Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Afsonaviy "o‘rmonchilar" - yetakchilar qatorida!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Agar APLning 11-turdan keyingi turnir jadvaliga razm solsangiz, nigohingiz 3-pog‘onada to‘xtashi aniq.

Chunki bu o‘rin «Liverpul», «Manchester Siti», «Arsenal» va «Chelsi» kabi odatiy nomdorlar orasiga suqilib olgan «Nottingem Forest» izmida. Ha, avvalgi mavsumda bir amallab elitadagi o‘rnini saqlab qolgan jamoaga tegishli. Endi u asosiy da’vogarlarni ortda qoldirib, YECHL hududida bormoqda. «O‘rmonchilar» uchun bu 1998 yildan shu paytgacha qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Keling, mazkur ishonchli startga asos bo‘lgan omillar va jamoani yaqin kelajakda nimalar kutishi mumkinligi haqida mulohaza yuritaylik.

Startdagi 11ta o‘yinda «o‘rmonchilar» 5ta g‘alaba, 4ta durang va 2ta mag‘lubiyatni qayd etishdi. Jamoa 2015|16 yillar mavsumida shohsupani zabt etgan afsonaviy «Lester» sur’atida ketmoqda. O‘shanda «tulkilar» imkoniyati 5000dan 1 nisbatida baholangandi. Lekin «Nottingem» hisobidagi «quruq» o‘yinlar soni «Lester»ga nisbatan 3taga ko‘proq.

Shaxs qudrati

Ha, Angliyada kimdir «Nottingem Forest»ni «Lester»ga qiyoslamoqda, hatto Jeymi Vardi bilan Kris Vuddagi o‘xshash jihatlarni taqqoslaydiganlar ham yo‘q emas. Albatta, mavsum startida ustunlik Vud tomonida. U 11ta o‘yinda 8ta gol urdi.

Yozda «o‘rmonchilar» Krisning o‘rnini bosa oladigan va unga yordam beradigan hujumchi topishga urinib ko‘rishdi. Ular Eddi Nketiaga juda yaqin kelishgandi, biroq u «Kristal Pelas»ni afzal ko‘rdi. «Feyenoord»dagi Santyago Ximenes esa Rotterdamdan ketishni istamadi. Qisqasi, jamoa mavsumni muammolar bilan boshlagandek edi. Lekin 32 yoshli yangi zelandiyalik Vud o‘zining sermahsulligi bilan muammoni bartaraf etdi. 15ta golning 8tasi uning hisobida, yolg‘iz o‘zi butun jamoadan o‘zib ketdi. Umuman, «Nyukasl»dan «Forest»ga o‘tgach, APLning 30ta o‘yinida 22ta gol urdi. Toplarga xos sur’at.

Penaltilarni hisobga olmaganda, o‘tgan yil dekabridan beri faqat Erling Xoland Krisdan sermahsulroq. Mazkur sananing zikr etilgani bejiz emas - aynan shu pallada «o‘rmonchilar» Nunu Eshpiritu Santu tasarrufiga o‘tishgan, portugaliyalik murabbiy Vudning salohiyatini yuzaga chiqargandi.

Biroq mutasaddilar avvalo ishonchli himoya chizig‘ini shakllantirish kerakligini ta’kidlashardi. «Fiorentina»dan kelgan Nikola Milenkovich bu muammoni uzil-kesil hal qildi. U Murilyo bilan juftlikda mustahkam qo‘rg‘onni shakllantirdi. O‘tgan mavsumda jamoa o‘tkazib yuborilgan 68ta goldan 23tasini aynan standart vaziyatlardan qabul qilib olgandi. Ya’ni, elitani tark etgan «Luton» va «Sheffild»ga nisbatan, 4ta ko‘proq to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqqandi. Joriy mavsumda hozircha, ikkita to‘p o‘tkazib yubordi. Bu borada faqat «Liverpul» oldinda.

Xullas, hujum va himoya chizig‘iga olib kelingan ikki zabardast o‘g‘lonning samarali harakatlari evaziga «Nottingem Forest» tubdan o‘zgardi.

Sarosima o‘rniga  xotirjamlik

«O‘rmonchilar»ning APLga qaytishganidan mamnun bo‘lgan rahbariyat 2022 yil yozida naq 22 nafar yangi futbolchilarni xarid qildilar. Biroq rekord maqomidagi faqat taajjub, tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi.

O‘ylamay qilingan ishdan to‘g‘ri xulosa chiqargan jamoa joriy mavsumga tayyorgarlikni namunali o‘tkazdi. Birinchidan, bosh murabbiyga mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inini talab darajasida o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Ikkinchidan, yozda tarkibga atigi 6 nafar yangi o‘yinchi taklif etildi. Har qanday masalaga shoshmasdan, chuqur fikr-mulohazalar bilan yechim topildi. Milenkovich va Elliot Anderson qisqa vaqt ichida tarkibga moslashib, o‘yin saviyasini sezilarli darajada oshirishdi.

Yana shuni ta’kidlash joizki, jamoa maydon tashqarisida ham turli gap-so‘zlar va hissiyotlarga sababchi bo‘ldi. Misol uchun, bahorda MFP qoidasiga rioya qilmagani uchun ochkolardan mahrum etildi, hakamlar ustidan shikoyatlar yo‘llab turdi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali hakamni asossiz tanqid qilgani uchun 750 ming funt jarima to‘ladi. Klub ssohibi Evangelos Marinakis esa 5ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Jamoa bosh murabbiyi ham sovg‘a emas. Avgust oyida u hakam haqida nomaqbul fikr bildirib, evaziga 40 ming funt jarima va diskvalifikasiya bilan jazolandi. Keyinchalik Nunu yana 3ta o‘yindan mahrum etildi. Aslida, uning Angliyaga qaytgani ham ko‘pchilikda norozilik uyg‘otgandi. To‘g‘ri, murabbiy Saudiya Arabistonida «Al-Ittihod» bilan chempion bo‘ldi. Biroq APLdagi fanatlar uning «Tottenxem»dagi omadsizligini unutishmagan. Shuningdek, «Vulverxempton»dagi regressni ham. Lekin hozircha, murabbiy rahbariyat ishonchini oqlamoqda.

Formani saqlash

Xo‘sh, «Nottingem Forest» hech bo‘lmaganda, «Lester» sensasiyasiga yaqinlasha oladimi? Bu ehtimoldan uzoq. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Avvalo, ularning biri jamoaning ustunligi bilan bog‘liq. Jamoa faqat Vudning sermahsulligiga bog‘lanib qolgan. U esa navqiron yigit emas. Bundan tashqari, uzun mavsum davomida o‘rtamiyona jamoani yuqori pog‘onada olib yurishni yolg‘iz o‘yinchi uddalay olmaydi. Milenkovich xususida ham shunday fikrdamiz. Agar ularning o‘yinida pasayish yuz bersa yoki jarohat olsa, hammasi barbod bo‘lishi mumkin.

Keyingi sabab yanada aniqroq tuyuladi. Bu o‘yinlar taqvimi. Mavsumdagi dastlabki 7 uchrashuvni «o‘rmonchilar» APLning zaif jamoalari bilan o‘tkazishdi. Oxirgi 3ta g‘alaba «Kristal Pelas», «Lester» va «Vest Xem»ga qarshi bellashuvlarda qo‘lga kiritildi. Biroq boshqa tomondan, jamoa «Liverpul»ni safarda mahv etdi, «Brayton» va «Chelsi» bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. Opta mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, «Nottingem Forest» o‘zining kutilayotgan ochkolaridan 2,23 ballga oldinda bormoqda. Ya’ni, jamoa hozir 5-o‘rinda bo‘lishi kerak edi.

Jamoa uchun asosiy sinov eng yaqin oy ichida bo‘ladi. Nav­batdagi 5ta bellashuvda «o‘rmonchilar» «Nyukasl» (1:3, yutqazishdi) va «Ipsvich» bilan o‘z maydonlarida, safarda esa «Arsenal», «Manchester Siti» va «MYU» bilan kuch sinashadilar. Shundan keyin turnir jadvalidagi pozisiyalarda jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli juda yuqori. Yoki biz bo‘lajak sensasiya xususida fikr-mulohaza yuritamiz. Nima deb, o‘ylaysiz, «yolg‘iz ot»ning dong‘i chiqarmikin?

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:35, 25.11.2024. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик