Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oleg Zoteev: "Jamoani yuqori cho‘qqilarga chiqishi uchun men yuragimdan o‘ynayman va borimni beraman"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ma’lumki, yaqinda “Andijon” klubi tajribali futbolchi Oleg Zoteevning transferini e’lon qildi.

Endilikda uning butun diqqat-e’tibori “Burgutlar”ga qaratilgan. U endi ahil oilaning a’zosiga aylandi.

Zoteev “Andijon”ga ko‘chib o‘tgach, klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Oleg, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! "Burgutlar"ga aylanishingiz sababi nima bilan bog‘liq?

- Rahmat. “Andijon”ga o‘tishimni sabablari ko‘p. Lekin bitta asosiy sababini aytaman: dadam o‘z vaqtida “Andijon”da o‘ynagan. Shunday gap borku, o‘g‘il otasini izidan borishi kerak. Men ham “Andijon” tarixida qolib, dadamdan yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman.

- Har qanday holatda ham "Andijon" sizga begona emas. O‘zingizni uyga qaytgandek his qilyapsizmi?

- Albatta, uyga qaytganimni his qilaman. Har doim Andijonga borganimda yoshiligimni yaxshi eslayman. Bu yerda do‘stlarim ko‘p, ular bilan gaplashib turaman. Andijon menga juda yaqin.

- Shuningdek, ko‘pchilik sizni andijonlik deb o‘ylashadi. Ushbu vaziyatga ham oydinlik kiritib o‘tsangiz.

- To‘g‘ri, Andijonda tug‘ilmagan bo‘lsam ham 5 oyligimda ota-onam bilan Andijonga kelganmiz va yoshligim shu yerda o‘tgan. Maktabda va Universitetda o‘qiganman.

- "Andijon" klubi O‘zbekiston Kubogini yutdi. O‘sha o‘yinni ko‘rgandirsiz, nima degan bo‘lardingiz?

- “Andijon”ni Kubokni yutganida xursand bo‘lganman. Finalni televizorda tomosha qilganman. To‘g‘risini aytsam, “Andijon” muxlislari mana shunday Kubok va chempionlikka mos. Jamoa ishqibozlari O‘zbekistonda birinchi o‘rinda turadi. O‘ylaymanki, “Andijon” o‘tgan yili ajoyib tarix yozdi. Kubokni yutishida muxlislarning hissasi juda katta bo‘ldi.

- "Andijon" bu mavsumda OCHLda ishtirok etadi va sizda ham yana OCHLda to‘p surish imkoniyati bor. Buni o‘ylaganingizda nimalarni his qilyapsiz?

- Ha, to‘g‘ri. Bu “Andijon” uchun katta sinov va katta turnir. Andijonda futbol bayrami bo‘ladi. Koreyadan ketayotganimda tayyor shartnomaga qo‘l qo‘ymaganman, oilaviy sabab tufayli. Men O‘zbekistonga qaytganman. O‘shanda biz Kubokni yutganimiz uchun Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynashimiz kerak edi. Lekin men ketganman. Mana, uch yil o‘tib Xudo menga yana bir imkoniyat beryapti, Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishim uchun. Bundan juda xursandman. O‘ylaymanki, “Andijon”ga OCHLda qatnashish biroz osonroq bo‘ladi. Sababi, jamoani katta arenada kamroq bilishadi. Futbolda shunaqa narsa bor: katta klublar kichkina jamoalarga nisbatan mensimasdan o‘yinga chiqadi. Shu tomonlama “Andijon”ga qulayroq kechadi. O‘ylaymanki, jamoa guruhdan chiqa olsa katta yutuq bo‘ladi. Bu muxlislar uchun ham, Andijon futboli uchun ham ajoyib voqeaga aylanadi. Bor kuchimizni ishga solib guruhdan chiqa olishimizni his qilyapman.

- Umuman, bu yil "Andijon" bilan nimaga erishishni ko‘zlayapsiz?

- Bunday holatda men o‘z rejalarimni Allohga aytishni xohlayman. Shuning uchun hozirda bu haqida gapira olmayman. Lekin men o‘zimdagi hamma narsani beraman: tajriba, ishtiyoq. Jamoani yuqori cho‘qqilarga chiqishi uchun men yuragimdan o‘ynayman va borimni beraman. Osiyo Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli qatnasha olishimizga umid qilaman. “Bobur arena”da birorta ham joy qolmasligini istayman va shundagina men xotirjam bo‘laman.

- Muxlislarni yaxshi bilasiz va ularni sizdan umiidi katta. Ular uchun nima deya olasiz va "Bobur arena"dagi muhitni sog‘indingizmi?

- “Andijon” muxlislari O‘zbekistonda tengsiz! Yoshligimda dadam bilan “Navro‘z” stadioniga borardim. O‘shanda yaxshi eslayman, Tohir Mo‘minov, Sergey Dub, Otabek Pirmatov, Orif Mamatkazin, Rustam Abdiyev, Qobil Olimjonov, Qahramon Abduqodirov kabi ajoyib futbolchilar o‘ynashardi. Juda zo‘r atmosfera hukm surardi. Har doim stadionda joy qolmagan bo‘lardi. Muxlislar devorlar ustida futbol ko‘rishardi. O‘ylaymanki, bu yil ham harakat qilamizki, “Bobur arena”da joy qolmasligiga va buni o‘zim ham juda xohlayman. Buning uchun g‘alabalar va chiroyli o‘yinlar bo‘lsa shu ishni eplay olamiz, deb o‘ylayman. Masalan, o‘tgan yili “So‘g‘diyona” bilan Andijonga borganimizda qoyilmaqom atmosfera bo‘ldi.

Umid qilamanki, yangi mavsumda bundan ham zo‘r muhitni yaratishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, jonimni berib o‘ynayman. Ko‘proq muxlislar kirsa o‘ynash osonroq deb hisoblayman. Nimagaki, ishqibozlar qo‘shimcha kuch beradilar. 2012 yili O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronda 1:0 hisobida yutgan. Men ham o‘shanda o‘ynaganman. Stadionga adashmasam 100 mingga yaqin muxlis kirgan. Stadion to‘la muxlislar bilan to‘p surish juda yoqimli. “Andijon”dagi uchrashuvlarda ham atmosfera super darajada bo‘ladi va yangi mavsumda ham bundan zo‘rini ko‘ramiz.

- Andijon maydonida o‘tkazgan qaysi o‘yin yodingizda saqlanib qolgan?

- Har doim ikkita o‘yin xayolimda turadi. Olmaliq bilan Andijonda yutganmiz. Keyin “Bunyodkor” safida 2014 yili 2:0 hisobida g‘alaba qozongandik. Ikkala uchrashuvni yaxshi o‘tkazganman. Ushbu o‘yinlar har doim yodimda saqlanib qolgan" - dedi Zoteev.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:36, 03.01.2025. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик