Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5928 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2501 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.10.2025

      05:35 "Непобедимый".
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      20:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      01:10 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      03:10 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.10.2025

      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      09:35 Д/ф "Владимир Сальников: не надо спорить с тренером...".
      10:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      12:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      16:40 "Команда мечты".
      17:10 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Команды. Финал.
      19:20 Д/ф "17 часов до вершины".
      19:55 "Непобедимый".
      20:25 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
      22:55 "Лица страны". Анастасия Лоунова.
      23:10 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      00:35 "Команда мечты".
      01:05 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. 1/2 финала. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Динамо" (Москва).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Смешанные единоборства. ACA 193 в Грозном, Россия. Джамбулат Селимханов против Рустама Керимова.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Лыжный спорт".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      19:30 LIVE Мир РПЛ. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - "Новая генерация" (Сыктывкар). Прямая трансляция.
      23:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      07:00 Триатлон. supertri League. Этап 4 в Тулузе, Франция.
      08:30 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      09:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1. Прямая трансляция.
      14:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 13 в Вене, Австрия.
      15:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      16:30 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2. Прямая трансляция.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      22:00 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      22:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      00:30 Велоспорт. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      02:00 Велоспорт. Женщины. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      04:30 Велоспорт. Женщины. Гонка Бенш-Шиме-Бенш в Бельгии.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temur Kapadze: "Bu urush yoki tibbiyotdagi raqobatga o‘xshaydi..."

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

2024 yil O‘zbekiston futboli tarixiga zarhal harflar bilan bitiladigan yil bo‘ldi.

Mamlakatning U-23 terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olish bilan birga, nufuzli turnirning guruh bosqichida Afrika qit’asi yetakchisi - Misr, Yevropa chempionati finalchisi, ushbu turnir g‘olibi - Ispaniya kabi kuchli jamoalarga qarshi tengma-teng kurash olib bordi. Qo‘lga kiritilgan buyuk natija orqali o‘zbek xalqi ko‘nglidan chuqur joy egallagan Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze, Rossiyaning Sport24 nashriga bergan kattakon intervyusida o‘z orzusi sari bosib o‘tilgan 4 yillik yo‘l, RPL yulduzi Abbos Fayzullayevning o‘sishi va O‘zbekistondagi futbol rivoji haqida gapirib berdi. 

- To‘rt yillikning nufuzli turniri - Olimpiadada ishtirok etish o‘zbek futboli uchun so‘nggi yillardagi eng katta voqelik hisoblanadi. Jamoa ushbu natijaga qanday erishdi? 

- Avvalgi Olimpiya o‘yinlari saralashidagi muvafaqqiyatsizlikdan so‘ng 2021 yilda MOQ rahbarlari keyingi sikl uchun Toshkentda Olimpiya terma jamoasini tuzishga harakat boshlashdi. O‘shanda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi edim. Yurtimizda xuddi shu yosh toifasida Osiyo chempionati bo‘lishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli musobaqa bekor qilindi. Keyingi turnir esa mening jamoam uchun avtomatik ravishda Olimpiya saralash sikliga aylanardi. Shu bois, rahbarlar 4 yil davomida futbolchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiadaga tayyorlashni ko‘zda tutuvchi jamoa tuzish taklifini o‘rtaga tashlashdi. Murabbiy sifatida bu menga qiziq tuyuldi va darhol ishga kirishdik. 

- Olimpiadaga yo‘llanma olganingizda o‘zingizni qanday his qildingiz? 

- Tarixiy lahzalar edi... Uydagi bayramni-ku qo‘yavering. Bizni aeroportda hukumat delegasiyasi, rahbariyat va bir qancha muxlislar kutib oldi. O‘sha paytda barchamiz faxr-iftixor va g‘ururni his qildik. Ammo bayram va tantanalarda qatnashish uchun ortiqcha imkoniyat bo‘lmadi. Chunki, Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun ikki oydan kamroq vaqt qolgandi... 

- Olimpiada haqida qanday taassurotlar qoldi? 

- Kundalik muammolar bizni biroz charchatdi. Bundan tashqari, guruhdan chiqa olmaganimizdan xafa bo‘ldik. Ammo turnirning o‘zidan olingan tuyg‘ular o‘zgacha. Yigitlar Olimpiya havosidan nafas olishdi. Nomdor jamoalarga qarshi o‘ynab, tajriba orttirdik. Bu esa kelajakdagi yirik turnirlarda yigitlarga yordam beradi. Qisqasi, Olimpiadadagi ishtirokimizning o‘zi ham O‘zbekiston uchun muhim voqeadir. 

- O‘zbekistonning eng yorqin iste’dodi va RPL yulduzi - Abbos Fayzullayev bilan ishlashni boshlaganingizda, uni zo‘r futbolchiga aylanib borayotganini darhol angladingizmi? 

- Abbos - vunderkind. U har tomonlama rivojlangan futbolchi. Aql-zakovati, texnikasi va fikrlash tezligi bor. Ammo asosiy sifati samaradorlik va professionallikdir. Abbos doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi. Maqtovlar uni o‘sishdan to‘xtata olmaydi. Chunki, bu buyuk iste’dodlar bilan sodir bo‘ladigan hodisa. Yulduzlik kasali Abbos uchun emas. 

- Abbosni ko‘rganingizda necha yoshda edi? 

- 17 yoshidayoq uni yoshlar jamoasiga jalb qila boshladim. O‘sha paytda asosiy tarkib o‘yinchisi emasdi. Lekin yoshiga nisbatan yetuk ko‘rinardi. Ba’zi futbolchilarga taktik masalalarni bir necha marta tushuntirishga to‘g‘ri keladi. Ammo, Fayzullayev hammasini birinchi marta aytganingizdayoq tushunadi. Unga qanday vazifa yuklasangiz ham bexato bajaradi. Abbosning o‘sishiga ota-onasi va ustozlari katta hissa qo‘shishgan. Qisqasi, yaxshi tarbiya ko‘rgan yigit. O‘qishlarida ham muammo yo‘q. Qolaversa, bir necha tilni biladi. 

- SSKAga o‘tishdan oldin Abbos siz bilan maslahatlashganmi? 

- Uning o‘zi nima qilayotganini, qayerga va nima uchun ketayotganini yaxshi bilardi. Mana, SSKAga o‘tish to‘g‘ri qadam bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. Jamoa murabbiylari Abbosdagi iqtidorni ko‘ra olishgani uchun ishonch bildirishgan, Shuningdek, Fayzullayev jamoadagi barcha sheriklarining qo‘llab-quvvatlashlarini his qildi hamda ular bilan tez til topishdi. 

- SSKA bosh murabbiyi Nikolich bilan qilingan malaka oshirish paytida bunga shaxsan o‘zingiz ham guvoh bo‘ldingizmi? 

- Ha. SSKA professionallardan tashkil topgan jamoa ekanligi aniq. Mashg‘ulot paytida zarbalar va xatolar bo‘lgan epizodlarda hech kim ovozini ko‘tarmadi, faqat qo‘llab-quvvatlash. Bu Nikolichning ham, futbolchilarning ham xizmatlari. Ayniqsa jamoa faxriylariniki. 

- Akinfeevmi? 

- Ha, men u haqida gapiryapman. Uning jamoa muhitiga qo‘shgan hissasi juda katta. Akinfeev kuchli auraga ega va uning jamoadagi obro‘-e’tibori sezilib turadi. Aytgancha, Igor Abbosni yaxshi kutib oldi. 

- Abbos jamoada o‘zini qanday tutadi? U kamtarmi yoki faol? 

- U hamma yaxshi ko‘radigan hazilkash yigit. Sport zalida Abbos odatda didjey hisoblanadi. 

- Qo‘ysangizchi... 

- Rost, buni o‘zim eshitdim. Jamoadagi yigitlar «Abbos, musiqa yo‘q-ku buni tuzatishimiz kerak», - deyishdi. Fayzullayevning aytishicha, jamoa uning qo‘shiqlarini yaxshi ko‘radi. 

- Shogirdingizga Niderlandiya, Turkiya va Portugaliyadan qiziqish bor. Hattoki, «Bavariya» qiziqishlari doirasiga tushib qolgani aytilmoqda. Unga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz? 

- Qiziqarli variant bo‘lsa, qishdayoq takliflarni o‘ylab ko‘rish kerak. Aslida, RPLning o‘rtamiyona futbolchisi ham nisbatan kuchli chempionatga ko‘chib o‘tishi o‘sish uchun yaxshi qadamdir. Buni SSKAdek klub tarkibida to‘p surib amalga oshirish yanada yaxshiroq. 

- Abbos jahon chempionatida terma jamoa safida o‘ynashni orzu qilishini aytdi. Bu yaqin vaqt ichida amalga oshishi mumkinmi? 

- Ha, chunki hozirda yo‘llanmalar ikki baravar ko‘p. Bilasizmi, futbolchi sifatida O‘zbekiston terma jamoasi safida 119ta o‘yin o‘tkazdim, 3ta saralash sikli davomida men jahon chempionatiga chiqishga harakat qildim, lekin har doim bir qadam yetmay qolavergan. Gohida bitta ochko, gohida ikkita gol farqi... Men uchun jahon chempionatida o‘ynash armon bo‘lib qoldi. Abbos esa buni amalga oshiradi deb o‘ylayman. 

- Abbos uchun bashorat qilingan yo‘lni hamyurtingiz Eldor Shomurodov bosib o‘tgandi: O‘zbekiston chempionati - RPL - «Jenoa» - «Roma»... 

- Rossiyaga Abbos Eldorga qaraganda tezroq moslashdi. Shomurodov mamlakatga, chempionlikka ko‘nikib, endi o‘zini ko‘rsata olganida, Italiyaga ko‘chib o‘tgandi. 

- Ammo u yerda ishlari yurishmadi... 

- Eldorda hali ham salohiyat yuqori. Balki u noto‘g‘ri jamoaga tushib qolgandir. Italiyada taktik jihatlar birinchi o‘rinda turadi. Menimcha, Shomurodov Ispaniya yoki Germaniya chempionatida o‘z o‘rnini topa oladi. 

- Rossiya klublari ham Shomurodovga qiziqish bildirishmoqda. Eldor bu variantni ko‘rib chiqishi kerakmi? 

- Ba’zan ikki qadam oldinga yurish uchun bir qadam orqaga qaytsang arziydi. Italiyada zaxirada o‘tirgandan ko‘ra, Rossiyada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani ma’qulroq. 

- Abduqodir Husanov 20 yoshidayoq, «Lans»ning asosiy himoyachisiga aylandi. U Yevropa darajasidagi yulduz bo‘la oladimi? 

- Buning uchun unda hamma imkoniyat bor. Husanovning tezligi, kuch-quvvati, texnikasi yaxshi rivojlangan. Maydonni yaxshi ko‘ra oladigan futbolchi. Uning yoshida Fransiya chempionatida asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lishning o‘zi juda katta yutuq. Men Husanov Yevropaning top-klubida o‘ynaydi deb hisoblayman. 

- Siz bosh murabbiy sifatida Oston O‘runovni Olimpiadaga chaqirgandingiz. Hozir u Eronda porlayapti. Aytingchi, Oston o‘sishda davom etishi mumkinmi? 

- Agar yaxshi murabbiy qo‘l ostiga tushsa, shunday qila oladi. Oston O‘runovning salohiyati aqlbovar qilmas darajada kuchli. U jismonan ham, texnik tomondan ham yaxshi rivojlangan o‘yinchi. 

- Unday bo‘lsa muammo nimada? 

- O‘runov juda yopiq yigit. Uncha kallektiv emas. Qayerdadir uning xarakteri pand berdi, ayrim vaziyatlarda chidashi va o‘zini o‘zi yengib o‘tishi kerak edi. Oston Rossiyada to‘qnash kelganlariga hali tayyor emas ekan. O‘runov bor e’tiborini futbolga qarata olmadi. Lekin uning iqtidori Abbosbek Fayzullayevnikidan kam emas. Futbol atrofidagi narsalar uni chalg‘itib qo‘ydi. 

- Katta pul va Markaziy univermagdan xarid qilingan qimmat kiyim-kechaklarni nazarda tutyapsizmi? 

- O‘runov pul ko‘p bo‘lgan muhitga tushib qoldi. Barcha futbolchilar qimmatbaho narsalarni sotib olishadi, lekin buni ommaga ko‘rsatishdan foyda yo‘q. Oston asosiy e’tiborni futbolga qarata olmadi. Yana takrorlayman, aslida u Abbosdan kam iqtidorga ega emas. Futbol atrofidagi vasvasalar bu yigitga biroz xalaqit qildi nazarimda. 

- Olimpiadadan keyin Yevropada o‘zbekistonlik futbolchilarga qiziqish kuchayganini sezdingizmi? 

- Osiyo chempionatidan keyinoq qiziqish ortgandi. Musobaqa davomida Janubiy Koreya va yaponiyalik ijrochilarni Yevropadan ko‘plab skautlar kuzatib borishdi. Ular bilan tengma-teng o‘ynay olishimizni ko‘rishgach, bizning yigitlarga e’tibor qaratishdi. Umid qilamanki, tez orada Yevropa chempionatlarida ishtirok etayotgan o‘zbek futbolchilarining soni yanada ortadi. Bizda iqtidorli yigitlar juda ko‘p. 

- Rossiya klublari o‘zbek futbolchilariga ko‘proq e’tibor qaratishini istarmidingiz? 

- Nima uchun yo‘q? Ilgari Rossiyada sanoqli o‘zbek futbolchilari to‘p tepardi, hozir esa ko‘proq. Menimcha, tez orada ularning safi yanada kengayadi. Men uchun RPL kuchli Yevropa chempionatlaridan biri. Malaka oshirish jarayonida mashg‘ulotlarga, chempionat saviyasiga, infratuzilmaga baho berishga muvaffaq bo‘ldim. Hammasi O‘zbekistondagidan ancha yaxshi. 

- Sizga Rossiya klublarida ishlash taklif qilinganmi? 

- Yo‘q bo‘lmagan. Agentlar: «Sizda Rossiyada ishlash varianti bormi?», deya so‘rashgan. Lekin men u paytda hamma narsadan muhimroq bo‘lgan terma jamoa bilan band edim. Siz o‘z mamlakatingiz sharafini himoya qilar ekansiz- bu murabbiy uchun eng yuqori daraja. Bu 300 ming kishi qo‘llab-quvvatlaydigan klub emas. Terma jamoa uchun butun mamlakat, millionlab insonlar muxlislik qiladi! Mamlakat oldidagi mas’uliyat - boshqa daraja. Siz munosib bo‘lishingiz kerak. 4 yil ichida buni isbotlaganimizdan xursandman: uchta yirik turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qildik va o‘zbek futboli nufuzini ko‘tardik. 

- Hozir Stanislav Cherchesovning milliy terma jamoa murabbiyi davlat lavozimidir, degan so‘zlari esimga tushdi. Rossiyada hamma ham bunga ijobiy munosabat bildirmaydi. Siz Cherchesovning fikriga qo‘shilasizmi? 

- Tasavvur qiling, men O‘zbekiston terma jamoasi bilan Qatar, Koreya yoki Yaponiyaga qarshi o‘ynayapman. Raqiblar o‘z mamlakatini himoya qilish uchun o‘sha yoshdagi eng yaxshi futbolchilarni yig‘adilar. Bu urush yoki tibbiyotdagi raqobatga o‘xshaydi - mamlakatga qarshi mamlakat, kim yaxshiroq? Futbolda ham shunday. Aytaylik, Yaponiyani mag‘lub etsak, demak, hozir yoshlarimiz ulardan kuchli, futbolimiz yaxshiroq. Bu mamlakatning obro‘si va imiji ta’sir qiladi. Cherchesovning so‘zlariga qo‘shilaman. 

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 28.11.2024. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.