omadini sinab ko‘rdi. Shuningdek, Chex ilk faoliyati davrida qiziqib qolgan baraban o‘yinini ham unutib qo‘ymadi. Xullas, futboldan nafaqaga chiqqan «ko‘klar» afsonasi zerikib qolmayapti.

Lev Yashin. Xokkey

Avval futbolda, keyin xokkeyda darvozani qo‘riqlagan navbatdagi sportchi. Bir qarashda, hammasi mantiqqa mos - bir xil amplua, o‘xshash vazifalar - to‘p yoki shaybani darvozaga kiritmaslik. Biroq «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘lgan yagona posbonning tarixi avvalgi personaj voqeasidan keskin farq qiladi. Lev Ivanovichning sport faoliyati epilogda zikr etilgan sportchi qiznikiga o‘xshash - ikkisi ham faoliyatning ilk bosqichida ikki xil sport bilan shug‘ullanishgan. Sobiq Ittifoq darvozaboni futbolda ham, xokkeyda ham «Dinamo» klublari sharafini himoya qilgan. Yashin muz maydonidagi faoliyatini 24 yoshida, «Dinamo» safida 1953 yilda SSSR Kubogini qo‘lga kiritganidan keyin yakunlagan. Xokkeydan voz kechish oson bo‘lmagani rost, lekin butun kuch-mahoratini futbolga bag‘ishlagan Lev Ivanovich terma jamoaning Yevro-1960dagi g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shish bilan tarixdan joy oldi.

Paolo Maldini va Diyego Forlan. Tennis

Bu sportchilar Milanning qarama-qarshi tomonida va turlicha to‘p surishgan. Forlan «neradzurri» tarkibida bir mavsumni o‘tkazib, 18 marta maydonga tushgan va bir necha marta jarohat olgan, klub 3ta murabbiyni almashtirgan, Diyego esa «Inter» bilan hamkorlikni txtatib, 2012 yil iyulida Braziliyaning «Internasyonal»iga o‘tib ketgandi. Paolo Maldini esa «Milan» tarkibida 25 yil to‘p surib, «A» seriyasida (7 marta), YECHLda (5), UYEFA Superkubogida (5), Italiya Kubogi (1) va Superkubogida (5) g‘olib chiqqandi. Qisqasi, u o‘z otasi Chezare Maldinining ishonchini to‘liq oqladi. Keyin ota-o‘g‘il ikkovlon tennis olamiga yo‘l olishdi. Paolo tennisdagi debyutini 2017 yilda, Milandagi «Chellenjer» turnirida nishonladi. O‘shanda u vatandoshi Stefano Landonio bilan juftlikda Polsha-Niderlandiya duetiga 1:6, 1:6 hisoblarida imkoniyatni boy berishgandi. Shuningdek, Paolo 2019 yilda «Milan»ga qaytib, 2023 yilgacha texnik direktor lavozimida ishladi.

Diyego Forlan esa futbolchilikdan keyin murabbiy rolida faoliyatini davom ettirdi. 2019 yil dekabrida u qadrdon «Penyarol» klubiga bosh murabbiy bo‘ldi. Lekin yangi sohada o‘zini ko‘rsata olmay, jamoani tark etdi. Tennisda Diyego Paolodan yaxshiroq natijalarga erishdi. U ITF faxriylar turnirida muntazam qatnashadi, dastlabki ishtirokida chorak finalgacha yetib borgandi.

Ivan Perishich. Plyaj voleyboli

Ro‘yxatimizdagi hanuzgacha futboldagi faoliyatini to‘xtatmagan yagona o‘yinchi. Rossiya mundialining kumush medali sohibi hozir Ivan Rakitich bilan birgalikda Xorvatiyaning «Xayduk» jamoasida to‘p surmoqda. Shuningdek, Ivan top-beshlikning nomdor jamoalari «Inter», «Borussiya D.», «Bavariya» va «Tottenxem»da ham risoladagidek o‘yin ko‘rsatib, sovrinlarni qo‘lga kiritgandi. 2017 yil yozida Perishich plyaj voleyboli turnirida qatnashib, shaxsiy kolleksiyasini kubok bilan boyitishga urinib ko‘rgandi. Afsuski, bu harakati «Tottenxem»dagi omadsizlik kabi nihoyasiga yetdi: o‘shanda «taqachilar» mavsumni 2ta mag‘lubiyat bilan boshlagan edilar.

Leon Makkenzi. Boks

Unchalik mashhur bo‘lmagan personaj: «Kristal Pelas», «Fulxem» va «Norvich» kabi o‘rtamiyona jamoalarda to‘p surgan, eng yorqin davrida «Peterboro Yunayted»da o‘tkazib, 104ta o‘yinda 54ta gol urgandi. Leon butun faoliyati davomida 393 marta maydonga tushib, 115 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan.

Oxirgi mavsumini «Korbi Taun»da o‘tkazgan Leon 2013 yilda yashil maydonni ringga almashtirdi: 29 iyun oqshomida u Jon Meysonni 2-raundda mag‘lub etdi. 2015 yilda xorvatiyalik Ivan Stupaloni yengib, xalqaro master belbog‘ini qo‘lga kiritdi. 2016 yilda esa qahramonimiz dastlabki mag‘lubiyatini Jeymen Smayldan qabul qilib oldi. O‘sha yilning noyabridagi 2-mag‘lubiyatdan keyin, Makkenzi qo‘lqopini yechishga qaror qildi.

Xenrik Larsson. Florbol

Bu yigit ortiqcha «reklama»ga muhtoj emas, ayniqsa, rossiyalik muxlislarga u «Spartak» «afsonasi» Jordan Larssonning otasi sifatida yaxshi tanish. Bundan tashqari, Xenrik «Barselona», «Seltik», «Feyenoord» klublarida o‘ynagan, Shvesiya klublarini boshqargan va «Barsa»da Kumanning assistenti maqomida ishlagan.

Florboldagi (to‘pli xokkeyning turlaridan biri) debyutini Xenrik futbolchilik davrida nishonlagandi. 2008 yilda u yana shu sportga qaytib, Shvesiya Superligasida Xelsinborg sharafini himoya qilgandi. Chunki u Zlatan maydonga tushishidan avval shved futbolining bayroqdori vazifasi bilan band edi.

Garet Beyl. Golf

Hikoyamizning eng yorqin personaji bo‘lmish 35 yoshli uelslik hujumchi «Real»da to‘p surgan davrida bir necha mojarolarga sababchi bo‘lgandi. masalan, 2019 yilda u o‘z terma jamoasining Yevro-2020ga chiqqanini nishonlash chog‘ida Uels bayrog‘i bilan suratga tushgan, bayroqda «Uels. Golf. Madrid» so‘zlari yozilgan, sal pastroqda esa «Shunday ketma-ketlikda» iborasi bitilgandi. Tabiiyki, bu muxlislar va «Real» rahbariyati e’tiboridan chetda qolmadi. Oqibatda, Beylning saviyasi pasayib ketdi va u klubda muvaffaqiyat qozona olmadi.

Xo‘sh, «Sautgempton», «Tottenxem» va «Real»ning sobiq o‘yinchisi yangi sport turida nimalarga erishdi? Bir yil avval Garet o‘zining dastlabki sovrinini qo‘lga kiritdi! Biroq... Bu shunchaki, turli sport sohalaridagi professionallarning to‘plarni chuqurchaga tushirish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari edi. Misol uchun, unda «Oltin to‘p» sohibi bo‘lmish ukrainalik Andrey Shevchenko, serbiyalik tennischi Novak Jokovich, «Ferrari» klubi poygachisi Karlos Saynslar Beylning raqiblari bo‘lishgandi. Uelslik golf shaydosi 60 yoshli Kolin Montgomeri bilan juft­likda harakatlanib, yakunda Rayder kubogini qo‘lga kiritdi.

Qissadan hissa shuki, sportda, xususan, futbolda faqat bitta sport bilan shug‘ullanish ozlik qiladi. Sportchilar nafaqat pul ishlashga, balki yangi tajribaga ega bo‘lish va mahoratlarini oshirishga intiladilar.

 Jahongir MIRZO tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:43, 21.11.2024. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик