Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ning ustunligini tan oldi.
- Biz haqiqatga yuz tutishimiz kerak. Biz yomon himoyalandik, raqib esa osonlikcha gol urdi. Jamoa sifatida ham, yakka tartibda ham yomon o‘ynadik. Bu bizni xafa qiladi.
- Lukas va Tchuamenining o‘yiniga qanday baho bergan bo‘lardingiz?
- Hech kimni alohida ajratib ko‘rsatishni xohlamayman. Himoyada yomon o‘ynadik. Jamoada kompaktlik yetishmadi. Biz o‘zimizni yaxshiroq himoya qilishimiz kerak.
- Chetlatilganidan keyin jamoaning o‘yin darajasi sizni xavotirga solmoqdami?
- Uchrashuv birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha yomon o‘tdi. Biz ko‘pchilikda qoldik, lekin hech narsa yarata olmadik. Butun o‘yindan xafa bo‘ldim.
- Agar chetlatish bo‘lmaganida mag‘lubiyat yanada og‘irroq bo‘lardi, deb qo‘rqmaysizmi?
- Chetlatilishdan keyin biz tenglashishga harakat qilishimiz mumkin deb o‘yladim. Men boshqa hech narsa haqida o‘ylamagan edim.
- Qachon xato qilganingizni his qilmadingizmi?
- Bu o‘yinda yaxshi himoyalanish muhim edi. Biz yomon himoyalandik va "Barselona" g‘alaba qozonishga haqli edi. U bizdan yaxshiroq edi" - dedi "Real Madrid" bosh murabbiyi.